Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Iyun, 2025   |   23 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:02
Xufton
21:41
Bismillah
19 Iyun, 2025, 23 Zulhijja, 1446

Mavludi sharif

14.12.2016   10843   1 min.
Mavludi sharif

Shu  yil 12 dekabr kuni Urganch shahar “Imom Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom bilim yurtida Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (sollallohu alayhi va sallam) tug‘ilgan oy, Mavludi sharif munosabati bilan “Biz uchun Rasululloh (s.a.v.)da buyuk o‘rnak bor” mavzuidagi tadbir o‘tkazildi. Tadbir bilim yurti mudiri D.Abduqodirov boshchiligida tashkil qilinib, unda O‘MI Xorazm viloyat vakili X.Abdullayev, Toshkent islom instituti mudarrislari Soatmurot Primov, Abdurasul Toshpolatovlar ishtirok etishdi.

Tadbirni bilim yurti mudarrisi D.Esonov olib bordi. Tadbir Qur’oni karim tilovati bilan boshlandi. Tadbirni bilim yurti mudiri D.Abduqodirov ochib berib, “Rasululloh  (s.a.v.) hayotlarini o‘rganish va uning ahamiyati” mavzuida gapirib o‘tdi. Tadbir davomida talabalari orasida Hadis aytish bo‘yicha, Rasululloh  (s.a.v.) hayotlaridagi muhim voqea hodisalarni hamda sahobalar ismlarini sanab berish kabi bellashuvlar tashkil qilindi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari orasida ham siyrat bo‘yicha viktorina savollari o‘ynaldi.

Bellashuvlardan so‘ng, talabalar tomonidan Imom Barzanjiy (r.a.) qalamiga mansub “Mavlud” asari o‘qilib, duolar qilindi. Shu bilan birga tadbir davomida X.Abdullayev, S.Primov, A.Toshpolatovlar Mavludi sharif va uning ahamiyati, Rasululloh (s.a.v.)ning biz uchun go‘zal o‘rnak ekanlari to‘g‘risida ma’ruzalar qilishdi.

Tadbir so‘nggida bellashuvda g‘olib bo‘lgan hamda tadbirda faol qatnashgan talabalarga esdalik sovg‘alari berildi.

 

Olimjon ADILOV,

bilim yurti mudiri o‘rinbosari

Yangiliklar
Boshqa maqolalar

Kim ushbu duoni o‘qisa, olim bo‘ladi

13.06.2025   13575   1 min.
Kim ushbu duoni o‘qisa, olim bo‘ladi

Shayx Abu Ali Termiziy rivoyat qiladi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim ushbu duoni har bir namoz ortidan o‘qisa, albatta olim bo‘ladi", dedilar. Duo budir:
“Robbi zidniy ’ilman, va vassi’ liy rizqan. Va barik liy fiyma rozaqtaniy. Vaj’alniy mahbuuban fiy quluubi ’ibadika va ’azizan fiy ’uyunihim. Vaj’alniy vajiyhan fid dunya val axiroti va minal muqorrobiyn.
Ya kasiyron navvaal, ya hasanal fi’aal, ya qoiman bilaa zavaal! Ya mubdi’an bilaa misaal! Lakal hamdu va lakal minnatu va lakash sharafu ’alaa kulli haal!”. 

Ushbuni u zot shayx Ibrohim Zamzamiyning xati bilan “An nafasul yamaaniy”da zikr qilganlar.