Biz barchamiz tishda paydo bo‘lgan tosh (kariyes)ni yomon ko‘ramiz. Tish doktoriga har doim ham borib davolanishga imkon topa olmaymiz.
Sizga bu yoqimsiz illatdan xalos bo‘lishning oddiy tabiiy retseptini tavsiya etamiz. Bu retsept tishlarni toshdan tozalab, ularning salomatligini ta’minlab, muammoni hal etishda yordam beradi. Tishdagi emalni shikast yetishdan saqlanmasa, ularda paydo bo‘lgan toshlar o‘z vaqtida tozalanmasa, periodontit deb ataladigan tishlar shamollashi kasalligi rivojlanishiga yo‘l ochilishi mumkin. Periodontit kasalligi bilan chalinganda infeksiya ildiz kanallaridan tishga o‘tib, tish qobig‘i va uni o‘rab turuvchi milklarning shamollashi kasalligi kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday hollarda bu yoqimsiz kasallikning oldini olish va undan qutilishning oson tabiiy usuli bor.
Tishda paydo bo‘lgan toshdan qutilish yo‘li:
Buning uchun faqat quyidagilar kerak bo‘ladi:
Ikki hafta davom ettirilgach, natija sizni quvontiradi.
Yong‘oq po‘chog‘i kuchli antibakterial vosita bo‘lib, u shuningdek, tish emalida ovqat qoldiqlari va keyinchalik toshga aylanadigan yoqimsiz moddalardan tozalashda qo‘l keladi. Bu usul shuningdek, milklari qonab turadigan kishilar uchun foydali, qon oqishiga sabab bo‘layotgan shamollash jarayonlari tezda barham topadi.
Manba headinsider
Jaloliddin Nuriddinov tayyorladi
6 aprel 2017 yil
Inson zimmasida bir nechta omonatlar borki, bularni qadrlash zarur hisoblanadi. O‘z joniga o‘zi qasd qilish esa ana shu omonatga xiyonat qilishdir. Binobarin, Quroni karim Niso surasi 29-oyatida Haq taolo xitob qilgan: "Bir-birlaringizni o‘ldirmangiz".
Jundab ibn Abdulloh roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlardan ilgari o‘tganlardan bir kishi jarohatlandi. Besabrlik qilib pichoq oldi-da, qo‘lni kesib tashladi va ko‘p o‘tmay, qon yo‘qotib vafot etdi. Alloh: "Bandam joniga qasd etdi, unga jannatni harom qildim", dedi" (Muttafaqun alayh).
Yana bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimki tog‘dan o‘zini tashlab, joniga qasd qilsa, u jahannam olovida abadulabad o‘zini pastga tashlaydi. Kimki zahar ichib joniga qasd qilsa, u qo‘lida zaharini tutib, jahannam olovida abadulabad o‘zini zaharlaydi. Kimki o‘zini temir bilan o‘ldirsa, u qo‘lida temirini tutib, jahannam olovida abadulabad u bilan o‘zini uradi" (Imom Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyati).
Mo‘tabar fatvo kitoblarimizdan “Fatavoi Sirojiya”da: “Qachon kema yona boshlasa, undagilarning agar o‘zlarini dengizga tashlashsa, suzish bilan xalos bo‘lib ketishga gumonlari g‘olib bo‘lsa, shunday qilishlari vojib bo‘ladi. Agar o‘zlarini dengizga tashlasalar ham g‘arq bo‘lishlari yoki tashlashmasa, kuyib ketishlari ehtimoli bo‘lsa, u holda kemada qolish va dengizga o‘zlarini otish orasida ixtiyorlidirlar. Kimki o‘zini o‘ldirsa, uning gunohi boshqa birovni qatl qilgandan ko‘ra qattiqroqdir!”
Yuqorida keltirilgan manbalardan ko‘rinib turibdiki dinimiz inson o‘z joniga qasd qilishga emas, balki bu omonatni asrashga qadrlashga chaqiradi. Lekin, jamiyatda ba’zi insonlar borki, o‘z joniga qasd qilishga, xudkushlikka rag‘bat qiladilar. Aslini olganda o‘zini-o‘zi o‘ldirish Alloh bergan ne’matni mutlaqo mensimaslikdir. Shu bilan birga bunday holat o‘sha jamiyatga ham musibat hisoblanadi.
O‘zini-o‘zi o‘ldirishning gunohi birovni o‘ldirishdan ko‘ra og‘irroq va kattaroq hisoblanadi. Endi, salgina hayot tashvishi deb, ozgina g‘am va alam deb o‘zini o‘ldirayotganlarning gunohi birovni o‘ldirishdan ko‘ra og‘irroq ekanligini bildik. Biroq, bundan ham eng achinarlisi, birovlarning yolg‘on-yashiq gaplariga uchib, “fatvo”lariga aldanib, begunoh mo‘min-musulmonlarni o‘ldirishga qasd qilib o‘zini o‘ldirishning gunohi bundan necha barobar og‘irroq hisoblanadi. Bu shahidlik emas, bu qahramonlik ham emas, balki xudkushlikdir.
Uychi tumani "Devona bobo" jome masjidi imom-xatibi
Abdufattoh Musaxanov
Manba: @Softalimotlar