Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Avgust, 2026   |   17 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:24
Quyosh
05:47
Peshin
12:24
Asr
17:04
Shom
19:04
Xufton
20:23
Bismillah
30 Avgust, 2026, 17 Rabi`ul avval, 1448

Rasululloh solallohu alayhi vasallamning hazillari

13.11.2016   10708   11 min.
Rasululloh solallohu alayhi vasallamning hazillari

Abu Hurayra  roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Yo Rasululloh! Siz biz bilan hazil-mutoyiba qilasiz», -deyishdi.«Men haqqdan boshqani gapirmayman», - dedilar». (Imom Buxoriy rivoyat qilgan).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohning payg‘ambari, xotamul anbiyo bo‘lishlari bilan birga oddiy banda ham edilar. Boshqalar kabi odamlar bilan suhbatlashar, hazil-mutoyiba qilar edilar. Ammo hazillari rost bo‘lgan, zero hazil qilganda ham yolg‘on gapirishlikka ijozat yo‘qdir. Hozirda ba’zi kishilar yolg‘onni rosa gapirishadida, ortidan hazillashdim deb qo‘shib qo‘yadi. Bu mutlaqo mumkin emas!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam  hazil qilishlari doim ham bo‘lmagan va har kimga ham hazil qilavermaganlar. Men hazilkash kishiman deb rost gap bilan bo‘lsada doim hazil qilaverish kishini viqorini yo‘qotadi va boshqa ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Quyida Rasululloh solallohu alayhi vasallamning qay o‘rinlarda hazil qilganlarini ba’zi misollar orqali tanishib chiqamiz:

Yosh bolalarga hazil qilganlari:

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ul zotni bir kun «Ey ikki qulog‘lik» deb chaqiribdilar. (Imom Termiziy rivoyat qilgan).

Ma’lumki Anas ibn Molik roziyallohu anhu 10 yoshlaridan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xizmatlarida bo‘lganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotning yosh bolaliklarini e’tiboridan shunday hazil qilganlar va albatta so‘zlari haq so‘zdir.

Zaif kishilarga hazil qilganlari:

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Bir kishi Nabiy solallohu alayhi vasallamning huzurlariga ulov so‘rab keldi. Shunda u zot: «Bo‘pti, seni tuyaning bolasiga mindirib qo‘yamiz», - dedilar. «Tuyaning bolasini nima qilaman?» - dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kulib: «Axir tuya ham tuyaning bolasi bo‘ladimi?» -dedilar». (Imom Buxoriy rivoyat qilgan).

Bir kishidan biror bir narsa so‘rab borgan kishi albatta hijolat bo‘ladi, o‘zini zaif deb his qiladi. So‘raluvchi kishi yaxshi muomala qilsa, o‘ziga yaqin olib biroz hazil qilsa so‘rovchining ko‘ngli ko‘tariladi albatta. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday kishilarga ba’zida hazil qilgan ekanlar va albatta so‘zlari haq so‘zdir.

Ayollarga hazil qilganlari:

Xalqimizda «Ayol kishi shirin so‘zning gadosidir» degan naql bor. Bu albatta bejiz emas, ayollar nozik tabiatli, bir og‘iz shirin so‘zdan baxtiyor bo‘ladigan, salgina qo‘pol harakat, gap-so‘zdan ko‘ngillari buziladigan kishilardir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ayollar bilan qilgan muomalari ham bizga go‘zal namunadir. U zot alayhissalom ba’zi vaqtlarda ayollarga hazil qilar edilar. Bulardan bir kampir jannatga kirishini so‘rab duo qilishlarini so‘raganida «jannatga kampirlar kirmaydi» deganlari yoki onalarimiz va boshqa ba’zi ayollarni shishaga o‘xshatib tuyalarni haydab yuruvchi kishiga «Ohista bo‘l, Shishalarga sarbon bo‘lganingda» deganlarini misol keltirishimiz mumkin.

Birinchi holatda kampir kishi ayol ekani, zaifa ekani e’tiboridan hazil qilganlar. Keyin «Jannatga kampirlar kirmaydi» deganlarini izohlab yosh holda kirilishini aytib, oyatdan dalil ham keltiradilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ahli ayollari ila hazillashib turishliklari boshqa o‘rinlarda ham bo‘lgan. Shariatimizda ahli ayoli, farzandlari ila ko‘ngilxushlik qilish, ularni ko‘nglini ko‘tarish uchun hazil qilishga ruxsat bor. Albatta hazil rost bo‘lishligi, me’yorida bo‘lishli sharti bilan.

 

G‘iyosiddin Muhammad Yusuf tayyorladi.

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

"Vaqf" fondi va Turkiya diyonat vaqfi hamkorligi yangi bosqichda

28.08.2026   28103   1 min.

Joriy yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida «Vaqf» xayriya jamoat fondi hamda Turkiya Diyonat vaqfi mas’ul xodimlari ishtirokida videokonferensiya formatida muloqot bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda ikki muassasa o‘rtasida imzolangan memorandum va uning asosida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasidagi vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar sheriklik aloqalarini mustahkamlash hamda uning amaliy mexanizmlarini belgilab olish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.


Muloqot davomida vazifalarning joriy holati tahlil qilinib, istiqbolda amalga oshiriladigan qo‘shma tashabbuslar va ijtimoiy loyihalar borasida o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi. Xususan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi qo‘shma tashabbuslar, yoshlar bilan ishlash va ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etish, xorijiy xayriya xizmatlarini tashkil etish hamda zakot va xayriya munosabatlarini yanada rivojlantirish kabi o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.


Ta’kidlash joizki, mazkur muloqot ikki qardosh davlat vaqf fondlari o‘rtasidagi diniy-ma’rifiy va saxovat yo‘nalishidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari