Kitob barchamizni ezgulikka undaydigan, oldimizda turgan barcha muammolarni hal etishga yordam beradigan kuchdir. Shuning uchun ham yurtimizda kitob bilan oshno bo‘lgan, kitobni suygan, kitob yozgan, kitobni qadrlab, ko‘z qorachig‘idek asraganlarni ziyoli deb ataganlar. Ziyoli–nur tarqatuvchi, u o‘zining xatti-harakatlari, faoliyati bilan jamiyatni nurlantiruvchi, ma’naviy-ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchilar hisoblangan.
Ana shunday ulug‘ maqsadlardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasi tomonidan Toshkent islom instituti va barcha o‘rta maxsus islom bilim yurtlari Axborot resurs markazlariga talabalar foydalanishlari uchun jami 83 turdagi 2582 dona badiiy hamda chet el adabiyotlarining bilim yurtlarida taqdimot marosimlari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 11 fevral kuni “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” o‘rta maxsus islom bilim yurtida ham talabalar va o‘qituvchilar uchun taqdimot marosimi o‘tkazildi.
"Kitobxonlik va mutolaa madaniyati” nomli kitob taqdimotini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – yoshlarimiz to‘g‘ri kelgan kitobni emas, aynan bizning millatimiz ruhiga mos, qalblarga ma’naviy oziq, boylik beradigan asarlarni o‘qishlarini targ‘ib etishdir. Chunki hozirgi globallashuv jarayonida bizning ma’naviy ildizlarimizga bolta urish, “ommaviy madaniyat”, diniy ekstremizm, diniy aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilishga xizmat qiluvchi kitoblar ham har xil yo‘llar bilan chetdan mamlakatimizga olib kelinayotir. Demak, o‘qiladigan asarni tanlay bilish ham san’at. O‘sib kelayotgan yoshlar ongida ana shunday san’atni, to‘g‘rirog‘i, ma’naviy immunitetni shakllantirishimiz va mustahkamlashdan iborat. Shu orqali o‘qituvchi va talabalarimizning kitob o‘qishga, kitobga va uni mutolaa qilishga qiziqishini orttirish kabi ulug‘ maqsadlar o‘rin olgan.
Salamat Kudaybergenov,
“Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy”
o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘qituvchisi
Bugun – chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga turli masalalarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Ularning masjidlar faoliyati, sohani rivojlantirish, moddiy yordam kabi masalalarida qilgan murojaatlari tinglandi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida tegishlilari bo‘yicha mas’ullarga tez fursatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati