Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyul, 2025   |   30 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:35
Quyosh
05:12
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:51
Xufton
21:20
Bismillah
25 Iyul, 2025, 30 Muharram, 1447

“Buxoriy avlodlari” jamoasiga g‘alaba muborak

15.02.2017   4310   2 min.
“Buxoriy avlodlari” jamoasiga g‘alaba muborak

2017 yil 14 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi futbol jamoalari o‘rtasida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan o‘tkazilgan futbol turniri ham o‘z nihoyasiga yetdi. Final o‘yinida, “Hazrati imom” va “Buxoriy avlodlari” jamoalari o‘zaro to‘p surishdi.

Ushbu uchrashuvga xalqaro toifadagi futbol referilari va futbol ixlosmandlari tashrif buyurishdi. Tomoshabinlarning gulduros qarsaklari ostida boshlangan final o‘yini, juda ham qiziqarli va murosasiz kechdi. Yurtimizda qish fasli bo‘lgani sababli, havo biroz yomg‘irli bo‘lgan bo‘lsada, lekin bu futbolchilarning o‘yinlari va kayfiyatlariga aslo ta’sir ko‘rsatmadi, aksincha, samodan yog‘ayotgan yomg‘ir tomchilari ularga o‘zgacha kuch-quvvat va tetiklik bag‘ishladi. Demak, quyida final uchrashuvi natijalari va turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan futbolchilar bilan tanishasiz:

1-o‘rin "Buxoriy avlodlari" jamoasi.

2-o‘rin “Hazrati Imom” jamoasi.

3-o‘rin “Movarounnahr” jamoasi.

Turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanganlar:

  1. Eng yaxshi darvozabon – Sagdiyev Ahmadjon (“Buxoriy avlodlari” jamoasi darvozaboni)
  2. Eng yaxshi himoyachi – Amanov Hoshim (“Buxoriy avlodlari” jamoasi himoyachisi)
  3. Eng yaxshi yarim himoyachi – Shoymirov Akbar (“Movarounnahr” jamoasi yarim himoyachi)
  4. Eng yaxshi hujumchi – No‘monov Kamoliddin (“Minor” jamoasi hujumchisi)
  5. Eng ko‘p to‘purar – Parpiyev Bahriddin (“Movarounnahr” jamoasi hujumchisi)
  6. Eng chiroyli goll sohibi – Toshpo‘latov Hasan (“Buxoriy avlodlari” jamoasi hujumchisi)
  7. Yang jonkuyar muxlis – Rahmatov Azamat

Final o‘yini yakunida, joriy turnirga mezbonlik qilgan Toshkent islom instituti tomonidan g‘olib jamoalar va mehmonlarga faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

axborot xizmati

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

24.07.2025   6274   2 min.
Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

#xabar #kirish_imtihoni #hadis_ilmi_maktabi

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabining 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari boshlandi. 


Shu munosabat bilan erta tongda Toshkent shahridagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidida bo‘lib o‘tgan tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari, imtihon oluvchi pedagog-o‘qituvchilar, abituriyentlar ishtirok etdi.

 

Dastlab Hadis ilmi maktabi rektori Barot domla Amonov qabul imtihonlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari, abituriyentlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi.


Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Diniy idora raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov nutq so‘zladi. Notiqlar yurtimizda diniy ta’limga berilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritish barobarida qabul imtihonlarida abituriyentlarning bilimlilarini saralab olish asosiy maqsad ekanini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, imtihonlarni shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazilishi ta’minlanishiga urg‘u berishdi.  


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Cho‘lponov tomonidan ijodiy imtihonni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari tushuntirildi. Shundan so‘ng Qabul hay’ati a’zolari, abituriyentlar va ota-onalar guvohligida imtihon varaqalari solingan va muhrlangan maxsus qoplar ochilib, ijodiy imtihonga start berildi. 


Ma’lumot o‘rnida, bugun “Hadis” va “Mustalahul hadis” fanlaridan og‘zaki ijodiy imtihon o‘tkaziladi. Ertaga, 25 iyul kuni Arab tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari bo‘lib o‘tadi. 


2025-2026 o‘quv yili imtihonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz telegram sahifasida kuzatib boring. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi
O'zbekiston yangiliklari