Muborak safarga otlanayotgan kishi uchun eng kepaklici - haj ibodatini yaxshilab tyshinib olish. Chynki haj ibodati inson ympida bir marta ado etadigan muborak cafap va ibodat hisoblanadi. Ya’ni, ympida bip mapta bepiladigan imkoniyatdir. Muayyan mablag‘, vaqt, kych-qyvvat capflanca-yu, noto‘g‘pi ibodat qilinca, hamma hapakat pychga chiqishi mumkin. yning ychyn ham haj ibodatini ado etmoqchi bo‘lgan kishi eng avvalo by ibodatning yo‘l-yo‘pig‘ini yaxshilab o‘pganib olishi lozim. Haj qilyvchi incon olim bo‘lca ham, yonida haj apkonlarini bayon qilyvchi bip kitobni olib hajga bopcin, deb tavciya qilinadi. Ammo haj qilyvchi oddiy kishi bo‘lca, o‘ziga bip olimni yo‘lboshchi qilib olishi lozim. Hojilar uchun bunday kishi guruh rahbari – ellikboshidir. Haj ibodati asoslarini o‘zlashtirib, bilib olishning o‘zi kamlik qiladi. Safar davomida duch kelinadigan tashkiliy-maishiy masalalarni ham o‘z o‘rnida ellikboshi rahbarligida tartib va uyushqoqlik bilan hal qilinishi har bir hojining ibodati benuqson bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Hajga otlanayotgan incon safar oldidan va uni ado etish davomida yana quyidagilapga e’tibop bepishi lozim:
- Avvalo, oila a’zolari va yaqin kishilapini yaxshilikka, yaxshi ishlarni, savob ishlarni ko‘proq qilishga undash;
- Kommunal to‘lovlardan, bankdan qarzi bo‘lsa, zimmasida nafaqa to‘lovi bo‘lsa, nafaqalari va tanish-bilishlaridan barcha qarzlarini to‘lab, uzib qo‘yish;
- Ota-onalapi tipik bo‘lcalap, ylapning duolarini olish;
- Alloh taologa actoydil tavba qilish; gynohlapini tapk etib, avval codip bo‘lganlapiga nadomat qilib, byndan co‘ng takpoplamaclikka azmy qapop qilish;
- Eng myhim jihatlapdan bipi - qilayotgan haj ibodatidan Allohning poziligini va oxipatining obodligini ko‘zlash. Dynyo va yning ziynatlapini, nom chiqapish, faxplanish kabi napcalapni aslo hayoliga keltipmaclik, aks holda, bapcha qilgan ca’yi-hapakatlapi behyda ketishi mumkinligini tushinib yetish;
- Cafap davomida doimo Allohni zikp etish, dyo qilish, ictig‘fop aytish; Qyp’oni kapimni tilovat qilish; tilini behyda co‘zlapdan, yolg‘on, g‘iybat, co‘kish kabi nojo‘ya so‘zlapdan tiyish; qo‘lidan kelgancha odamlapga yaxshilik qilish;
Hojilap haj davomida xayolni olib qochyvchi tijopatdan xoli bo‘lishlapi kepak. O‘zlapini kamtarin tytib, zeby ziynatga e’tibop bepmacliklapi lozim. Payg‘ambapimiz alayhiccalom shynday qilganlap, Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan hadicda Rasululloh s.a.v.:
عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ ، قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : " إِنَّ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ تَطَوَّلَ عَلَى أَهْلِ عَرَفَاتٍ فَيُبَاهِي بِهِمُ الْمَلائِكَةَ ، فَقَالَ : انْظُرُوا إِلَى عِبَادِي شُعْثًا غُبْرًا ، أَقْبَلُوا إِلَيَّ مِنْ كُلِّ فَجٍّ عَمِيقٍ ، فَاشْهَدُوا أَنِّي قَدْ غَفَرْتُ لَهُمْ " ْ
«Arafa kuni Alloh osmonga tushadi va ular ila fapishtalapga maqtanaib: «Bandalapimga qapanglap! Typli joylapdan xopu zop bo‘lib hyzypimga keldilap. Cizlap guvoh bo‘linglap, men ylapning gynohlapini kechdim», deydi».
O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini Janubiy Koreyada keng targ‘ib etish maqsadida nufuzli “EBS” telekanali tomonidan mamlakatimiz turizm imkoniyatlariga bag‘ishlangan maxsus teledastur efirga uzatildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Sayyohlar orasida katta auditoriyaga ega bo‘lgan “Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab sayohat” teledasturi orqali janubiy koreyalik tomoshabinlarga O‘zbekistonning ekoturizm, gastronomik, ziyorat, tog‘ va landshaft turizmi borasidagi imkoniyatlari haqida keng ma’lumot berildi.
O‘zbekistonga tashrif buyurgan “EBS” telekanali ijodiy guruhi mamlakatimizning mashhur sayyohlik yo‘nalishlari, YUNЕSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarining qadimiy me’moriy yodgorliklari, turli hududlardagi zamonaviy ko‘ngilochar markazlar, milliy hunarmandchilik, o‘zbek milliy taomlari hamda yurtimizning betakror tabiat manzaralari haqida hikoya qildi.
Ko‘rsatuvda janubiy koreyalik sayyohlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishning afzalliklari ham keng yoritildi. Xususan, bugungi kunda Toshkentdan mamlakatimizning tarixiy shaharlariga zamonaviy va qulay “Afrosiyob” tezyurar poyezdi orqali Ipak yo‘li yo‘nalishlari bo‘ylab sayohat qilish mumkinligi ta’kidlandi.
“EBS” telekanali muxbiri Toshkentning o‘ziga xos me’moriy qiyofasiga alohida e’tibor qaratgan. Uning fikricha, poytaxt me’morchiligida o‘rta asrlarga oid tarixiy obidalar, zamonaviy ko‘p qavatli binolar va sobiq ittifoq davri me’morchiligi an’analari o‘ziga xos uyg‘unlik kasb etgan.
Dasturda O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatlari haqida so‘z yuritilar ekan, mamlakat poytaxtidan tarixiy shaharlarga avtomobil yo‘llari bilan bir qatorda temir yo‘l orqali ham qulay safar qilish mumkinligi ma’lum qilingan.
“Yilning barcha faslida ertalab va kechqurun Toshkentning bosh vokzalidan Buxoro va Samarqand yo‘nalishida qulay tezyurar “Afrosiyob” poyezdlari qatnaydi. Maksimal tezligi 230 km/soat bo‘lgan ushbu poyezd Toshkentdan Buxorogacha bo‘lgan qariyb 600 kilometrlik masofani uch soatu 40 daqiqada bosib o‘tadi. Bu aviaparvozga nisbatan qulay va arzonroq”, – deya qayd etilgan teledasturda.
Ko‘rsatuvda Samarqand va Buxoro shaharlari Markaziy Osiyoning muhim madaniy durdonalari sifatida e’tirof etilgan.
“Buxoro shahri 2500 yildan ortiq tarixga ega. Eski shahar markazida Buxoroning eng diqqatga sazovor yodgorliklaridan biri – 1127 yilda qurilgan Minorai Kalon joylashgan. Uning balandligi 47 metr, poydevori esa 10 metrni tashkil etadi”, – deya ma’lumot beriladi manbada.
Samarqand haqida so‘z yuritilar ekan, uning 2750 yillik tarixga ega ekani, dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri sifatida asrlar davomida turli bosqinlar va vayronagarchiliklarga guvoh bo‘lganiga qaramay, o‘zining betakror va ertaknamo ulug‘vorligini saqlab qolgani ta’kidlangan.
Teledasturning yana bir muhim jihati – unda O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy va me’moriy obidalar bilan bir qatorda, milliy hunarmandchilik, urf-odatlar, milliy taomlar hamda mamlakatning turli hududlaridagi go‘zal tabiat manzaralari haqida batafsil ma’lumot berilganidir.
Ko‘rsatuvda O‘zbekistonning mehmondo‘stligiga ham alohida urg‘u berilgan.
“Sayyoh sifatida qayerga bormang, xoh mehmon uylarida, xoh bozorlar yoki shunchaki ko‘chada mahalliy aholi bilan uchrashsangiz, samimiy mehmondo‘stlik va iliqlikni his qilasiz”, – deydi “EBS” telekanali ijodiy guruhi.
Umuman, Janubiy Koreyaning yetakchi telekanallaridan biri bo‘lgan “EBS” orqali O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, betakror tabiati, milliy taomlari, mehmondo‘stligi va zamonaviy turizm infratuzilmasi keng auditoriyaga namoyish etilgani mamlakatimizning ushbu davlat sayyohlik bozoridagi jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati