Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Iyul, 2025   |   28 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:32
Quyosh
05:10
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:53
Xufton
21:23
Bismillah
23 Iyul, 2025, 28 Muharram, 1447

Chaqimchilik

22.12.2016   6392   2 min.
Chaqimchilik

 

Huzayfa roziyallohu anhu(r.a)dan rivoyat qilinadi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

“Chaqimchi jannatga kirmaydi”. (imom Buxoriy va Muslim rivoyati)

Abu Hurayra r.a. dan rivoyat qilinadi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

“Orangizdagi eng yomon kishi kimligini bilasizlarmi? Cahobalar Alloh va uning Rosuli bilguvchiroq deb javob berishdi. Ul zot: Sizlarning eng yomoningiz ikkiyuzlamachi kishidir. U bir jamoaga bir yuz bilan va boshqasiga boshqa bir yuz bilan boradi”. Muhaddis olimlar xadisda ikkiyuzlamachi deyilgan kishini quyidagicha ta’riflashadi:

Masalan ikkiyuzlamachi odam Umarning oldiga borib Usmonning nomidan uni yomonlaydi, Usmonning oldiga borib Umarning nomidan uni yomonlaydi. Bu maqolani o‘qiyotgan o‘quvchi avvalo o‘zining kimligiga va atrofidagi do‘stlarini qanaqaligiga bir ahamiyat bersin!

Chaqimchilik – bir insonning gapini boshqa bir insonga ularning o‘rtasida adovat va g‘azab keltirib chiqarish uchun  aytish. Chaqimchilik bu muqaddas Islom diynimizda katta gunohlardan biri hisoblanadi. Chunki chaqimchilik musulmonlar orasiga, jamiyatga va qarindosh urug‘chilik rishtalariga rahna soluvchi illatlardan biridir. Muqaddas kitobimiz Qur’oni Karimda va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Xadisi Shariflarida ham chaqimchilik katta gunohlardan biri ekani zikr qilinadi.

Yana bir xadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

“Mendan emas xasadgo‘y, chaqimchi, kohin. Va men ham ulardan emasman” deganlar (imom Tabaroniy rivoyati). Xadisi sharifning ma’nosiga e’tibor bersak yuqoridagi uch toifadan Alloh Taoloning eng suyukli Payg‘ambari yuz o‘girmoqda, qiyomat kuni musulmonlarni shafoat qiluvchi zot ulardan qattiq g‘azablanmoqda. Bu uch gunohkor toifa Allohning mag‘firatidan, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning shafoatidan mahrum bo‘lmoqda. Siz musulmon bo‘la turib Allohning va Rosulullohning g‘azabiga duchor bo‘lishni xoxlaysizmi?!

Marhamat Alloh Taolo sizga ixtiyor berib qo‘ygan xasad qilishda, chaqimchilikda va kohin(folbin)lik qilishda davom eting. Yo‘q men Allohning mag‘firatiga muhtojman, qiyomat kunida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning shafoatiga ega bo‘lmoqchiman desa, hoziroq xasad, chaqimchilik, kohin(folbin)lik qilib diynga va jamiyatga zarar berishni to‘xtatsin. Alloh Taolo barchamizni bu yomon illatlardan uzoq qilsin.

Habibulloh Abdurazzoqov,
"Hazrati Imom" jome masjidi imom noibi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sloveniyadagi Qur’on musobaqasi 1000 dan ortiq ishtirokchini birlashtirdi

14.07.2025   5289   1 min.
Sloveniyadagi Qur’on musobaqasi 1000 dan ortiq ishtirokchini birlashtirdi

Sloveniya poytaxtidagi Islom madaniyati markazida o‘tkaziladigan ushbu tadbir mamlakatdagi eng muhim islomiy yig‘inlardan biri bo‘lib, turli yoshdagi talabalar, ota-onalar va arabshunoslik bo‘yicha o‘qituvchilarni jalb qildi.

 

Bu yilgi tanlov «Qur’on va sunnatda musulmonning axloqi» mavzusidagi sakkizta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazildi. Ishtirokchilar Qur’oni Karimning ma’lum suralarini yod olish, siyrat va sahobalar hayoti, Islom arkonlari va odob-axloqi bo‘yicha bellashdilar.

 

Tadbir har yili Sloveniyadagi Islom hamjamiyati tomonidan o‘tkaziladi, unda mamlakat bo‘ylab 18 ta Qur’on o‘rganish markazlari ishtirok etadi. Bu markazlarda har hafta Qur’on yod olish, Nabiy alayhissalom siyratlari va axloqiy ta’limotlar bo‘yicha darslar o‘tkaziladi.

 

#yangilik 

@quranuz_kanali

Dunyo yangiliklari