Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Yanvar, 2026   |   30 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:45
Peshin
12:39
Asr
15:42
Shom
17:27
Xufton
18:44
Bismillah
19 Yanvar, 2026, 30 Rajab, 1447

Ibratli dunyo

10.02.2017   12453   2 min.
Ibratli dunyo

Yuz bergan kuchli to‘fondan bir boy kishining barcha mol-dunyosi suvga g‘arq bo‘libdi. Butun boyligi birpasda yo‘q bo‘lganiga chidamagan boy ko‘chalarda faryodu-fig‘on chekib yig‘lab ketayotsa, qarshisidan bir odam chiqib qolibdi:

- Kap-katta odamga yig‘lash nimasi? - deya savol beribdi ajablanib.

- Men yig‘lamay kim yig‘lasin? - debdi u. - Bir zumda hamma mol-mulkimdan ayrilib, faqir-qashshoq bo‘lib qoldim-ku!..

- Ko‘p g‘am chekma, - deya ovutishga tushibdi yo‘lovchi kishi. - Umr yo‘ldoshing bormi?

- Bor, - debdi boy biroz hayron bo‘lib.

- Uning aqlu-hushi, farosati bormi? Boy bir zum o‘ylanib qolibdi va:

- Ha, bu jihatdan baxtiyorman! Farosatli, soliha, har doim kayfiyatimga qarab yashaydigan jufti halolim bor, - debdi boy.

- U holda nega yig‘laysan, ey g‘ofil banda?! Bu dunyoda mato uchun ham ko‘z-yosh to‘kadimi, odam? Saboq uchun bir gap aytay senga, men shunday bir xotinga uylanganmanki, erning qadr-qimmatiga yetmaydi. Sen falokatning nimaligini bilmas ekansan. Agar sen ham aqli kalta, tili uzun, jag‘i tinmas bir xotinga uylangan bo‘lganingda, o‘shanda bilarding haqiqiy falokat nimaligini! Do‘konlaring suvga g‘arq bo‘lgan bo‘lsa, sen sog‘ ekansan-ku, hammasini topasan. Faqat yoningda ko‘nglingdagidek ayoling senga madadkor bo‘lsa, ma’naviy quvvat berib tursa tezda o‘zingni o‘nglab olasan, - debdi, yo‘lovchi.

Xalqimizda "Yaxshi xotin yarim davlat" degan gap bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, soliha, oqila ayol faqat jufti halolining emas, butun jamiyatning gultoji hisoblanadi. Chunki, tarbiyasi go‘zal ayol avvalo, ota-onalarini e’zozlaydi, turmush o‘rtog‘ini ardoqlaydi, asosiysi, farzandlariga chiroyli tarbiya berib, jamiyatga komil insonlarni voyaga yetkazib beradi.

TII talabasi

Tojiddinov Abdussomad

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Pop tumani imomlari bilan uchrashilib, masjidlar holati o‘rganildi

16.01.2026   3918   1 min.
Pop tumani imomlari bilan uchrashilib, masjidlar holati o‘rganildi

Shu yil 15 yanvar kuni Pop tumanida viloyat bosh imom-xatibi Abdulloh domla Samatov rahbarligida tuman masjidlari imom-xatib va imom-noiblari ishtirokida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilishda diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, imom-xatiblikning sharafli va mas’uliyatli vazifalari, zamon talabiga mos faollik, doimiy o‘z ustida ishlash va mo‘min-musulmonlar ehtiyojlariga xizmat qilish masalalariga urg‘u qaratildi.


Shuningdek, ish intizomi, funksional vazifalarga rioya qilish, kiyinish madaniyatida shaxsiy namuna bo‘lish, fuqarolarni qabul qilish sifatini oshirish, MFYlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda yoshlar tarbiyasi va ma’rifatga e’tibor qaratish ta’kidlandi.


Uchrashuv yakunida yosh imomlarga kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatlar tilab, bilim va malakasini muntazam oshirib borish zarurligi qayd etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Namangan viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Pop tumani imomlari bilan uchrashilib, masjidlar holati o‘rganildi Pop tumani imomlari bilan uchrashilib, masjidlar holati o‘rganildi Pop tumani imomlari bilan uchrashilib, masjidlar holati o‘rganildi Pop tumani imomlari bilan uchrashilib, masjidlar holati o‘rganildi Pop tumani imomlari bilan uchrashilib, masjidlar holati o‘rganildi Pop tumani imomlari bilan uchrashilib, masjidlar holati o‘rganildi Pop tumani imomlari bilan uchrashilib, masjidlar holati o‘rganildi Pop tumani imomlari bilan uchrashilib, masjidlar holati o‘rganildi Pop tumani imomlari bilan uchrashilib, masjidlar holati o‘rganildi
O'zbekiston yangiliklari