Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Iyun, 2025   |   26 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:50
Peshin
12:30
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
22 Iyun, 2025, 26 Zulhijja, 1446

Hozirgi zamonda mujtahid yo‘qmi?

11.08.2016   6125   8 min.
Hozirgi zamonda mujtahid yo‘qmi?

       Xalqimizda “Chumchuq so‘ysa ham, qassob so‘ysin!” degan naql bor. Haqiqatda hamma ishni o‘z egasi, ustasi qilgani ma’qul. Yo‘qsa, turli kelishmovchilik va ixtiloflar kelib chiqishi tabiiy.

       Shiddat bilan odimlayotgan davrimizda o‘zini “mujtahidman” deydiganlar chiqdi va chiqmoqda. Aslida, ular ilmga endi qadam qo‘ygan tolibi ilmlardir. Chunki ijtihod ilmda komil bo‘lgan, yetuk zotlarning ishidir. Hammada ham bu darajaga yetishga layoqatli bo‘lavermaydi.               

       Hozirgi zamonda mujtahid yo‘qmi? Bu savolga quyida javob olamiz.

       Muoviya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

       “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo bir kishiga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qilib qo‘yadi”, – dedilar (To‘rtovlari rivoyat qilgan).

       Ba’zi ulamolar ushbu hadisni dalil qilib: “Qiyomatgacha mujtahid uzilmaydi”, desalar, jumhur ulamolar: “Yo‘q, mujtahidlikning o‘ziga yarasha shartlari bor, bugungi kunda yakka tartibdagi mujtahidning yo‘qligi ijtihodning shartlari o‘sha narsani da’vo qiluvchilarda to‘liq topilmasligidadir”, deydilar. Lekin, yakka tartibdagi mujtahid yo‘qligini e’tirof qiluvchi ulamolar jamoaviy ijtihodni inkor etmaydilar. Chunki mo‘tabar fiqh kitoblarimizda yozilmagan, yangi, zamonaviy masalalarga kimdir javob berish kerak – da!

       Jamoaviy ijtihod alohida bir mavzu bo‘lgani uchun uning bayoniga e’tibor qaratmadik.

       Oqil boshqadan ibrat oladigan odamdir. Shu joyda ulug‘lar hayotidan bir ibratli voqeani keltirib o‘tish o‘rinlidir.

      Bu voqeani mashhur tariqat shayxi, shariat peshvosi, alloma Xolid Bag‘dodiy Naqshbandiy rahmatullohi alayh o‘zining “Ijtihod da’vosini yo‘qqa chiqarishga shiddatli kurash” risolasida keltirgan: “Munoviy rahmatullohi alayh “Al-Jome’ as-sag‘ir” kitobiga yozgan sharhining muqaddimasida aytadi: “Alloma Shihob Ibn Hajar rahmatullohi alayh aytadi: “Suyutiy mutlaq mujtahidlikni emas, mazhab ichida mujtahidlikni da’vo qildi. O‘sha vaqt unga hamasr ulamolar bir kamondan o‘q otdilar (ya’ni barcha ulamolar bir bo‘lib  raddiya qildilar). As'hoblar Suyutiyga ikki xil yechim ehtimoli bor masalalarni savol qilib maktub yozdilar.  Qani, agar u mujtahidlikning eng quyi pag‘onasida bo‘lsa (bu yerdagi ijtihodning eng quyi pog‘onasi fatvo mujtahididir), mujtahidlar qoidasini ishlatib, o‘sha vajhlarning eng kuchlisi haqida gapirsin–chi!? Savollarga yozma javob qaytarsin–chi!?

       Shunda imom Suyutiy ishlarining ko‘pligi o‘sha masalalarga qarashdan to‘sayotganini aytib, uzr yo‘llaydi.

       Shihob aytadi: “Ijtihod martabasining eng quyi darajasi bo‘lgan fatvo ijtihodi martabasi qiyinligi haqida  bir taammul qilib ko‘ring!?

            Kim mutlaq mujtahidlik haqida fikr qilayotgan bo‘lsa (qarasin), bu zamon vakillaridan (Ibn Hajarning zamonasidagi olimlardan) birortasi o‘ziga o‘sha nisbatni berishga jur’at qilmagan!

       Holbuki, biz bilan ular orasida  to‘rt yuz yil bor. Avvalgilar bu martabani da’vo qilishdan uzr aytgan bo‘lsalar,  zamonamiz kishisi (bunday soxta da’volardan) qanday hayo qilmaydi!?” (Iqtibos tugadi).

       Mujtahidlikning eng quyi pog‘onasini da’vo qilgan imom Suyutiy o‘zi kim edi? Haqiqatdan ham mujtahidlik darajasini quruq, (hozirgi zamondagi ba’zilar kabi) shunchaki da’vo qilganmidi yoki imom Suyutiyda o‘sha da’voga yarasha layoqat, asos bormidi?

       Keling, Jaloliddin Suyutiy rahmatullohi alayh hayot va ijodlari haqida qisqacha so‘z yuritsakda, xulosa chiqarishni o‘quvchini o‘ziga qoldirsak.

      U zotning kimligi, qilgan ishlari, nimalarga qodirligini o‘zingiz insof tarozisida tortib ko‘rarsiz!

       To‘liq ismi va kunyasi. Jaloliddin Abulfazl Abdurrahmon ibn Kamoliddin Abu Bakr  ibn Muhammad ibn Sobiquddin Abu Bakr ibn Faxruddin Usmon ibn Nosuriddin Muhammad ibn Sayfuddin Xizr ibn Najmuddin Abussaloh  Ayub ibn Nosiruddin Muhammad ibn shayx Humamuddin Humam Xaziriy, Asyutiy, Tuluniy, Misriy shofe’iydir.

       Ibnul kutub nomi bilan ham mashhur bo‘lgan. Ibnul kutub – kitoblar farzandi    nomini olishiga sabab quyidagi hodisa bo‘lgan: otasi onasiga javondan kitob olib kelishni buyuradi. Nogoh ana o‘sha joyda onani to‘lg‘oq tutib, kitoblar orasida imom Suyutiyni dunyoga keltiradi. Shu sabab bo‘lib, Ibnul kutub laqabini oldi.

       Imom Suyutiy 849 yil Rajab oyining boshida, yakshanba kuni, shomdan keyin tavallud topdi.

            Imom Suyutiy besh yosh–u yetti oyligida otadan yetim qoldi. Sakkiz yoshida Qur’oni karimni to‘la yod oldi.

       Imomda ilmga bo‘lgan muhabbat yoshlikdan paydo bo‘lgan. Uch yoshida otasi Hofiz Ibn Hajarning majlisiga olib boradi.

       Zamonaning katta ulamosi Kamoliddin Ibn Humomdan qattiq ta’sirlangani Suyutiyning ilm olishiga katta turtki bo‘ladi. 864 yil Rabi’ul avval oyining boshidan ilmga astoydil kirishadi.

       Imom Suyutiy juda ko‘p ustozlarda ta’lim olgan. Suyutiyning shogirdi imom Sha’roniy o‘zining “Tabaqot”ida ustozi 600 ta shayxdan ilm olganini aytadi.

       Imom faqat shayxlar bilan kifoyalanmay, zamonasining mashhur faqiha, muhaddisa ayollaridan ham tahsil olgan. Ummul Muhanni’, Oisha bintu Abdulhodiy va Zaynab bintu hofiz Iroqiylar shular jumlasidandir.

       Imom yettita ilmda peshqadam va mohir bo‘lgan: tafsir, hadis, fiqh, nahv, ma’oniy, bayon va badi’.

       Suyutiyning yozgan kitoblari ro‘yxati tuzilgan alohida risolalar ham bitilgan. Unda ro‘yxatga kiritilgan kitoblar soni 725 tani tashkil etgani aytilgan. Shundan 200 dan ortig‘i bosmadan chiqqan. Yozgan kitoblarining barchasi dolzarb mavzularda. Ular hozirgacha olim va toliblar qo‘lida asosiy qo‘llanma bo‘lib kelmoqda. Qolganlari esa qaysidir kutubxonalarda tadqiqotlarni kutib yotibdi yoki yo‘qolgan, zoye bo‘lgan.

            Suyutiy hadis to‘plashga juda haris edi. O‘zining “Al-jome’ as-sag‘ir”, uning “Zavoid”i va “Al-jome’ al-kabir” asarlarida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning barcha hadislarini yig‘ishga harakat qilgan. Hadisga bag‘ishlangan bu mo‘tabar manbalarning o‘ziga xosligi abjad harflari tartibida, musnad kitoblar yo‘nalishida yozilganligidir. Bu to‘plamlarni o‘qigan kishi hadisning boshidanoq gap nima haqida ketayotganini bilib oladi. Imom mana shu olamshumul ishi bilan sunnati mutahharaga juda katta xizmat qildi.

       Suyutiy o‘zi haqida 200 000 hadis yod olganini, agar undan ko‘proq topganida uni ham yodlashini aytib o‘tgan.

       Imom Suyutiyning vafotidan keyin xonasidan o‘z qo‘li bilan yozgan xati topilgan. Unda  quyidalar yozilgan:

       “Alloh taologa hamd, Uning Rasuliga esa salavot va salomlar bo‘lsin!

       Hijriy 904 yil (bu hodisa vafotidan yetti yil oldin bo‘lgan) Rabi’ul avval oyining sakkizinchi kuni, payshanba kechasi tush ko‘rdim.  Qarasam, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzuridaman. Hadis borasida yozishga kirishgan (“Jam’ul javomi’” yoki “Al-jome’ al-kabir”) kitobim haqida ul zotga so‘zlab berdim.

       Aytdimki:

       – Sizga undan biroz o‘qib bersam?

       Ul zot menga:

  • Qani o‘qi, ey shayxul hadis!, dedilar.

       Mana shu narsa mening nazarimda butun dunyodan afzal bashorat edi”.

       Fiqhni shayx Sirojiddin Bulqiniydan, u zotdan keyin o‘g‘lidan, lug‘at va hadisni shayx Taqiyyuddin Shumuniydan, tafsir, usul va ma’oniyni shayx Muhyiddin Muhammad ibn Sulaymon Rumiy hanafiy va boshqa qator yetuk ustoz va allomalardan saboq olgan.

       “Hisnul muhozara” kitobida haj qilganida Zamzam suvini fiqhda Sirojiddin Bulqiniy, hadisda Ibn Hajar darajasiga yetishni niyat qilib ichganini aytadi.

       Olimlarning ta’kidlashicha, Alloh taolo imom Suyutiyni maqsadiga yetkizgan.

       Suyutiy qirq yoshida ibodatga ajrab chiqib, umrining oxirigacha ibodat, riyozat bilan mashg‘ul bo‘ladi.

       Barakali umr ko‘rgan imom 911 yil jumadul uloning 19 kuni, juma kechasi 62 yoshida olamdan o‘tdi.

       Alloh taolo Imom Suyutiyni O‘z rahmatiga olib, borgan joyini jannat bog‘laridan aylasin!

           

Abu Ubaydulloh

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Aqoid ilmining ta’riflari

20.06.2025   5354   1 min.
Aqoid ilmining ta’riflari

Mulla Ali Qoriy:
“E’tiqod qilish lozim bo‘lgan narsalar haqida bahs qilinadi ilm”.

Ahmad ibn Muhammad Miknosiy:
“Yaqiniy – o‘ta ishonchli dalillardan aqiydalarni kasb qiladigan ilm”.

Abdurrohman Iyjiy:
“Hujjatlar keltirish, shubhalarni rad qilish yo‘li bilan aqiydalarni isbot qilishga qodir bo‘ladigan ilm”.

Imom Abu Homid G‘azzoliy:
“Tavhid idrok etiladigan, Alloh subhanahu va taoloning zoti va sifatlari bilinadigan ilm”.

Sharif Jurjoniy:
“Islom qonuni asosida Alloh taoloning zoti va sifatlari haqida hamda boshlanish va qaytarilish kabi mumkinotlar ahvoli haqida bahs qilinadi ilm”.

Ulashing: @AhliSunnaValJamoaUz

INFOGRAFIKA