Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2025   |   19 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:21
Quyosh
05:02
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:33
Bismillah
14 Iyul, 2025, 19 Muharram, 1447

Imom Abul Mu’iyn an-Nasafiy

27.02.2017   8525   3 min.
Imom Abul Mu’iyn an-Nasafiy

Imom Abul Mu’iyn an-Nasafiyning to‘liq ismlari Abul Mu’iyn Maymun ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Mu’tamid ibn Muhammad   Makhul an-Nasafiydir. Bundan bir oz farqli shakllari ham uchraydi. Uning kunyasi barcha manbalarda Abul Mu’iyn deb zikir qilinadi. Ammo an-Nasafiyning laqablariga kelsak, yozma manbalarda ko‘rsatilishicha,u bir qancha laqablar bilan atalgan, jumladan, imom fozil sayf ul-haq ,(haqiqat qilichi ) jomi’ al-usul, al-imom az-zohid ,al-faqih al-hanafiy, al-olim al-bori’ (yuksak bilimdon olim) kabi laqablarni olgan. Abul Mu’iyn an-Nasafiy ilmu irfonda yetuk, ziyoli bir oilada ulg‘aygan, ayniqsa, uning ajdodlaridan ko‘plari fiqih ilmi sohasida ulkan salohiyatlari bilan el-yurt orasida tanilgan edilar. Hatto uning katta bobosi o‘z davrining taniqli vakili Makhul Abul Fazl an-Nasafiydan (an-nasafiylar sulolasining sardori) boshlab, uning oiladagilar fiqih ilmida hanafiyya mazhabining asoschisi Abu Hanifa ta’limotlariga tayanganlar. Shuningdek u fiqih ilmini imom Abu Hanifaning shogirdi imom Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniyning safdoshi Abu Sulaymon al-Juzjoniydan rivoyat qilardi.          

Uning an-Nasafiy nisbasi bilan atalish xususida barcha tarixnavislar yakdillik bilan bir xil yozganlar. Shu bilan birga  ba’zi manbalarda an-Nasafiyni bir qancha muddat Samarqanda yashaganligi, so‘ngra uzoq yillar Buxoroda istiqomat qilganligi haqida ham xabarlar keltirganlar.

Abul Mu’iyn an-Nasafiy tavallud etgan sana haqida yozgan tarixnavislrdan biri arab olimi Xayriddin az-Zirikliy o‘zining «Al-a’lom» va Umar Rizo Kahhola «Mu’jam al-Muallifiyn» nomli asarlarida uning hijriy 418 (milodiy 1027) yilda Nasaf (hozirgi Qarshi) shahrida tug‘ilganliklari haqida yozganlar. Uning vafoti haqida aksar manbalarda hijriy 508 (milodiy 1114) sana zikr qilinadi. Binobarin, alloma Abul Mu’iyn an-Nasafiy uzoq umr    ko‘rib 87 yoshda vafot etgan. Uning qabri Qarshi shahri yaqinidagi Qovchin qishlog‘ida joylashgan.

An-Nasafiyning ilm-fanning turli sohalariga oid asarlaridan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 

  1. Al-U’mda fi usul al-fiqh;
  2. Bahr al-kalom fi i’lm al-kalom;
  3. Tabsirat al-adilla fi i’lm al-kalom;
  4. At-Tavhid li qovai’d at-tavhid fi i’lm al-kalom;
  5. Al-O’lim val-mutaa’llim;
  6. Iyzoh al-mahajatiy li-kovn al-aql hujjatan;
  7. Sharh al-Jomi’ al-Kabr lish-Shayboniy fi furu’;
  8. Manohij al-aimmati fil furu’;
  9. Al-Mu’taqidod. (Tokentdagi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik inistitutida bu asarlaridan bir nusxa saqlanadi (inv.№ 40008/2). Arab tilida yozilgan ushbu asar 52 varaqdan iborat).

Abul Mu’iyn an-Nasafiyning ustozlari o‘zlarining ota-bobolari hisoblanadi. 

 

Sh O G I R D L A R I: 

  • Najmiddin Umar an-Nasafiy.
  • Alouddin as-Samarqandiy;
  • Abu Bakr al-Kosoniy;
  • Abul Muzaffar at-Talaqoniy;
  • Ahmad al-Pazdaviy;
  • Abul Hasan al-Balxiy;
  • Abul Fath al-Hilmiy;
  • Abdurashid al-Valvolijiy;
  • Mahmud as-Sog‘arjiy;
  • Ali ibn al-Husayn as-Sakalkandiy
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sloveniyadagi Qur’on musobaqasi 1000 dan ortiq ishtirokchini birlashtirdi

14.07.2025   465   1 min.
Sloveniyadagi Qur’on musobaqasi 1000 dan ortiq ishtirokchini birlashtirdi

Sloveniya poytaxtidagi Islom madaniyati markazida o‘tkaziladigan ushbu tadbir mamlakatdagi eng muhim islomiy yig‘inlardan biri bo‘lib, turli yoshdagi talabalar, ota-onalar va arabshunoslik bo‘yicha o‘qituvchilarni jalb qildi.

 

Bu yilgi tanlov «Qur’on va sunnatda musulmonning axloqi» mavzusidagi sakkizta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazildi. Ishtirokchilar Qur’oni Karimning ma’lum suralarini yod olish, siyrat va sahobalar hayoti, Islom arkonlari va odob-axloqi bo‘yicha bellashdilar.

 

Tadbir har yili Sloveniyadagi Islom hamjamiyati tomonidan o‘tkaziladi, unda mamlakat bo‘ylab 18 ta Qur’on o‘rganish markazlari ishtirok etadi. Bu markazlarda har hafta Qur’on yod olish, Nabiy alayhissalom siyratlari va axloqiy ta’limotlar bo‘yicha darslar o‘tkaziladi.

 

#yangilik 

@quranuz_kanali

Dunyo yangiliklari