Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Avgust, 2026   |   25 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:53
Quyosh
05:25
Peshin
12:34
Asr
17:27
Shom
19:37
Xufton
21:06
Bismillah
08 Avgust, 2026, 25 Safar, 1448

Chumoli o‘giti

27.10.2016   12456   1 min.
Chumoli o‘giti

Bir o‘rmonga o‘t ketib yong‘in bo‘libdi. Jonivorlarning bir qismi kuchlari yetgan narsa bilan suv tashib, o‘tni o‘chirmoqchi bo‘lishibdi. Ikkinchi qismi esa bundan hech narsa chiqmaydi deb, chetroqqa chiqib tomosha qilib turibdi. Bir chumoli o‘tni o‘chirish uchun hovuchida suv olib ketayotgan ekan. Buni ko‘rgan qarg‘a uning ustidan kulib debdi: “Mana shu suving bilan olovni o‘chiraman,  deb o‘ylayapsanmi?” Chumoli unga javob beribdi: “Bilaman, bu suv bilan o‘tni o‘chirib bo‘lmaydi. Lekin men bu harakatim bilan kim tomonda turganimni bilaman”.

Ey farzand, bilginki, to‘qilgan matoda har bir ipning o‘z o‘rni bor. Matoning qaysi yeridan ip chirigan bo‘lsa, mato shu yerdan boshlab yirtiladi. Hayot zanjirida ham xuddi shunday: har bir odamning o‘z o‘rni va vazifasi bor. Muhimi – zanjirning uzilishiga sen sababchi bo‘lib qolmasligingdir.

Akbarshoh RASULOV tayyorladi.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Kattaqo‘rg‘onda "Mehr-saxovat oyligi" xayriya tadbirlari boshlandi

05.08.2026   11928   1 min.
Kattaqo‘rg‘onda

Samarqand viloyati hokimligi va viloyat bosh imom-xatibligi hamkorligida Kattaqo‘rg‘on tumanida aholini qo‘llab-quvvatlash va ma’naviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlar Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan e’lon qilingan «Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi» doirasida (bunga qadar Qo‘shrabot tumanida o‘tkazilgan edi) tashkil etildi. 

 

Tadbirning asosiy yo‘nalishlari:

– Xonadonlarga kirilib, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish hamda muammolarni joyida hal etish.

– Inson qadrini ulug‘lash, mahallalarda mehr-oqibat, hamjihatlik va saxovat g‘oyalarini keng targ‘ib qilish.

Jarayon avvalida viloyat bosh imom-xatibi v.v.b. N.Abdumannonov, o‘rinbosar X.Sattarov va DIQ vakili S.Boymurodov ishtirokida shahar va tuman imom-xatiblari hamda hoji otalar bilan yig‘ilish o‘tkazilib, ishchi guruhlarga ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Ayni paytda mutasaddilar tomonidan mahallalarda sayyor uchrashuvlar va ma’rifiy suhbatlar izchil davom ettirilmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Kattaqo‘rg‘onda Kattaqo‘rg‘onda Kattaqo‘rg‘onda Kattaqo‘rg‘onda Kattaqo‘rg‘onda
O'zbekiston yangiliklari