Bu uch kun hayit kunlari bajarilishi zarur. Bu tavof bajarilmasa, umr bo‘yi soqit bo‘lmaydi. Lekin uch kundan kechiksa, bu tavof uchun jonliq so‘yish vojib bo‘ladi. Shundan so‘ng ayollar ham halol bo‘ladi. Agar oldin qilingan bo‘lsa, bu tavofdan so‘ng sa’y qilinmaydi,
1 oktyabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan diniy ta’lim muassasalari rahbarlari, fidoiy mudarrislar hamda jonkuyar murabbiylarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining qutlovlari yo‘llandi.
Diniy idora tizimidagi oliy va o‘rta-maxsus diniy ta’lim muassasalarida ushbu tabrik o‘qib eshittirildi. Jumladan, “Ilm va uni talab qilishning fazilati naqadar ulug‘ bo‘lsa, ilm o‘rgatish, ya’ni, ustozlik qilishning fazilati undan-da ulug‘dir. Alloh taolo ilm qadrini baland qildi va uning orqasidan ilm ato etilgan insonlarning ham qadrini yuksak qilib qo‘yganini Qur’oni karimda bayon etdi”, deyiladi tabrik matnida.
Shuningdek, unda so‘nggi yillarda diniy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, pedagog-o‘qituvchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi rejalar ham eslab o‘tildi.
Qutlov so‘ngida diniy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan barcha o‘qituvchi va murabbiylarga sihat-salomatlik, uzoq umr, sharafli va mashaqqatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati