Imom Abul Mu’iyn an-Nasafiyning to‘liq ismlari Abul Mu’iyn Maymun ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Mu’tamid ibn Muhammad Makhul an-Nasafiydir. Bundan bir oz farqli shakllari ham uchraydi. Uning kunyasi barcha manbalarda Abul Mu’iyn deb zikir qilinadi. Ammo an-Nasafiyning laqablariga kelsak, yozma manbalarda ko‘rsatilishicha,u bir qancha laqablar bilan atalgan, jumladan, imom fozil sayf ul-haq ,(haqiqat qilichi ) jomi’ al-usul, al-imom az-zohid ,al-faqih al-hanafiy, al-olim al-bori’ (yuksak bilimdon olim) kabi laqablarni olgan. Abul Mu’iyn an-Nasafiy ilmu irfonda yetuk, ziyoli bir oilada ulg‘aygan, ayniqsa, uning ajdodlaridan ko‘plari fiqih ilmi sohasida ulkan salohiyatlari bilan el-yurt orasida tanilgan edilar. Hatto uning katta bobosi o‘z davrining taniqli vakili Makhul Abul Fazl an-Nasafiydan (an-nasafiylar sulolasining sardori) boshlab, uning oiladagilar fiqih ilmida hanafiyya mazhabining asoschisi Abu Hanifa ta’limotlariga tayanganlar. Shuningdek u fiqih ilmini imom Abu Hanifaning shogirdi imom Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniyning safdoshi Abu Sulaymon al-Juzjoniydan rivoyat qilardi.
Uning an-Nasafiy nisbasi bilan atalish xususida barcha tarixnavislar yakdillik bilan bir xil yozganlar. Shu bilan birga ba’zi manbalarda an-Nasafiyni bir qancha muddat Samarqanda yashaganligi, so‘ngra uzoq yillar Buxoroda istiqomat qilganligi haqida ham xabarlar keltirganlar.
Abul Mu’iyn an-Nasafiy tavallud etgan sana haqida yozgan tarixnavislrdan biri arab olimi Xayriddin az-Zirikliy o‘zining «Al-a’lom» va Umar Rizo Kahhola «Mu’jam al-Muallifiyn» nomli asarlarida uning hijriy 418 (milodiy 1027) yilda Nasaf (hozirgi Qarshi) shahrida tug‘ilganliklari haqida yozganlar. Uning vafoti haqida aksar manbalarda hijriy 508 (milodiy 1114) sana zikr qilinadi. Binobarin, alloma Abul Mu’iyn an-Nasafiy uzoq umr ko‘rib 87 yoshda vafot etgan. Uning qabri Qarshi shahri yaqinidagi Qovchin qishlog‘ida joylashgan.
An-Nasafiyning ilm-fanning turli sohalariga oid asarlaridan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
Abul Mu’iyn an-Nasafiyning ustozlari o‘zlarining ota-bobolari hisoblanadi.
Sh O G I R D L A R I:
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
عَنْ أَبِي مُوسَى t قَالَ: صَلَّيْنَا الْمَغْرِبَ مَعَ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، ثُمَّ قُلْنَا نَجْلِسُ حَتَّى نُصَلِّيَ الْعِشَاءَ، فَخَرَجَ عَلَيْنَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: مَا زِلْتُمْ هَاهُنَا، قُلْنَا: نَعَمْ يَا رَسُولَ اللهِ، قُلْنَا نَجْلِسُ حَتَّى نُصَلِّيَ الْعِشَاءَ، قَالَ: أَحْسَنْتُمْ أَوْ أَصَبْتُمْ، ثُمَّ رَفَعَ رَأْسَهُ إِلَى السَّمَاءِ وَكَانَ كَثِيرًا مَا يَفْعَلُهُ فَقَالَ: النُّجُومُ أَمَنَةٌ لِلسَّمَاءِ فَإِذَا ذَهَبَتِ النُّجُومُ أُتِيَ السَّمَاءَ مَا تُوعَدُ، وَأَنَا أَمَنَةٌ لِأَصْحَابِي فَإِذَا ذَهَبْتُ أُتِيَ أَصْحَابِي مَا يُوعَدُونَ، وَأَصْحَابِي أَمَنَةٌ لِأُمَّتِي فَإِذَا ذَهَبَتْ أَصْحَابِي أُتِيَ أُمَّتِي مَا يُوعَدُونَ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ.
Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Shom namozini o‘qidik. So‘ngra «Xuftonni o‘qigunimizcha o‘tirib turaylik», dedik. Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldimizga chiqdilar va:
«Hali ham shu yerdamisizlar?» dedilar.
«Ha, yo Allohning Rasuli. Xuftonni o‘qigunimizcha o‘tirib turaylik, dedik», deb javob berdik.
«Yaxshi qilibsizlar» yoki «To‘g‘ri qilibsizlar», dedilar u zot. So‘ngra boshlarini osmonga ko‘tardilar. Ko‘pincha shunday qilar edilar. Keyin u zot:
«Yulduzlar osmon uchun omonlikdir. Qachon yulduzlar ketsa, osmonga unga tahdid qilingan narsa keladi. Men sahobalarim uchun omonlikdirman. Qachon men ketsam, sahobalarimga ularga tahdid qilingan narsa keladi. Sahobalarim ummatim uchun omonlikdirlar. Qachon sahobalarim ketsalar, ummatimga ularga tahdid qilingan narsa keladir», dedilar».
Muslim rivoyat qilgan.
Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning masjidlarida bo‘ladigan suhbatlardan birining mazmuni haqida so‘z ketmoqda. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning masjidlari o‘sha paytdagi Islom jamiyatining qalbi – yuragi ekanligi hammaga ma’lum. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shaxslari musulmonlarga o‘rnak bo‘lganidek, u zotning masjidlari ham o‘zga masjidlarga o‘rnakdir. Islom jamiyatida har bir masjid o‘z qavmidan tashkil topgan kichik jamiyatning tinimsiz urib turgan yuragi bo‘lishi kerak.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam mazkur suhbatda sahobai kiromlarga ajoyib o‘xshatish ila o‘zlarining fazllarini bayon qilib bermoqdalar:
«Yulduzlar osmon uchun omonlikdir».
Yulduzlar osmonda tursalar, osmon omon bo‘ladi. Ular osmonning omonlik ishonchlaridir.
«Qachon yulduzlar ketsa, osmonga unga tahdid qilingan narsa keladi».
Osmonga tahdid qilingan narsa uning nizomining buzilishi va qiyomat qoim bo‘lishidir.
«Men sahobalarim uchun omonlikdirman».
Osmon yulduzlar bilan omon turganidek, sahobai kiromlar ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan tinch-omon yashar ekanlar.
«Qachon men ketsam, sahobalarimga ularga tahdid qilingan narsa keladi».
Sahobai kiromlarga tahdid qilingan narsa ularning oralarida xilof va kelishmovchiliklar kelib chiqishidir.
«Sahobalarim ummatim uchun omonlikdirlar».
Osmon yuduzlar bilan, sahobai kiromlar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan tinch-omon yashaganlaridek, Islom ummati ham sahobai kiromlar bilan tinch yashar ekanlar.
«Qachon sahobalarim ketsalar, ummatimga ularga tahdid qilingan narsa keladir».
Islom ummatiga tahdid qilingan narsa havoi nafsga ergashish va molu dunyoga o‘ch bo‘lish kabi nuqsonlarga mubtalo bo‘lishdir.
Ushbu hadisi sharifdan sahobai kiromlarning fazllari qanchalik ulug‘ ekanligini bilib olishimiz kerak. Ana shunday ulug‘ fazl egalari bo‘lgan zotlarni hurmatlash va ulardan o‘rnak olish musulmon ummatining burchidir.
«Hadis va hayot» kitobining 21-juzidan olindi