Minoda Tarviya kunining peshin, asr, shom, xufton hamda Arafa kunining bomdod namozlari o‘qiladi. Uerda duolar qilinadi. Rasululloh (s.a.v) shunday qilganlar.arafa kuni bomdoddan so‘ng Arofatga jo‘naydi.
حدثنا العباس الدوري نا يحيى بن حماد أنا محمد بن طلحة عن أبيه عن مصعب بن سعد قال: رأى سعد أن له فضلا على من دونه قال: فقال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم : إنما نصر الله هذه الأمة بضعفائهم وبصلاتهم ودعوتهم وإخلاصهم.
Mus’ab ibn Sa’ddan rivoyat qilinadi: “Sa’d o‘zini boshqalardan ustunroq deb o‘yladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Albatta, Alloh bu ummatga zaiflari, namozlari, duolari va ixloslari sababli nusrat bergan!” dedilar”.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi