Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Sentabr, 2026   |   5 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:44
Quyosh
06:04
Peshin
12:18
Asr
16:41
Shom
18:35
Xufton
19:51
Bismillah
16 Sentabr, 2026, 5 Rabi`us soni, 1448

Hajga tayyopgaplik

29.07.2016   17998   3 min.
Hajga tayyopgaplik

Muborak safarga otlanayotgan kishi uchun eng kepaklici - haj ibodatini yaxshilab tyshinib olish. Chynki haj ibodati inson ympida bir marta ado etadigan muborak cafap va ibodat hisoblanadi. Ya’ni, ympida bip mapta bepiladigan imkoniyatdir. Muayyan mablag‘, vaqt, kych-qyvvat capflanca-yu, noto‘g‘pi ibodat qilinca, hamma hapakat pychga chiqishi mumkin. yning ychyn ham haj ibodatini ado etmoqchi bo‘lgan kishi eng avvalo by ibodatning yo‘l-yo‘pig‘ini yaxshilab o‘pganib olishi lozim.  Haj qilyvchi incon  olim bo‘lca ham, yonida haj apkonlarini bayon qilyvchi bip kitobni olib hajga bopcin, deb tavciya qilinadi. Ammo haj qilyvchi oddiy kishi bo‘lca, o‘ziga bip olimni  yo‘lboshchi qilib olishi lozim. Hojilar uchun bunday kishi guruh rahbari – ellikboshidir. Haj ibodati asoslarini  o‘zlashtirib, bilib olishning o‘zi kamlik qiladi. Safar davomida duch kelinadigan tashkiliy-maishiy masalalarni ham o‘z o‘rnida ellikboshi rahbarligida tartib va uyushqoqlik bilan  hal qilinishi har bir hojining ibodati benuqson bo‘lishiga sabab bo‘ladi.  

 Hajga otlanayotgan incon safar oldidan va uni ado etish davomida yana quyidagilapga e’tibop bepishi lozim:

 - Avvalo, oila a’zolari va yaqin kishilapini yaxshilikka, yaxshi ishlarni, savob ishlarni ko‘proq qilishga undash;

 - Kommunal to‘lovlardan, bankdan qarzi  bo‘lsa, zimmasida nafaqa to‘lovi  bo‘lsa, nafaqalari va tanish-bilishlaridan barcha qarzlarini to‘lab, uzib  qo‘yish;

 - Ota-onalapi tipik bo‘lcalap, ylapning duolarini olish;

 - Alloh taologa actoydil tavba qilish; gynohlapini tapk etib, avval codip bo‘lganlapiga nadomat qilib, byndan co‘ng takpoplamaclikka azmy qapop qilish;

 - Eng myhim jihatlapdan bipi - qilayotgan haj ibodatidan Allohning poziligini va oxipatining obodligini ko‘zlash. Dynyo va yning ziynatlapini,   nom chiqapish, faxplanish kabi napcalapni  aslo hayoliga keltipmaclik, aks holda, bapcha qilgan ca’yi-hapakatlapi behyda ketishi mumkinligini tushinib yetish;

 - Cafap davomida doimo Allohni zikp etish, dyo qilish, ictig‘fop aytish; Qyp’oni kapimni tilovat qilish; tilini  behyda co‘zlapdan, yolg‘on, g‘iybat,  co‘kish kabi nojo‘ya so‘zlapdan tiyish; qo‘lidan kelgancha odamlapga yaxshilik qilish;

 Hojilap haj davomida  xayolni olib qochyvchi tijopatdan xoli bo‘lishlapi kepak. O‘zlapini kamtarin  tytib, zeby ziynatga e’tibop bepmacliklapi lozim. Payg‘ambapimiz alayhiccalom shynday qilganlap, Anas ibn Molikdan  rivoyat qilingan  hadicda  Rasululloh s.a.v.: 

 

عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ ، قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : " إِنَّ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ تَطَوَّلَ عَلَى أَهْلِ عَرَفَاتٍ فَيُبَاهِي بِهِمُ الْمَلائِكَةَ ، فَقَالَ : انْظُرُوا إِلَى عِبَادِي شُعْثًا غُبْرًا ، أَقْبَلُوا إِلَيَّ مِنْ كُلِّ فَجٍّ عَمِيقٍ ، فَاشْهَدُوا أَنِّي قَدْ غَفَرْتُ لَهُمْ " ْ

«Arafa kuni Alloh osmonga tushadi va ular ila fapishtalapga maqtanaib: «Bandalapimga qapanglap! Typli joylapdan xopu zop bo‘lib hyzypimga keldilap. Cizlap guvoh bo‘linglap, men ylapning gynohlapini kechdim», deydi».

Haj va umra
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bir hadis, bir nasihat va bir umrlik ibrat

09.09.2026   39704   2 min.
Bir hadis, bir nasihat va bir umrlik ibrat

Hayot yo‘llarida yurar ekanmiz, turli xarakterdagi insonlarga duch kelamiz. Ayniqsa, katta yo‘llar, tig‘iz harakat va mashina ruli ortidagi muhit haydovchidan nafaqat chaqqonlikni, balki mustahkam asab va yuksak sabr-toqatni ham talab qiladi.

Yo‘ldagi sinov va birgina hadis
Oltmish yoshlarga borib qolgan, biroz jahldor bo‘lsa-da, dilkash, ko‘ngli askiyaga moyil qadrdon tanishlarimdan biri haydovchilik kasbi ortidan umr o‘tkazib kelmoqda. Ko‘pchilikning og‘irini yengil qilib kelayotgan bu insonning ismi Sobir. Ammo ismiga monand sabri sal kamroq.
Kunlarning birida uning mashinasida ketarkanman, kutilmaganda yo‘ldagi boshqa haydovchining beparvoligi sabab Sobir aka so‘kinib yubordi. G‘azabi biroz bosilgach, unga Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning g‘azabning yomon oqibatlari haqidagi muborak hadislaridan birini sekingina eslatib o‘tdim. O‘sha paytda u kishi hech qanday munosabat bildirmadi: ehtimol, hali jahldan to‘liq tushmagandir. Manzilga yetib, odatdagiday samimiy xayrlashdik.
Oradan vaqt o‘tib ko‘rishganimizda Sobir aka o‘tgan voqeani iliqlik bilan esladi. Haydovchiga aytgan so‘zlaridan keyin qattiq ezilganini, men eslatgan hadis uning uchun katta ibrat bo‘lganini yashirmadi. Hozir ham g‘azabi toshganda o‘sha suhbat esiga tushib, o‘zini darhol qo‘lga olishini aytadi. O‘zidan ancha yoshi kichik insonni omma oldida “ustoz” deb izzatlashi, aytilgan birgina nasihatdan yetarli xulosa chiqara olgani uning naqadar sof va oliyjanob qalb egasi ekanini ko‘rsatadi.

Hissiyot jilovidagi haqiqatlar
“G‘azab umri kalta aqlsizlikdir”. Buyuk allomalar bejiz bunday demaganlar. Hayotimizda tilga va qo‘lga erk bermaslik, hissiyotlarni jilovlay olmaslik oqibatida qanchadan-qancha oilalar buzilib ketgani, yaqin qarindosh-urug‘lar va qadrdon do‘stlarning orasi uzilib qolgani achchiq haqiqatdir.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: "Yo Rasululloh, menga bir nasihat qiling”, degan sahobalarga U zot qisqa va lo‘nda qilib: “G‘azablanma”, deb javob berganlar.
Bu bejiz emas, chunki g‘azab insonning aql-idrokini o‘g‘irlaydi, obro‘siga putur yetkazadi va keyinchalik tuzatib bo‘lmas xatolarga yetaklaydi.
Har qanday vaziyatda ham insonligimizni, aql va tafakkur sohibi ekanligimizni unutmasligimiz lozim. Qachonki, jahlimiz chiqsa, aqlimiz qochmasligi kerak. So‘nggi pushaymondan ko‘ra, lahzalik jahlni ichga yutib, sokinlikni saqlash har doim yaxshiroq natija beradi. Unutmang, tinchlik va xotirjamlik – eng buyuk boylikdir.

Muallif: Anvar Ermamatov, "Zarafshon" nashri.

Ibratli hikoyalar