Sayt test holatida ishlamoqda!
08 May, 2026   |   20 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:40
Quyosh
05:12
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:31
Xufton
20:56
Bismillah
08 May, 2026, 20 Zulqa`da, 1447

Jamarot

29.07.2016   18811   1 min.
Jamarot

Minoga kelgach tosh otish boshlanadi. Hayitning 1 – kuni yetti dona tosh otiladi. Toshni Muzdalifadan yo xohlagan boshqa joydan terib olsa bo‘ladi. Tosh hajmi no‘xatdek bo‘ladi. Tosh oldin otilgan bo‘lmasligi kerak. Tosh otish Ibrohim (a.s) dan qolgan bo‘lib, u zot o‘g‘lini qurbonlikka so‘yishga olib ketayotganlarida shayton ig‘vo qilmoqchi bo‘lganda, Ibrohim a.s. uni tosh otib quvgan.

Hayitning 1 – kuni Jamratul aqobada tosh otiladi. U jamratul kubro, jamratul uxro deb ham ataladi. Tosh aqobadan besh gaz uzoqlikdan turib, barmoqlarning uchi bilan otiladi. Har bir tosh “Allohu akbar” deb otiladi. Tosh agar maxsus joyga tushmasa, qayta otish vojib bo‘ladi. Birinchi toshni otgan zahoti “talbiya”ni to‘xtatadi. Tosh otish vaqti subhi sodiqdan, keyingi kunning subhigachadir. Tosh otgan zahoti u yerdan ketish kerak bo‘ladi. Keyingi kun subhigacha otilmasa, jonliq so‘yish vojib bo‘ladi. Kechasi otish makruh. Ammo ayollar, qarilar, kasallar kechasi otgani afzal. Tosh otayotgan joy 2 qavatli bo‘lib, qaysidan otsa ham bo‘laveradi.

Uzrli kishilarni toshini boshqa otsa ham bo‘ladi, faqat avval o‘zinikini otishi shart. Tosh otilgach, ifrod hajni niyat qilgan kishi soch oldiradi. Lekin u agar qurbonlik qilmoqchi bo‘lsa, avval qurbonlik qilib keyin sochini oldiradi. Qiron, Tamattu’dagilar shunday qilishi shart. Endi ehromda man qilingan ishlarning ayollardan boshqasi halol bo‘ladi.

Haj va umra
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Allohning mehmonlariga beriladigan mukofotlar

06.05.2026   2565   1 min.
Allohning mehmonlariga beriladigan mukofotlar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Hojilar va umra qiluvchilar Alloh azza va jallaning mehmonidirlar. Ularga so‘ragan narsasini beradi. Duo qilgan narsalarini ular haqqida ijobat qiladi va ular sarflagan bir dirham evaziga minglab beradi", dedilar.

Maqolalar