Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Oktabr, 2026   |   20 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:01
Quyosh
06:19
Peshin
12:13
Asr
16:19
Shom
18:09
Xufton
19:24
Bismillah
01 Oktabr, 2026, 20 Rabi`us soni, 1448

Ehrom

29.07.2016   13958   3 min.
Ehrom

Ehrom Haj va Umraning eng birinchi amalidir.

  “Ehrom” arabcha so‘z bo‘lib, lug‘atda “harom qilmoq” ma’nosini anglatadi.                               

 Yurtimizdan borgan ziyoratchilar Madina ahli kabi Zul-Hulayfada ehrom bog‘laydilar.Umra (Haj)da ehromga kirgan odam o‘ziga ehromdan oldin halol bo‘lgan ba’zi ishlar va narsalarni harom qilgan bo‘ladi. Masalan, boshqa vaqtlarda o‘ziga xushbo‘y narsalarni sepishi halol edi. Ehromga kirgach, bu narsa harom bo‘lib qoladi. Ehrom umra (haj)ning eng ko‘zga ko‘ringan alomatidir. Bo‘lajak umra  ziyoratchilari  niyat qilib ehrom kiyadilar. Ehrom umraning niyatidir.

 Ehromga kipishdan oldin bajariladigan amallar:

 -                     coch, tipnoq, mo‘ylab va olinishi lozim bo‘lgan tyklap olinadi;

 -                     g‘usl qilinadi, imkoni  bo‘lmasa, tahorat qilinadi;

 -                     ikki papcha oq, yangi yoki yuvilgan matoning bipi(izor)ni kindik va tizzalarni qo‘shib to‘sadigan qilib belga tutiladi.  Ikkinchici (rido)ni elka aralash aylantirib o‘raladi. Ayollarning ehromi ularning sidirg‘a (gulsiz mato) kiyimi bo‘ladi. Ular uchun maxsus rang belgilanmagan. Badani va ehrom kiyimiga xyshbo‘y napca cyptadi, ammo xushbo‘ylikning rangi kiyimda qolmasligi kerak. So‘ngra Zul-Hulayfada ikki pakat namoz o‘qiladi. Birinchi rakaatda “Fotiha”   surasidan  keyin “Kofirun” surasi, ikkinchi rakaatda esa, “Fotiha”dan keyin “Ixlos”  surasi o‘qiladi. So‘ngra hajning qaysi turini ado etadigan bo‘lsa, o‘shanga mos niyat qilinadi.

 

 وَمَنْ شَاءَ الْإِحْرَامَ وَهُوَ شَرْطُ صِحَّةِ النُّسُكِ كَتَكْبِيرَةِ الِافْتِتَاحِ ، فَالصَّلَاةُ وَالْحَجُّ لَهُمَا تَحْرِيمٌ وَتَحْلِيلٌ.

 “Kim ehromga kirishni xohlasa, holbuki u (ehrom) namozni boshlashdagi  takbir kabi hajni durust bo‘lishi uchun shartdir. Namoz bilan hajning tahrimasi va tahlili bor” (“Raddul muxtor”).

           EHROMGA  KIRISHDA O‘QILADIGAN  DUOLAR:

 Bizning hojilarimiz ham, umra ziyoratchilarimiz ham  Madinai munavvarada to‘xtagan mehmonxonamizda g‘usl qilib, ehrom bog‘laymiz. Ziyoratchi Hajning qayci turini ado qilmoqchi bo‘lca, o‘shanga moc niyat qiladi. Macalan,

          Qipon hajining niyati:

اللهم إني أريد العمرة والحج فيسرهما لي وتقبلهما مني

  ”Allohymma inniy ypiydyl ympata val-hajja fa yacciphyma li va taqobbalhyma minniy”

 Ya’ni,  Allohim, men ympa va haj qilishni ipoda qilaman, ylapni menga ocon qilgin va qabyl et”.

 Tamatty’ hajining umrasi niyati, O‘zbekistonlik ziyoratchilar tamattu’ ehromiga kiradi  va quyidagicha niyat qiladi:

 Tamatty’ hajining umrasi niyati:

 اللهم إني أريد العمرة فيسرها لي وتقبلها مني

 ”Allohymma inniy ypiydyl umrata fa yaccipho liy va taqobbalho minniy”.

 Ya’ni, “Allohim, men ympa qilishni ipoda qilaman. Uni menga ocon qilgin va mendan qabyl et”.

 Ifpod hajining niyati:

 اللهم إني أريد الحج فيسره لي وتقبله مني

 “Allohymma inniy ypiydyl hajja fa yaccirhu liy va taqobbalhy minniy”.

 Ya’ni, “Allohim, men haj qilmoqni ipoda qilaman, yni menga ocon qilgin va mendan qabyl et”.

Haj va umra
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imom-xatiblar Islom sivilizatsiyasi markazini ochiq ilmiy platforma sifatida e’tirof etdilar

24.09.2026   79237   3 min.
Imom-xatiblar Islom sivilizatsiyasi markazini ochiq ilmiy platforma sifatida e’tirof etdilar

Jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, aholini, ayniqsa, yoshlarni ishonchli manbalarga asoslangan bilim bilan ta’minlashda imom-xatiblarning o‘rni muhim. Minbarda aytilgan har bir so‘z ilmiy asos va ishonchli manbaga tayanishi uchun esa diniy soha vakillarining muntazam ravishda bilimlarini boyitib borishi talab etiladi. Ana shu maqsadda Namangan viloyatidan kelgan imom-xatiblar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar, xabar bermoqda iccu.uz.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan Markaz bugun uch ming yillik tariximizni namoyish etuvchi muzey sifatidagina emas, balki keng qamrovli ilmiy-tadqiqot maskani sifatida ham faoliyat yuritmoqda. Bu yerda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ish olib bormoqda. Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Shu kunga qadar ilmiy va innovatsion yo‘nalishda 810 ta loyiha amalga oshirilib, ularda 2 mingga yaqin mahalliy va xorijiy olimlar ishtirok etgan. Bu ko‘rsatkichlar Markazning ilmiy-tadqiqot salohiyatini namoyon etadi.

Tashrif Markaz kutubxonasidan boshlandi. Mehmonlar bu yerda jamlangan mumtoz manbalar, islom tarixi, aqida, fiqh, hadis va tafsir ilmlariga oid nashrlar, tabiiy va aniq fanlar tarixiga oid tadqiqotlar hamda elektron resurslar bilan tanishdilar. Tadqiqotchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar ham ularda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shundan so‘ng imom-xatiblar Islomdan avvalgi davr, Birinchi va Ikkinchi Renessans hamda Yangi O‘zbekiston davriga bag‘ishlangan ekspozitsiyalarni tomosha qildilar. Ular orqali yurtimiz hududida asrlar davomida shakllangan ilmiy, ma’naviy va madaniy merosning yaxlit manzarasi bilan tanishdilar.

Namangan viloyati Norin tumani bosh imom-xatibi Zikrillo qori Umurzoqov ekspozitsiyalarda ajdodlarimizning ilmiy va ma’naviy merosi turli yo‘nalishlarda yaxlit holda namoyon etilganiga alohida e’tibor qaratdi.

«Bu maskanga qadam qo‘ygan har bir inson Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbek millati tarix davomida qanday yuksak marralarni egallaganini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Ajdodlarimiz nafaqat matematika, astronomiya, tibbiyot kabi dunyoviy ilmlar, balki diniy-ma’rifiy va ilmiy yo‘nalishlarda ham butun jahon tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan. Bu yerda ana shu merosni ko‘rib, o‘z tariximiz bilan haqli ravishda faxrlanish tuyg‘usi yanada kuchayadi», — dedi u.

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani «Is'hoqxon To‘ra Ibrat» jome masjidi imom-xatibi Jafarxon So‘fiyev esa Markazni mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohaga qaratilayotgan e’tiborning amaliy natijalaridan biri sifatida qayd etdi.

«Bugun yurtimizda muqaddas dinimizga, sivilizatsiyalar tarixiga va umuman, umuminsoniy merosga bo‘lgan e’tibor yuksak darajaga ko‘tarildi. Mana shunday ulkan maskan bunyod etilgani buning yorqin isbotidir. Bu yerda islom tarixi boshqa sivilizatsiyalardan ajratilgan holda emas, balki butun insoniyat taraqqiyotining uzviy qismi sifatida ko‘rsatilgan. Bunday yondashuv har bir tashrif buyuruvchiga tariximizni kengroq anglash, boshqa xalqlar madaniyatini hurmat qilish va bag‘rikenglikni qadrlash imkonini beradi», — dedi u.

Tashrif yakunida imom-xatiblar Markazda olgan bilim va taassurotlarini o‘z hududlaridagi jamoatchilikka, ayniqsa, yoshlarga yetkazish muhimligini ta’kidladilar. Ilmiy resurslardan diniy-ma’rifiy faoliyatda keng foydalanish, ajdodlarimiz merosini ishonchli manbalar asosida targ‘ib etish yosh avlodning tarixiy ongi va ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qilishi qayd etildi.

Zero, tarixiy va ilmiy merosni chuqur o‘rganish, uni ishonchli manbalar asosida keng jamoatchilikka yetkazish hamda yangi avlodga munosib tarzda meros qoldirish Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlashning muhim omillaridan biridir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari