frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Yaxshilikni bilmaydigan qo‘shni

18.08.2016   11868   1 min.
Yaxshilikni bilmaydigan qo‘shni

Ikki qo‘shni bor edi. Ulardan biri mashinali bo‘ldi. U har kuni ishga ketayotib, qo‘shnisini ham ola ketar edi. Oylar, yillar shu zaylda o‘tdi. Kunlarning birida mashinali kishi tishi qattiq og‘rigani sabab, zudlik bilan doktorga ko‘rinish maqsadida, qo‘shnisini kutmay jo‘nashga majbur bo‘ldi. Qo‘shnisi esa, derazadan uning mashinani yelday uchirib ketayotganini ko‘rib: “Eh, nomard, meni ham ola ketsang biror joying kamayib qolarmidi? Ilohim,  tishing og‘rib, bir umr senga azob bersin...” dedi.

Bayt:

Noshukr shunaqa – bilgani fasod, ig‘vo va qarg‘ish,

Duoibadida qo‘shilur, hatto qo‘shni og‘zidagi tish...   

  

Akbarshoh Rasulov

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bugun Sirdaryoda imomlar o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazildi

17.08.2026   41035   1 min.
Bugun Sirdaryoda imomlar o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.

Bellashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — diniy soha xodimlarining ilmiy-ma’rifiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni yanada oshirishdan iborat.

Musobaqada shahar va tumanlardan jamlangan jamoalar Qur’oni karim, hadisi shariflar, islom tarixi, milliy qadriyatlar va mamlakatimiz qonunchiligiga oid savollar bo‘yicha o‘z bilim va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin — “Tafakkur” jamoasi
2-o‘rin — “Ittifoq” jamoasi
3-o‘rin — “Hikmat” jamoasi


G‘oliblar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari