Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

"Hazrati Imom" jome masjidida mavlidi sharif (fotolavha)

02.12.2016   5390   1 min.

Yurtimizga Rabi’ul avval oyi ham kirib keldi. Ushbu oyda Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning siyratlarini o‘rganish, xayrli tadbirlar amalga oshirish an’anaga aylangan. Xuddi shunday tadbirlardan biri bugun, Rabi’ul avvalning 3 kuni, 02 dekabr sanasida poytaxtimizning "Hazrati Imom" jome masjidida mavlidi sharif tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hamda boshqa ulamolar qatnashishdi. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ga salavotlar aytib, mavlid so‘ngida xalqimiz farovonligi, yurtimiz ravnaqini so‘rab ko‘plab duolar qilindi. Quyida tadbirdan olingan fotolavhalarni ko‘rishingiz mumkin:


O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar

Mo‘miyo iste’mol qilish mumkinmi?

23.07.2025   9019   1 min.
Mo‘miyo iste’mol qilish mumkinmi?

Savol: Mo‘miyo  halolmi? Uni iste’mol qilsa bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha, mo‘miyo halol va uni iste’mol qilish joiz. Mo‘miyo tog‘ jinsidan sizib chiqadigan quyuq modda bo‘lib, tabobatda qadimdan ishlatib kelingan. Shar’iy jihatdan esa, u tog‘ jinsidan sizib chiqadigan tabiiy modda va zararsiz ekanligi e’tiboridan iste’moli halol hisoblanadi. Zero, dinimizda: “Narsalar aslida muboh (halol)dir”, degan qoida bor.

Bundan ma’lum bo‘ladiki, barcha narsalar inson uchun yaratilgan bo‘lib, ulardan foydalanish halol. Qat’iy dalil sobit bo‘lmagunicha hech bir narsa harom bo‘lmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh kitobida halol qilgan narsa halol, harom qilgan narsa harom, sukut qilgan narsa afv (etilgan)dir. Allohdan ofiyatni so‘ranglar, chunki Alloh esdan chiqarguvchi emas”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Ya’ni Alloh taolo ba’zi narsalar borasida halol yoki harom, degan hukmni bayon qilmagan. Shuning uchun ham ular mubohlik hukmida qolaveradi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.