Haj ibodati uch turlidir:
Istilohda esa: Miyqotdan haj va umrani birga ado etish uchun niyat qilib, ehromga kirishdir.
Miyqotda haj va umra uchun baravar ehrom bog‘lash bo‘lib, hoji umra va haj amallarini bajarib bo‘lganidan keyin, qurbonlik kunlari shaytonga tosh otib, qurbonlik qilib, soch oldirgandan keyin ehromdan forig‘ bo‘ladi. So‘ng yana umra qilmoqchi bo‘lsa, umra uchun qayta ehrom bog‘laydi, ya’ni bu umra qironga bog‘liq emas.
Istilohda esa: haj qilmoqchi bo‘lgan kishi avval umrani ado etib, ehromdan chiqib, haj vaqtiga qadar ehrom man qilgan narsalardan foydalanish va haj vaqti (Zulhijjaning sakkizinchi kuni) bo‘lganda hajni niyat qilib, ehromga kirish tushuniladi. Ko‘pchilik uchun oson va qulayligini inobatga olib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi tomonidan yurtimiz hojilari tamattu’ hajini ado etishlari tavsiya qilingan.
Istilohda esa: faqat hajning o‘zi uchun niyat qilib, ehromga kirish tushuniladi.
Imom Abu Homid G‘azzoliy aytadilar: "Agar Alloh seni mol-dunyodan qisganini, ustingda balo va musibatlarni ko‘paytirganini ko‘rsang, bilginki, sen Uning huzurida azizsan. Uning huzurida darajang bor, seni avliyo va asfiyolari yo‘lida yurg‘izib qo‘ygandir. U seni ko‘rib turgan.
Alloh taoloning: "Robbingning hukmiga sabr qil, albatta sen ko‘z o‘ngimizdasan. Va qoyim bo‘lgan paytingda Robbingni hamdi bilan poklagin", deganini eshitmaganmisan?"