Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Sentabr, 2025   |   8 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:00
Quyosh
06:19
Peshin
12:18
Asr
16:21
Shom
18:11
Xufton
19:22
Bismillah
30 Sentabr, 2025, 8 Rabi`us soni, 1447

Zulmat

22.12.2016   5177   2 min.
Zulmat

Diniy –ekstremistik harakatlar faollari o‘zlarining saflariga kishilarni jalb qilish hamda yangi qo‘shilgan  a’zolarni jamoaga yanada ko‘proq moyil qilish maqsadida o‘z rahnamolarini ulug‘lashga alohida e’tibor beradilar. Masalan, shu kabi oqimlardan biri bo‘lgan “Musulmon birodarlar” tashkiloti o‘zlarining rahnamolari bo‘lgan Hasan al- Banno shaxsiyatini “Alloh tamonidan tanlangan Zot”, “Shayx”, “Valiy”, deb ulug‘lashadi. Bunday amaliyotdan, birinchidan, kishilar orasida  o‘zlarining rahnamolarining obro‘sini ko‘klarga ko‘tarish  orqali sodda xalq orasida jamoalari mavqeini oshirish va yoshlarni to‘g‘ri yo‘lda ekanliklariga ishontirishdan iboratdir. Ikkinchidan, ular tamonidan chiqarilgan “fatvo”, amr va topshiriqlarni shariat ahkomi sifatida qabul qilinishiga erishish ko‘zlanganligini anglash qiyin emas.

Jumladan, “Nurchilik” oqimining asoschisi Said Nursiyni “Badiuzzamon” ( “Zamonaning benaziri”), hozirdagi rahbari Fathulla Gyulenni esa “Qutbul aqtob” (“Buyuklar buyugi”), “at-Takfir val-hijra” oqimlari o‘zlarining boshchisi  Shukriy Mustafoni “Mahdiy” deb ulug‘lashlari fikrimizning yaqqol dalilidir.

Ma’lumki, Islom olamida diniy bilimlarda yuqori darajalarga erishgan kishilarga nisbatan muayyan hollarda “Shayx” unvoni ishlatiladi. Bunday rutba din yo‘lida qilgan xizmatlari evaziga yirik ulamolarning unvoni sifatida e’tirof etiladi va hech kim o‘z-o‘zicha bu darajaga erishganini da’vo qila olmaydi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, “Hizbut – tahrir”, “O‘zbikiston islom harakati” kabi boshqa firqa va oqimlar tomonidan o‘z rahnamolariga nisbatan “shayx”lik martabasining keng qo‘llanilayotgani ular odamlarni chalg‘itish va o‘z maqsadlariga erishishda hech narsadan tap tortmasliklarini ko‘rsatadi. 

Shunday ekan har birimiz bular  kabi “olim”lik da’vosini qilayotgan omilarni, to‘g‘ri yo‘lda ekanliklariga ishontirmoqchi bo‘lgan egrilarni, nurmiz deb bong urayotgan zulmatlarning kirdikorlaridan ogoh bo‘lishimiz lozim.

 

Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy

o‘rta maxsus islom bilim yurti 2-kurs talabasi

ISAYEV BЕKISLOM

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Musulmonlarga azob beruvchilar do‘zax olovidadirlar

30.09.2025   108   3 min.
Musulmonlarga azob beruvchilar do‘zax olovidadirlar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Qur’oni karimga ko‘ra, terroristlarning omma xalqni portlatishi, insonlarni o‘z joniga qasd qilishga da’vat etishi va boshqa har qanday tinch aholini hayotiga qaratilgan tajovuzlarni amalga oshirishi ulkan jinoyat hisoblanadi.

Albatta, bu ishlarni amalga oshiruvchilarga jahannamda og‘ir azob-uqubatlar borligida hech qanday shak-shubha yo‘q. Qur’oni karimning Buruj surasida odamlarni yondirish taqiqlanganligi keltirib o‘tiladi:

“Albatta, mo‘min va mo‘minalarni fitna qilib, so‘ngra tavba qilmaganlarga, ana o‘shalarga jahannam azobi va kuydiruvchi azob bor[1]”. (Buruj surasi, 10-oyat).

Qur’ondagi “fatanu” so‘zi “yondirish” ma’nosida ham tafsir qilinadi. Bu oyat odamlarni portlatuvchilar do‘zax egalari ekanligiga ishora qiladi.


Ibn Abbos va Muqatil aytdilar: “mo‘min va mo‘minalarni fitna qilib” oyati quyidagi ma’noni anglatadi: “Ular mo‘minlarni olov bilan yondiradilar”[2].

Ibn Humayd va Ibn al-Munzirdan rivoyat qilinichisha, Qatoda “Albatta, mo‘min va mo‘minalarni fitnaga solib”, oyatini olov bilan yondirib o‘ldirish[3] degan ma’noni anglatadi deb tafsir qilgan.

Imom al-Qurtubiy va Abu Hafs al-Hanbaliy ham shunday tafsir qilganlar[4].


Musulmonlarni o‘ldirishni haq deb bilganlar Islom chegarasidan chiqqan hisoblanadilar va lovullab yonayotgan do‘zaxning olovida azoblanadilar.

Abdulloh ibn Busr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Xasadchi, tuhmatchi va folbin mendan emas va men ham ulardan emasman”. Shundan so‘ng Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam quyidagi oyatni tilovat qildilar:Mo‘min va mo‘minalarga biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar”[5] (Ahzob surasi, 58-oyat).


Faxriddin ar-Roziy rahimahullohning Qur’on karim tafsirida quyidagilar yozilgan:

“Oxiratda do‘zax ahlini ikki turdagi azob o‘rab oladi, birinchisi bu ularning kufr keltirganliklari uchun bo‘lsa, ikkinchisi musulmonlarni yondirganliklari uchun beriladi”[6].

“Tafsir al-Jalolayn” asarining muallifi, yuqoridagiga o‘xshash fikrlarni keltirib o‘tadi: “Albatta, mo‘min va mo‘minalarni fitnaga solib”, olovda kuydirish orqali, “so‘ngra tavba qilmgan kimsalarga jahannam azobi”, iymonsizliklari sababli, “ular uchun o‘t azobi bordir” musulmonlarni olovda yondirganlari uchun[7].

 

“The Fatwa on Terrorism and Suicide Bombings” kitobidan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi

 


[1] Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Qur’oni karim va o‘zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi. – T.: «Hilol-Nashr» 2015. 590– b.
[2] Ar-Roziy, al-Tafsir al-Kabir, 13:III.
[3] Jaloliddin Suyutiy, al-Dur al-Manzur, 8:466.
[4] Muhammad al-Qurtubiy, al-Jomi li ahkam al-Qur’on, 19:295, Abu Hafs al-Hanbaliy, al-Lubab fi ulum al-Kita, 20:253.
[5] Al-Munzir al-Targ‘ib va al-Tarhib, 3:324, Ibn Asokir Tarix Dimashq al-Kabir, 21:334.
[6] Ar-Roziy al-Tafsir al-Kabir.
[7] JaloliddinSuyutiy va Jaloliddin al-Mahalliy, Tafsir al-Jalolayn, I:801.

Maqolalar