Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

Birinchi Prezidentimiz xotirasiga bag‘ishlandi

01.02.2017   4502   3 min.
Birinchi Prezidentimiz xotirasiga bag‘ishlandi

Xotira – muqaddas va aziz tuyg‘u. Xotirlash esa inson o‘z yaqinlarini qadrlashi, hayotdan ko‘z yumganlarni eslashi va ularning xaqiga xayrli duolar qilishidir. Xalqimizda “qadr etgan, qadr topar”, degan naql bor. Haqiqatdan ham, inson o‘zgalar bilan samimiy munosabatda bo‘lib, hurmat-ehtirom ko‘rsatsa, o‘zi ham atrofdagilarning shunday munosabatiga sazovor bo‘ladi. Vatan ravnaqi, xalq osoyishtaligi uchun xizmat qilgan el fidoyilari esa ezgu amallari sababli umrbod kishilar yodidan o‘chmaydilar. Nomlari hamisha e’zoz bilan tilga olinib, xotiralari mangulikka muhrlanadi. Xalqi osoyishtaligi, yurti tinchligi uchun umrini baxshida etgan, yodi qalblarda mangulikka muhrlangan ana shunday bebaho inson, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovdir.

2017 yil 30 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida marhum Yurtboshimizni yod etish maqsadida joylarda tadbir va kechalar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘z olganlar, o‘tgan 25 yil davomida O‘zbekiston har jihatdan barqaror davlat darajasiga yetgani, shuningdek, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdilar.

Darxaqiqat, bunga birgina, mamlakatimizda diniy erkinlik, barcha din vakillariga bir xil sharoitlar yaratilgani, ajdodlarimiz asarlarini avlodlarga yetkazish uchun keng ko‘lamda olib borilgan ishlar misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.

Shuningdek, o‘tgan 25 yil davomida ajdodlarimiz nomlarini ulug‘lash, boy madaniy meroslarini chuqur o‘rganish, ular abadiy orom topgan maskanlarni obod manzillarga aylantirish borasida beqiyos ishlar amalga oshirildi. E’tirof etish joizki, bunday xayrli ishlar bugun ham izchil davom ettirilyapti.

Tadbir so‘ngida, barcha ta’lim muassasalari ustoz va talabalari tomonidan xatmul Qur’onlar nihoyasiga yetkazilib, Vatanining gullab-yashnashi, xalqi ozodligi, fuqarolari tinch-totuvligini ta’minlash uchun butun hayotini  sarflagan marhum yurtboshimiz Islom Karimovning muborak ruhlariga baxshida etilib, haqlariga duoi xayrlar qilindi. 

 

Ta’lim va kadrlar tayyorlash bo‘limi

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar

Dardning hikmati

23.07.2025   6328   1 min.
Dardning hikmati

Hasan Basriy rahimahulloh bir bemorni ko‘rgani kelsalar, u tuzalib ketgan ekan. Shunda o‘sha kishiga: "Alloh seni yod etibdi, sen ham u zotni yod etgin. Alloh seni darddan forig‘ qilibdi, u Zotga shukr qilgin. Bilib qo‘y, dardu balolar Malikul-Karim Allohning savalaydigan qamchisidir. Bemor odam kasaldan keyin yo chopqir otdek, yo ko‘p qoqiladigan asov eshakdek bo‘ladi".