Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Aprel, 2026   |   12 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:54
Quyosh
05:22
Peshin
12:25
Asr
17:15
Shom
19:23
Xufton
20:45
Bismillah
30 Aprel, 2026, 12 Zulqa`da, 1447

Katta tosh

20.01.2017   8733   1 min.
Katta tosh

Bir shahar o‘rtasida katta tosh turar edi. U o‘tgan-ketganlarga va aravalar yurishiga xalaqit berardi. Shahar hokimi maslahatchilarini chaqirib, toshdan qanday qilib qutilish mumkinligini so‘radi. Maslahatchilardan biri toshni portlatib maydalash kerak, dedi. Bu maslahat hokimga ma’qul kelmadi. Tosh portlatilsa, atrofdagi uylarga zarar yetishi mumkin edi. Ikkinchi maslahatchi boshqa shaharlardan tosh yo‘nuvchilarni chaqirib, uni qo‘l kuchi bilan maydalashni maslahat berdi. Bu taklif ham ma’qul kelmadi. Chunki bu ish uchun ko‘p mablag‘ va vaqt kerak edi. Ularning yonidan o‘tib ketayotgan bir dehqon tasodifan bu gaplarni eshitib qoldi. "Men toshdan oson va tez qutilish yo‘lini bilaman", dedi u. "Bu ish uchun qancha mablag‘ kerak bo‘ladi?" deb so‘radi hokim. "Hech qanday mablag‘ning keragi yo‘q, faqat bitta yordamchi bersangiz bo‘ldi", dedi dehqon.

Dehqon yordamchisi bilan tosh yonidan chuqur kavlay boshladi. Chuqur tayyor bo‘lgach, ko‘pchilik bo‘lishib toshni uning ichiga ag‘darishdi. Dehqon tosh ustidan tuproq tortib tekislab qo‘ydi. Bu ishni ko‘rib sevingan hokim dehqonni o‘ziga birinchi maslahatchi qilib oldi.

Bilginki, yo‘qchilik va qiyinchilik odamni ko‘p o‘ylashga majbur qilib, faylasuf qilib yuboradi, aksincha, to‘qchilik esa odamni lanj qilib, zehnni o‘tmaslashtiradi. 

 Akbarshoh RASULOV

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar

Haj - farz ibodat

29.04.2026   2983   1 min.
Haj - farz ibodat

Bismillahir Rohmanir Rohiym

"Yo‘lga qodir bo‘lgan odamlar zimmasida Alloh uchun Baytni haj qilish (farzi) bordir. Kimda-kim (buni) inkor etsa, bas, albatta, Alloh olamlardan behojatdir" (Oli Imron surasi, 97-oyat).