Nimaiki ishni elu yurt birdamlikda, hamjihatlikda bajarsa, shu ishning bajarilish jarayoni o‘z-o‘zidan bayramga aylanib ketadi.
Xalqimiz azaldan ozodalikni, sarishtalikni odat qilib kelgan. Chunki bunga muborak dinimiz buyuradi. Ana shunday pokizalik tadbirlari har bahorda umumxalq hashari ko‘rinishida bajarilgan va bu ezgu an’ana har yili davom etadi. Millatimizning ana shunday ajoyib odatlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi farmoyishi e’lon qilindi. Ushbu farmoyish asosida mart-aprel oylari yurtimizda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi, deb e’lon qilindi.
Bugun va ertaga ham respublikamizning barcha hududlarida umumxalq hashari bo‘lib o‘tadi. Shu jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi masjidlar, ziyoratgohlar va madrasalarda hashar ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. Unda gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish, oqlash, butash, ko‘chalar, yo‘laklarni tartibga keltirish, qurilish va maishiy chiqindilarni to‘plash, belgilangan joyga olib chiqish, ariqlarni tartibga keltirish ishlari bajarilmoqda.
Masjid-madrasalarda hashar davom etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
axborot xizmati
Bugun – chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga turli masalalarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Ularning masjidlar faoliyati, sohani rivojlantirish, moddiy yordam kabi masalalarida qilgan murojaatlari tinglandi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida tegishlilari bo‘yicha mas’ullarga tez fursatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati