Shayx Abdul Bosit Homid Muhammad Mutavalliy 1928 yili 1 Yanvarda Manufiya viloyatining “Shabinul kum” markazi Shibrobos qishlog‘ida tug‘ilgan. U zot Abdul Bosit Hoshim Muhammad nomi bilan tanilgan. Chunki Hoshim U zotni otasi vafot etganidan so‘ng o‘z kafilligiga olib tarbiya qilgan edi.
Shayx Abdul Bositni otasi, U zot tug‘ilishidan oldin vafot etgan. Onasi, U zot tug‘ilganidan so‘ng 6 oy o‘tgach vafot etadi. U zotni ko‘zlari 5 yoshlarida ojiz bo‘lib qoladi. Shayx Abdul Bosit opasi va uning eri bilan birgalikda Iskandariyyaga safar qiladi. U zotni yoshlari 7 ga to‘lganida, pochchasi ularni (Shayx Abdul Bosit va opasi) ikkovlarini tashlab ketadi. Shundan so‘ng Qohiraga safar qiladilar. Ularni Hoshim Muhammad o‘z qaramog‘iga olib, ularni tarbiya qiladi.
Shayx Abdul Bosit Qur’oni Karimni Hoshim Muhammaddan ta’lim olib 8 yoshida to‘liq yod oladi.
Hoshim Muhammad Shayx Abdul Bositni Qur’oni Karimni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamgacha bo‘lgan sanad bilan Shayx Ahmad Abdul G‘aniy Abdur Rahimdan o‘tkazib olishi uchun Usyut shahriga yuboradi. Shayx Ahmad Abdul G‘aniy Abdur Rahim 7 qiroatdan ijoza beradigan qorilarning biri edi. Shayx Abdul Bosit U zotdan turli matnlarni o‘tkazib olib, ijoza oladilar.
Shayx Abdul Bosit 11 yoshida 4.5 oyda “Matnush Shotibiyya” ni yod oladi. So‘ng Shayx Ahmad Abdul G‘aniydan 5 yil mobaynida matnni o‘tkazib oladi. Shu asnoda Shayx Abdul Bosit U zotdan “Muvatto” va “Bulug‘ul amniyya fi sharhi ithafil bariyya” kitoblaridan ham dars oladi. Shayx Abdul Bosit 7 qiroatdan ijozani olganidan so‘ng, Shayx Ahmad Abdul G‘aniy U zotni o‘zlarining ustozi bo‘lmish Mahmud Muhammad Xabbutning huzurlariga yuboradilar. Shayx Abdul Bosit Bu zotdan “Durrah” va “Shotibiyyah” yo‘nalishlaridan ijoza oladi. So‘ng Shayx Ahmad Abdul G‘aniyning oldiga qaytib keladi. Shayx Abdul Bosit kelganidan so‘ng Shayx Ahmad Abdul G‘aniy ulug‘ shayxlarni mehmondorchilikka chaqiradi. Shayx Abdul Bosit ularni huzurdariga kiradi. Ularni har biri 15 tadan savol berib, Shayx Abdul Bositni imtihon qiladilar. Imtihondan yaxshi o‘tganidan so‘ng Ular Shayx Abdul Bositga 10 qiroat bo‘yicha ijoza beradilar. Shundan so‘ng Shayx Ahmad Abdul G‘aniy o‘zlari ham ijoza beradilar. Mana shu vaqtda Shayx Abdul Bositni yoshlari 17 da edi.
Shayx Abdul Bosit keyinchalik Qohiraga safar qiladi. U yerda 2 yil qoladi. So‘ng “Masjidul Qonoiy” ning imomi Shayx Mustafo Hasan Sa’idning huzuriga boradi. U kishidan hech qanday haq olmasdan, Qur’oni Karimdan ta’lim berishga kelishib olishadi va u kishiga Shayx Abdul Bosit 19 yoshida “Toyyiba” matnidan ta’lim berishni boshlaydi. Shu bilan u yerda 8 yil qolib ketadi. Shayx Abdul Bosit “Ankabut” surasini tilovat qilib berganidan so‘ng Shayx Mustafo Hasan vafot etadi. Shayx Mustafo Hasan vafotidan oldin “Toyyiba” yo‘nalishi bo‘yicha Shayx Abdul Bositdan ijoza olgan edi.
Keyinchalik Shayx Abdul Bosit Qohiradagi “Qiroatlar instituti” ga hujjat topshiradi. Buni eshitgan Azharning shayxi Abdur Rahmon Toj Shayx Abdul Bositni fiqh, tafsir, tavhid, nahv, sarf va balog‘at fanlaridan imtihon qiladi. So‘ng Shayx Abdul Bositni buyuk iqtidor sohibi va ilmiy saviyasi juda ham yuqori ekanini bilgach, Shayx Abdul Bositga Azhar universitetiga tafsir yo‘nalishi bo‘yicha Magistr va Doktorlik uchun hujjat topshirishni taklif qiladi. Shundan so‘ng 1962 yili Shayx Abdul Bosit Doktorlikni qo‘lga kiritadi. Va Azhar universitetining usuluddin fakultetida dars bera boshlaydi. Uzoq vaqt dars beradi.
Ustozlari:
Shogirdlari:
Toshkent islom instituti 4-kurs talabasi
Abdus Somad Abdul Bosit
O‘zbekiston musulmonlari idorasida aholi bilan muloqot tizimini takomillashtirish va murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur yo‘nalishga mas’ul bo‘lgan mutaxassislar bevosita hamda masofaviy tarzda ishtirok etdi.
Tadbirni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov kirish so‘zi bilan ochib, fuqarolarning murojaatlariga yuksak hurmat bilan qarash va ularning dardiga oqilona yechim topish har bir rahbar hamda xodimning nafaqat vazifasi, balki oliy insoniy burchi ekanini alohida ta’kidladi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining mas’ul vakillari – Davlat tashkilotlari tomonidan murojaatlar ko‘rib chiqilishini nazorat qilish sho‘basi bosh inspektori Saidakmal Xodjayev hamda sho‘ba yetakchi inspektori Rashid Kurganov ishtirok etib, tizimdagi holatni qonunchilik talablari asosida atroflicha tahlil qilib berdilar.
Soha mas’ul mutaxassislari tomonidan ayni yo‘nalishdagi Prezident Farmoni ijrosi doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonuniylik va tezkorlikni ta’minlash, jarayon shaffofligini oshirish hamda murojaatlarni nazoratdan olishning mexanizmlarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan mazkur tadbir tizim xodimlarining murojaatlar bilan ishlash madaniyati va huquqiy savodxonligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Amaliy tahlillarga boy bo‘lgan ushbu seminar fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish hamda xalqimizning diniy-ma’rifiy sohaga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash yo‘lidagi muhim va tizimli qadam bo‘ldi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati