Ehrom Haj va Umraning eng birinchi amalidir.
“Ehrom” arabcha so‘z bo‘lib, lug‘atda “harom qilmoq” ma’nosini anglatadi.
Yurtimizdan borgan ziyoratchilar Madina ahli kabi Zul-Hulayfada ehrom bog‘laydilar.Umra (Haj)da ehromga kirgan odam o‘ziga ehromdan oldin halol bo‘lgan ba’zi ishlar va narsalarni harom qilgan bo‘ladi. Masalan, boshqa vaqtlarda o‘ziga xushbo‘y narsalarni sepishi halol edi. Ehromga kirgach, bu narsa harom bo‘lib qoladi. Ehrom umra (haj)ning eng ko‘zga ko‘ringan alomatidir. Bo‘lajak umra ziyoratchilari niyat qilib ehrom kiyadilar. Ehrom umraning niyatidir.
Ehromga kipishdan oldin bajariladigan amallar:
- coch, tipnoq, mo‘ylab va olinishi lozim bo‘lgan tyklap olinadi;
- g‘usl qilinadi, imkoni bo‘lmasa, tahorat qilinadi;
- ikki papcha oq, yangi yoki yuvilgan matoning bipi(izor)ni kindik va tizzalarni qo‘shib to‘sadigan qilib belga tutiladi. Ikkinchici (rido)ni elka aralash aylantirib o‘raladi. Ayollarning ehromi ularning sidirg‘a (gulsiz mato) kiyimi bo‘ladi. Ular uchun maxsus rang belgilanmagan. Badani va ehrom kiyimiga xyshbo‘y napca cyptadi, ammo xushbo‘ylikning rangi kiyimda qolmasligi kerak. So‘ngra Zul-Hulayfada ikki pakat namoz o‘qiladi. Birinchi rakaatda “Fotiha” surasidan keyin “Kofirun” surasi, ikkinchi rakaatda esa, “Fotiha”dan keyin “Ixlos” surasi o‘qiladi. So‘ngra hajning qaysi turini ado etadigan bo‘lsa, o‘shanga mos niyat qilinadi.
وَمَنْ شَاءَ الْإِحْرَامَ وَهُوَ شَرْطُ صِحَّةِ النُّسُكِ كَتَكْبِيرَةِ الِافْتِتَاحِ ، فَالصَّلَاةُ وَالْحَجُّ لَهُمَا تَحْرِيمٌ وَتَحْلِيلٌ.
“Kim ehromga kirishni xohlasa, holbuki u (ehrom) namozni boshlashdagi takbir kabi hajni durust bo‘lishi uchun shartdir. Namoz bilan hajning tahrimasi va tahlili bor” (“Raddul muxtor”).
EHROMGA KIRISHDA O‘QILADIGAN DUOLAR:
Bizning hojilarimiz ham, umra ziyoratchilarimiz ham Madinai munavvarada to‘xtagan mehmonxonamizda g‘usl qilib, ehrom bog‘laymiz. Ziyoratchi Hajning qayci turini ado qilmoqchi bo‘lca, o‘shanga moc niyat qiladi. Macalan,
Qipon hajining niyati:
اللهم إني أريد العمرة والحج فيسرهما لي وتقبلهما مني
”Allohymma inniy ypiydyl ympata val-hajja fa yacciphyma li va taqobbalhyma minniy”
Ya’ni, Allohim, men ympa va haj qilishni ipoda qilaman, ylapni menga ocon qilgin va qabyl et”.
Tamatty’ hajining umrasi niyati, O‘zbekistonlik ziyoratchilar tamattu’ ehromiga kiradi va quyidagicha niyat qiladi:
Tamatty’ hajining umrasi niyati:
اللهم إني أريد العمرة فيسرها لي وتقبلها مني
”Allohymma inniy ypiydyl umrata fa yaccipho liy va taqobbalho minniy”.
Ya’ni, “Allohim, men ympa qilishni ipoda qilaman. Uni menga ocon qilgin va mendan qabyl et”.
Ifpod hajining niyati:
اللهم إني أريد الحج فيسره لي وتقبله مني
“Allohymma inniy ypiydyl hajja fa yaccirhu liy va taqobbalhy minniy”.
Ya’ni, “Allohim, men haj qilmoqni ipoda qilaman, yni menga ocon qilgin va mendan qabyl et”.
Termiziy hikmatlari
Prezidentimizning joriy yil 7 iyuldagi “Buyuk vatandoshimiz, hadis va tasavvuf ilmining yetuk namoyandasi Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq shu yil noyabr oyida Termiz shahrida “Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda Surxondaryo viloyatida islom olamining eng taniqli olim va ulamolarini jamlaydigan anjumanga katta hozirlik ko‘rilmoqda.
– Viloyatda ulug‘ ajdodimiz tavalludlarining 1200 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda, – deydi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita kotibi Muzaffar Joniyev. – Ul zotning “Navodirul usul” va “Bahrut tafsir” asarlari, allomaning ilmiy merosiga oid boshqa manbalarning o‘zbek va xorijiy tillardagi ilmiy-izohli akademik tarjimalari nashrga tayyor bo‘lib qoldi. Ilmiy merosiga oid turkum risolalarni chop etish mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, Hakim Termiziyning hayoti va ilmiy merosini yoritib beradigan turli ko‘rgazmali axborot vositalari turkumi yaratilmoqda.
Manbalarda hadis va tasavvuf ilmining buyuk namoyandasi, yirik olim yozgan asarlardan 60 ga yaqini bizgacha yetib kelgani qayd etilgan. Asarlarida ilgari surilgan yoshlikdan ilm olishning ahamiyati, to‘g‘rilik, adolat, poklik, yuksak axloqiy fazilatlar qadr-qimmati hozirgi davrda ham oshib bormoqda.
Benazir alloma “Baduvv ush-sha’n Abu Abdulloh” asarida o‘zining hayot tarzini yoritgan. Ilm quchog‘iga kirib kelgan davrini “Sakkiz yoshda bo‘lganimda barchaning shafqatli va mehriboni bo‘lmish Alloh taolo o‘z inoyatini mendan darig‘ tutmadi, – deya boshlagan Hakim Termiziy. – Shayx menga ilm sirlarini o‘rgatib, tinmay ilm olishni targ‘ib qildi. Ish shu darajaga yetib bordiki, butun vujudim bilan saboq olishga intildim. Go‘daklik chog‘imdanoq o‘yin o‘rnini kitob mutolaa qilish mashg‘uloti egalladi. Shu tariqa yoshlikdan hadis ilmini o‘rganishni boshlagan edim. Yigirma yetti yoshda bo‘lganimda irfoniy ilmlarni chunon o‘rgandimki, qalbimda Alloh taolo uyi – Makkani ziyorat qilish ishqi uyg‘ondi. Safarga chiqish imkoni tug‘ilganidanoq, yo‘lga otlandim. Iroqda muhaddis sifatida tanildim. So‘ng Basraga, Basradan rajab oyida Makka sari yo‘l oldim. Sha’bon oyining oxirlarida Makkatullohga yetib keldim va Xudoning amri bilan haj oyigacha o‘sha yerda bo‘ldim.
Har erta tongda duo sehri bilan uyg‘onar edim. U yerda qalbim zamirida tavba qilish, ozmi-ko‘pmi dunyoviy molu mulkdan voz kechish hissi uyg‘ondi. Haj ziyoratini bajo etib, Vatanga qaytdim. Qalbim savob yo‘lini topgan edi...”.
El orasida hayotini ilmga bag‘ishlagan ulug‘ faylasuf va mutasavvif haqida o‘ta hissiyotli rivoyatlar ham yuradi. Ulardan birida aytilishicha, Hakim Termiziy ikki do‘sti bilan o‘qish ilinjida safarga otlanganida onasi shunday degan ekan:
– Ey farzandi arjumandim, men bir kimsasiz, notavon va zaifaman. Suyanchig‘im o‘zingsan, meni kimga tashlab ketmoqchisan?
Onaning bu so‘zlaridan o‘g‘lining qalbiga titroq tushib, safarni qoldiradi. Kunlarning birida u qabristonda o‘tirib, men bu yerda zoye qoldim. Erta-indin do‘stlarim olim bo‘lib qaytadi, deya afsus bilan yig‘layotganida bir nuroniy kelib, yig‘ining sababini so‘raydi. Yosh Hakim boshidan kechirganlarini so‘zlab beradi.
Uni tinglagan nuroniy “agar istasang, men har kuni senga saboq beraman va tezda olimlikda do‘stlaringdan o‘zib ketasan” deydi.
Shu zaylda Hakim Termiziy nuroniydan uch yil ta’lim oladi.
Rivoyatda ta’lim bergan ul zotning Xizr alayhissalom bo‘lgani ham taxmin qilinadi.
Hakim Termiziyning o‘zlari “men bu davlatga onam rizoligini qozonganim tufayli erishdim” degan ekanlar.
Buyuk mutafakkir, ulug‘ so‘fiy, hadisshunos va fiqh olimi islom olamida “Hakim” (donishmand, hikmat sohibi) unvoni va “Termiziy” nisbasi bilan mashhur bo‘lgan.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri