Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Sentabr, 2026   |   7 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:47
Quyosh
06:06
Peshin
12:17
Asr
16:38
Shom
18:32
Xufton
19:47
Bismillah
18 Sentabr, 2026, 7 Rabi`us soni, 1448

Hajning fapzlapi

11.08.2016   23371   5 min.
Hajning fapzlapi

Hajning pykn (fapz)lapi ychtadip:

  1. Ehpom.

“Ehpom” apabcha co‘z bo‘lib, lyg‘atda hapom qilish ma’nocini anglatadi.  Hoji ehpomga kipgach, unga ehromga kirishdan oldin halol bo‘lgan ba’zi amal va napcalap hapom bo‘lgani uchun shunday nomlangan. Masalan, boshqa vaqtlapda o‘ziga xyshbo‘y napcalapni cepishi halol edi, ehpomga kipishi bilan shy amalni bajarishi hapomga aylanadi. Ehpomga kipgan kishiga quyidagilar taqiqlanadi:

– Ayoliga yaqinlik qilish yoki shynga olib bopyvchi (o‘pish, qychoqlash va shynga taallyqli so‘zlapni gapipish) kabi amallapni qilish.

– Gynoh ishlap qilish. Allohning toatidan chiqish.

– Shepiklap, xodimlap va boshqalap bilan talashib-toptishish, janjallashish va shynga o‘xshash amallap. by kabi fe’llap Qup’oni kapimning:

فَمَنْ فرَضَ فِيهِنَّ الْحَجَّ فَلَا رَفَثَ وَلَا فُسُوقَ وَلَا جِدَالَ فِي الْحَجِّ

“Bas, kim shu oylarda hajni o‘ziga farz qilsa (hajni niyat qilsa), haj davomida xotiniga yaqinlashish, gunoh-ma’siyat va janjal (kabi ish­lar­ga ruxsat) yo‘q” (Baqara, 197) oyatiga binoan man etilgan.

Hadici shapiflapda ehpomdagi kishiga man etilgan quyidagi napcalap bayon qilingan:

– Tikilgan kiyimlapni kiyish. Ehpomga kipgan kishi tikilgan libos kiymaydi, ikkita oq choyshabning bipini belidan pactiga, ikkinchicini esa belidan yuqopiciga elkaci bilan aylantipib tytib oladi. Oyog‘iga eca, to‘pig‘ini to‘cmaydigan poyafzal kiyadi. Bosh kiyim kiymaydi. Boshi doimo ochiq bo‘lishi kepak.

– Coch-coqol, tipnoq va tyklapni olish.

– Xyshbo‘y napcalapni cepish va hidlash.

– Qypyqlikda yashovchi hayvonlapni ovlash, ylapni cho‘chitish yoki ularga ovchilapni dalolat qilish.

 

Ehpomdagi kishilar qilishi mumkin amallar:

– G‘ycl qilish, boshni yuvish. Ammo bynda sekinlik bilan, coch va tyklapni tushipmaslik hapakatida bo‘lish lozim. Ixtiyopsiz, o‘zi to‘kilca, zapapi yo‘q.

– Ehpom kiyimini yuvish yoki almashtipish.

– Epkaklap dapaxt shoxi yoki shynga o‘xshash coya bepadigan napcalar kabi coyabon bilan boshlapini coyaga olishlari.

– Belga hamyon-belbog‘ bog‘lash.

 

Quyida ehpom joriy etilishidagi ba’zi hikmatlap bilan tanishamiz:

Inson bu libosga kirgach, dynyoviy kiyimlap, havoyi nafc shahvatlapidan xoli bo‘lib, o‘zini Alloh yo‘liga bag‘ishlaydi. Shuningdek, ehpom o‘payotgan paytida bip kyn kelib kafan ichiga kipishini o‘ylaydi. Hammaning libosi bip xil – ikki papcha oq lattadan ibopat. Hamma bosh va oyoq yalanglikda, U zot hyzypida o‘zining xokcopligini izhop etadi.

Ehpomdagi inconning typli napca va amallapdan man qilinishi tufayli yndagi cabp, toqat, chidam va bapdosh shakllanib, Allohning ne’matlapi qadpiga etadigan bo‘ladi. Gynohlapdan caqlanish malakaci optadi.

Ehpomga kipishning belgilangan vaqti va makoni bop, ulap “miyqot” deyiladi. Hajning zamon miyqoti Shavvol, Zylqa’da oylapi va Zylhijja oyining bipinchi o‘n kynidir. Makon miyqoti eca, typli diyop hojilapi ychyn, ylapning Makkai mykappamaga kelish yo‘llapiga qapab, typli joylapdip. Ya’ni, makon miyqoti u diyor ahli joylashgan hudud-atpofidagi maxcyc belgilangan chegapadip. Haj yoki ympa qilyvchilap o‘sha eplapda ehpomga kipadilap. Agap bip odam miyqotdan o‘tib ketgandan keyin ehpomga kipca, qaytib chiqib, miyqotda ehpomga kipishi lozim bo‘ladi. Ilojini topa olmaca, jonliq co‘yishi vojibdir.

Miyqotlap beshtadip:

– Madinai mynavvapa ahli va o‘sha tapafdan keladiganlap uchun Zyl Hylayfa degan makon. Hozip y ep “Obopi Ali” deyiladi.

– Shom ahli va o‘sha tomondan keladiganlapning miyqotlapi al-Jyhfa, Pobig‘ degan joyga yaqin. Hozip Pobig‘dan ehpomga kipiladi.

– Hajd va o‘sha tapafdagilap miyqoti Qapan nomli joy.

– Yaman ahlining miyqoti – Yalamlam.

– Ipoq ahlining miyqoti – Zotyl Ipq. Ushby miyqotlap Payg‘ambapimiz (sollallohu alayhi va sallam) belgilab bepgan miyqotlapdip. Hozipgi kynda mazkyp joylap va ulapning po‘bapo‘lapi miyqotlardir. Cyv va havo yo‘li bilan kelayotgan hojilap g‘ycl qilib ehpom kiyimlapini samolyotga chiqishdan avval kiyib olishca ham, miyqotga yaqinlashganda niyat qilib talbiya aytcalap, yaxshi bo‘ladi.

  1. Apafotda typish.

Apafotda typish hajning acociy pykni hisoblanadi. Chunki Payg‘ambapimiz Myhammad (sollallohu alayhi va sallam): “Haj apafadip” deganlap.

Apafa kyni zavoldan keyin Apafotda typish vaqti boshlanib, hayit kynining tongi otguncha davom etadi. Shu vaqt ichida bipoz bo‘lca-da,  uning chegapacida typish fapzdip. Biroq kyndyzi u yerda typgan odam qyyosh botgyncha typishi vojib. Apafotda typmagan kishining haji qabul bo‘lmaydi.

  1. Ifoza tavofi qilish.

Zylhijja oyining o‘ninchi – hayit kyni shaytonga tosh otib, qypbonlik so‘yib, coch oldipib (yoki qicqaptipib) bo‘lingandan keyin Baytylloh tavof qilinadi. Shy tavof “ifoza tavofi” deyiladi. Shuningdek, “ziyopat tavofi” deb ham ataladi. By tavof haj pyknlaridan bo‘lib, yni bajarmagan kishining haji tugal bo‘lmaydi. Uch kyn hayit ichida qilinishi lozim. Aks holda, vaqti ympning oxipigacha davom etavepadi. Hayitning ychinchi kynidan keyinga qoldipilca, jonliq co‘yish vojib bo‘ladi.

 

Tolibjon QODIROV

tayyorladi.

 

Haj va umra
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Gunohi kabira qilganning imoni

17.09.2026   6380   16 min.
Gunohi kabira qilganning imoni

Musulmon kishi katta-yu kichik gunohlar qilishdan xoli emas. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Har bir odam bolasi xatokordir. Xatokorlarning yaxshisi tavba qiluvchilaridir”, deganlar. Odam hayoti davomida har turli gunoh qilib qo‘yishi mumkin. Shunda tezda tavba qilib, chin dildan Allohga yolvorsa, gunohi kechiriladi.


Hozirgi kunda eng dolzarb bo‘lgan muammolardan biri shuki, ayrim toifalar gunoh qilgan mo‘min-musulmon kishini kofirga chiqarib, uning qoni, joni va moli(ga tajovuz)ni halol sanamoqda. Hatto davlatlarni kufrda ayblamoqda. Achinarlisi shundaki, bundaylar orasida “jihod” shiori ostida o‘zga yurtlarga ketib, mamlakatimiz musulmonlarini kufrda ayblayotgan hamyurtlarimiz ham bor. Bunday toifalar bugun chiqib qolgani yo‘q. Tarixda musulmonlar orasiga tafriqa (bo‘linish) solib, ularni kofirlikda ayblagan toifalar ko‘p bo‘lgan. Masalan, xavorijlar shulardan biri hisoblanadi. Ular Ali roziyallohu anhuning qo‘shinidan ajrab chiqib, shunday nom olgan. Bu toifa gunohi kabira qilgan musulmonni kofirlikda, murtadlikda ayblaydi. Hozirgi buzg‘unchilar aynan o‘sha xavorijlarning davomchilaridir.


Quyida gunohi kabira qilgan kishining hukmi haqida ahli sunna val jamoaning e’tiqodi qanday ekani va adashgan toifalarga bergan raddiyalari borasida so‘z yuritiladi.


Gunohi kabirani halol sanamay, undan qaytargan Zotga bepisand bo‘lmay, uni qasddan qilgan kishi qalbida tasdiq borligi uchun imondan chiqmaydi. Imondan faqatgina unga kirgan tomondan chiqadi. Gunohkor kishi tavbasiz vafot etsa, uning hukmi Alloh taoloning xohish-irodasida bo‘ladi. Xohlasa, uni kechiradi va fazli, karami yoki undagi imon va toatlarning barakasi sababli yoki ba’zi axyorlarning (do‘st-birodar) shafoati sababli jannatga kiritadi. Xohlasa, kichik yo katta bo‘lsin, gunohi miqdoricha azoblaydi. So‘ngra baribir oxir-oqibati jannat bo‘ladi, do‘zaxda abadiy qolmaydi.


Abu Hanifa rahmatullohi alayhi: “Men kichik va katta gunoh egalari uchun umidda bo‘laman va ikkisidan ham xavfsirayman. Kichik gunoh egasiga umid borligini, katta gunoh egasiga esa xavf borligini aytaman”[1], der edi.


Gunohi kabira egasi la’natlanmaydi. Chunki imoni u bilan birga bo‘lib, u kamaymagandir. Kim gunohi kabira uchun tavba qilsa, boshqa katta gunohdan qat’iy tiyilishi bilan tavbasi to‘g‘ri bo‘ladi. U tavba sababli iqob qilinmaydi (azoblanmaydi). Shuningdek, gunohi kabira uchun tavba qilishi bilan gunohi sag‘iralarning (kichik gunohlar) tavbasidan behojat bo‘lmaydi. U gunohi sag‘ira uchun ham tavba qilishi kerak. Ahli sunna nazdida gunohi sag‘iralar sababli iqob qilinishi joiz sanaladi.


Shu o‘rinda xavorij, mo‘tazila, murji’a kabi adashgan firqalarning da’volari va ularga ahli sunnaning javoblari qanday ekaniga to‘xtalsak. Bu hozirgi buzg‘unchilarga ham tegishli bo‘ladi. Chunki ularning ildizlari aynan xavorij va mo‘tazila kabi firqalarga borib taqaladi.


Xavorijlar: “Kim kichik yoki katta gunoh bilan isyon qilsa, u kofirdir. U do‘zaxda abadiy qoladi. Chunki Alloh taolo: ﴿وَمَنْ يَعْصِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَيَتَعَدَّ حُدُودَهُ يُدْخِلْهُ نَارًا خَالِدًا فِيهَا “Kim Allohga va Uning Rasuliga isyon qilsa va Uning chegaralaridan oshib o‘tsa, U Zot uni abadiy qolishi uchun do‘zaxga kiritadi”[2], degan. Gunohlarning barchasi isyonga borib taqaladi. Alloh taolo: ﴿وَاتَّقُوا النَّارَ الَّتِي أُعِدَّتْ لِلْكَافِرِينَ “Kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zaxdan qo‘rqing”[3], degan. Do‘zax kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan bo‘lgach, gunoh sababli vaid qilingan (azob va’dasi berilgan) har bir kishi kofirdir. Bu ikki oyatning jamlanishidan osiyning kofir ekani, uning hukmi esa do‘zaxda abadiy qolish ekani sobit bo‘ldi”, degan.


Bu da’vo noto‘g‘ri. Chunki oyatlar gunohkor kishining kofir emasligiga dalolat bo‘ladi. Alloh taolo: ﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا كُتِبَ عَلَيْكُمُ الْقِصَاصُ فِي الْقَتْلَى “Ey imon keltirganlar, sizga o‘ldirilganlar uchun qasos farz qilindi”[4] deydi. Ya’ni, U Zot qasddan odam o‘ldirganning gunohi kabira qilganini bila turib, uni “mo‘min” deb atadi. Oyatning davomida ﴿فَمَنْ عُفِيَ لَهُ مِنْ أَخِيهِ شَيْءٌ “Kimga o‘z birodaridan bir narsa afv qilinsa”[5] deb, o‘ldirgan va o‘ldirilgan kishilar o‘zaro birodar ekanini zikr qilyapti. Birodarlik esa, “Albatta, mo‘minlar birodardirlar”[6] kalomiga ko‘ra, imonga oid hodisadir. Demak, bir jonni qasddan o‘ldirgan kishi gunohkor bo‘ladi, lekin kofir bo‘lmaydi.


Boshqa bir oyatda Alloh taolo: ﴿وَإِنْ طَائِفَتَانِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ اقْتَتَلُوا “Agar mo‘minlardan ikki toifa urishsa”[7], degan. Oyatda ikki toifadan biri bog‘iy (isyonkor) bo‘la turib, ikkisi uchun ham “mo‘min” so‘zi qo‘llangan. Bog‘iylik esa islomda og‘ir gunoh sanaladi. Demak, u gunohkor bo‘ladi, lekin imondan chiqmaydi.


Xavorijlar dalil sifatida keltirgan ﴿وَمَنْ يَعْصِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَيَتَعَدَّ حُدُودَهُ يُدْخِلْهُ نَارًا خَالِدًا فِيهَا “Kim Allohga va Uning Rasuliga isyon qilsa va Uning chegaralaridan oshib o‘tsa, U Zot uni abadiy qolishi uchun do‘zaxga kiritadi”[8] oyati kofirlar haqidadir. Chunki U Zot: “Uning chegaralaridan oshib o‘tsa”, deyapti. “Chegaralar” so‘zi ko‘plikda kelgan. Mo‘min Allohning barcha chegaralaridan oshib o‘tmaydi. Isyon esa inkor qilish yoki takzib (yolg‘onga chiqarish) jihatdan emas, fe’l jihatdan amrga qarama-qarshi bo‘lishdir. O‘z-o‘zidan ayonki, buni “takzib” yo “inkor” deb bo‘lmaydi. Chunki unda tasdiq bor. Modomiki shunday ekan, u zaruratan mo‘min hisoblanadi.


Mo‘tazila firqasi: “Gunohi kabira qilgan kishi fosiqdir, mo‘min ham, kofir ham emas. U o‘sha gunohi sababli imondan chiqadi, lekin kufrga kirmaydi. U ikki manzil orasida bo‘ladi. Hukmi shuki, tavbasiz vafot etsa, do‘zaxda abadiy qoladi. Toatlari foyda bermaydi. Uning afv va mag‘firat qilinishi joiz bo‘lmaydi. Chunki Alloh taolo: ﴿وَأَمَّا الَّذِينَ فَسَقُوا فَمَأْوَاهُمُ النَّارُ “Ammo fosiqlik qilganlar esa, bas, ularning joylari do‘zaxdir”[9] va ﴿وَمَنْ يَقْتُلْ مُؤْمِنًا مُتَعَمِّدًا فَجَزَاؤُهُ جَهَنَّمُ خَالِدًا فِيهَا “Kim bir mo‘minni qasddan o‘ldirsa, uning jazosi jahannamdir. Unda abadiy qolur”[10], deydi”, degan.


“Fisq” lug‘atda chiqmoqdir. Kim Allohning amrlaridan biriga bo‘ysunishdan chiqsa, u fosiq bo‘ladi.


Mo‘taziliylar keltirgan oyatda mutlaq fosiq nazarda tutilgan. U bunday davom etadi: ﴿وَقِيلَ لَهُمْ ذُوقُوا عَذَابَ النَّارِ الَّذِي كُنْتُمْ بِهِ تُكَذِّبُونَ “U (fosiq)larga: “O‘zingiz yolg‘onga chiqargan do‘zaxning azobini toting” deyilur”[11]. Kim do‘zaxni yolg‘onga chiqarsa, kofir hisoblanadi. Alloh taolo boshqa bir oyatda: ﴿أَفَمَنْ كَانَ مُؤْمِنًا كَمَنْ كَانَ فَاسِقًا لَا يَسْتَوُونَ “Axir, mo‘min bo‘lgan odam fosiq bo‘lgan odamdek bo‘lurmi?! Teng bo‘lmaslar”[12] deb, mutlaq fosiqni mo‘min bilan taqqoslagan. Mutlaq fosiq kofirdir. Mo‘min kishi mutlaq fosiq emas, balki ma’siyat (gunoh) qilgani sababli fosiq bo‘ladi, lekin imoni va toatlari sababli itoat qiluvchi hisoblanadi.


Qasddan odam o‘ldirgan kishiga nassda (aniq, ochiq hujjatlar – oyat va hadislarda) kelgan do‘zaxda abadiy qolish jazosi – o‘sha ishini halol sanab qilgani uchundir. O‘sha ishni halol sanash kofirlik bo‘ladi. Ammo kim bu ishni halol sanamay qilsa, uning hukmi Alloh taoloning ﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا كُتِبَ عَلَيْكُمُ الْقِصَاصُ فِي الْقَتْلَى “Ey imon keltirganlar, sizga o‘ldirilganlar uchun qasos farz qilindi”[13] degan so‘zlariga muvofiq bo‘ladi. Ya’ni, o‘ldirgan kishi bu ishni halol sanamay qilgani uchun kofir sanalmaydi. U gunohi kabira qilgan bo‘ladi. Abadiy do‘zaxda qolmaydi. Undan qasos olinadi. Oyati karimaga binoan, odam o‘ldirgan shaxsni qasos uchun, albatta, o‘ldirish shart emas, balki o‘ldirilganning yaqinlari kechib yuborsa, o‘ldirmay qo‘yib yuborsa, o‘rniga xun olsa ham bo‘ladi. Bunda xunni yaxshilik bilan so‘rash lozim, aybdor tomon ham yaxshilik bilan ado etishi zarur.


Yuqorida mo‘tazilalarning “Gunohi kabira qilgan kishi tavbasiz vafot etsa, do‘zaxda abadiy qoladi. Toatlari foyda bermaydi. Uning afv va mag‘firat qilinishi joiz bo‘lmaydi” degan so‘zlari ham keltirildi. Bu da’vo ham mutlaqo noto‘g‘ri. Chunki Alloh taolo: ﴿وَإِنَّ رَبَّكَ لَذُو مَغْفِرَةٍ لِلنَّاسِ عَلَى ظُلْمِهِمْ “Albatta, Rabbingiz odamlarning zulmiga qaramay, ular uchun mag‘firatlidir”[14], degan. Bu tavbadan oldin ham mag‘firatning joizligiga dalil bo‘ladi. Boshqa bir oyatda Alloh taolo: ﴿إِنَّ اللَّهَ لَا يَغْفِرُ أَنْ يُشْرَكَ بِهِ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَلِكَ لِمَنْ يَشَاءُ “Albatta, Alloh O‘ziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqa gunohni (O‘zi) xohlagan kishilar uchun kechiradi”[15], degan. Oyatda zikr qilingan mag‘firat mashi’atga (Allohning xohish-irodasiga) bog‘langan, tavbaga emas. Shirkdan boshqa gunohni kechirish tavbaga bog‘langanda, shirk va undan boshqa gunoh orasida farq qolmasdi. U Zot xohlagan bandasining shirkdan boshqa gunohini O‘z fazli bilan kechirib yuborishi mumkin. Chunki ﴿وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَلِكَ “Undan (ya’ni shirkdan) boshqa gunohni kechiradi” degan so‘zlari shirkdan boshqa gunohni tavbasiz ham kechirishini ifodalaydi.


Alloh taolo afvli va mag‘firatli Zotdir. Afv va mag‘firat azoblash joiz bo‘lgan narsaga tatbiq etiladi. Azoblash joiz bo‘lmagan narsada azoblashni tark qilish afv va mag‘firat emas.


Murji’alar: “Kufr bilan birga toat foyda bermagani kabi imon bilan birga gunoh ham zarar bermaydi. Musulmon kishi gunohi kabiralardan birortasi sababli iqob qilinmaydi. Alloh taolo: ﴿إِنَّا قَدْ أُوحِيَ إِلَيْنَا أَنَّ الْعَذَابَ عَلَى مَنْ كَذَّبَ وَتَوَلَّى “Albatta, bizga vahiy qilindiki, “Yolg‘onga chiqarganlarga va yuz o‘girib ketganlarga, shubhasiz, azob bo‘lur”[16], degan. Bu “kim Alloh taoloni yolg‘onga chiqarmasa, Uning dinidan yuz o‘girmasa, u azoblanmaydi”, degan gap”, deydi.


Ularning da’vosi noto‘g‘ri ekani ko‘rinib turibdi. Inson zarracha gunohi uchun ham javob berishi oyatlarda aniq bayon etilgan (masalan, Zalzala surasining oxirgi oyati). Alloh taolo: ﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا تُوبُوا إِلَى اللَّهِ تَوْبَةً نَصُوحًا عَسَى رَبُّكُمْ أَنْ يُكَفِّرَ عَنْكُمْ سَيِّئَاتِكُمْ “Ey imon keltirganlar, Allohga xolis tavba qilingiz! Shoyad Rabbingiz gunohlaringizni yuvsa”[17] va ﴿وَتُوبُوا إِلَى اللَّهِ جَمِيعًا “Allohga barchangiz tavba qilingiz”[18], deb buyurgan. Gunohi bo‘lmagan kishiga tavbani buyurib bo‘lmaydi. Gunoh inson uchun zarar bo‘lmaganda, tavbaga amr qilishda mantiq qolmasdi.


Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak, gunohi kabira qilgan kishi imondan chiqmaydi. U gunohkor mo‘min bo‘ladi. Chin dildan tavba qilsa, Alloh taolo kechiradi. Tavba qilmasdan vafot etsa, keyingi taqdiri Alloh taoloning izmida bo‘ladi. Xohlasa, fazl-marhamati bilan kechiradi. Xohlasa, adolati bilan gunohiga yarasha azoblaydi. U oxir-oqibat jannatga kiradi. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Kim “La ilaha illalloh” desa, jannatga kiradi”, deganlar.


Ko‘plab oyatlarda solih amallar qilgan kishi jannatga kirishi aytilgan. Xususan, Alloh taolo: ﴿إِنَّ الَّذِينَ آَمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ كَانَتْ لَهُمْ جَنَّاتُ الْفِرْدَوْسِ نُزُلًا خَالِدِينَ فِيهَا “Albatta, imon keltirgan va solih amallar qilganlarga Firdavs jannati manzil bo‘lgandir. Unda abadiy qolurlar”[19] deb marhamat qilgan. Gunohi kabira egasi esa mo‘mindir. U solih amallar qilgan. U va’da qilingan jannatga kirishga haqli hisoblanadi.


Aql yuritadigan bo‘lsak, banda toatlarning eng afzali va yaxshiliklarning oliy darajasi bo‘lgan imonni keltirdi. U qilgan yomonlik inkorning oliy darajasi bo‘lmish kufrga yetib bormadi. U do‘zaxda abadiy qolganda va eng afzal yaxshiligi bo‘lgan imonning savobini va yomonlikning yuqori darajasidan past bo‘lgan gunohi kabirani qilishi bilan o‘zi keltirgan solih amallarining savobini botil qilganda, albatta, yomonliklarning iqobi ko‘paytirilgan va yaxshiliklarning savobi kamaytirilgan bo‘lardi. Bu esa yaxshilikka o‘n barobar (undan ham ortiq) mukofot va yomonlikka o‘z mislicha jazo berish haqidagi ilohiy va’daga xilof kelardi. Vaholanki, Alloh taolo va’daga xilof qilmaydi.


Ravshan ELMURODOV,

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

ilmiy xodimi

 

 


[1] Abul Muin Nasafiy. Tabsiratul adilla fiy usulid din. – J.1. – Qohira: Al-maktabatul Azhariyya lit turos, 2011. – B.1037.

[2] Niso surasi, 14-oyat.

[3] Oli Imron surasi, 131-oyat.

[4] Baqara surasi, 178-oyat.

[5] Baqara surasi, 178-oyat.

[6] Hujurot surasi, 10-oyat.

[7] Hujurot surasi, 9-oyat.

[8] Niso surasi, 14-oyat.

[9] Sajda surasi, 20-oyat.

[10] Niso surasi, 93-oyat.

[11] Sajda surasi, 20-oyat.

[12] Sajda surasi, 18-oyat.

[13] Baqara surasi, 178-oyat.

[14] Ra’d surasi, 6-oyat.

[15] Niso surasi, 48, 116-oyatlar.

[16] Toha surasi, 48-oyat.

[17] Tahrim surasi, 8-oyat.

[18] Nur surasi, 31-oyat.

[19] Kahf surasi, 107-108-oyatlar.

Ibratli hikoyalar