O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lining 10 yilligi munosabati bilan joriy yilning 18–20 noyabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Iordaniya Hoshimiylar Podshohligida bo‘lib, ilmiy-ma’rifiy tadbirlar, ikki tomonlama uchrashuvlar va kitob taqdimotlarida ishtirok etadi.
Safar davomida Ammon shahridagi nufuzli tashkilotlar, ilmiy markazlar va oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda podshohlikning milliy kutubxonalari hamda oliy ta’lim muassasalarida «Yangi O‘zbekiston kitob burchaklari» tashkil etiladi. Shuningdek, ushbu maskanlarda Davlatimiz Rahbarining arab tiliga tarjima qilingan asarlari hamda keng ko‘lamli islohotlarga bag‘ishlangan kitob-albomlar taqdimoti o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, Iordaniya jamoatchiligi vakillari, ziyolilar, ilm-fan namoyandalari, ulamolar hamda din va davlat arboblari ishtirokida «Yangi O‘zbekiston fenomeni»ning 10 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman-taqdimot bo‘lib o‘tadi.
Tadbirlar doirasida mamlakatimiz vakillari bilan Iordaniyaning diniy-ma’rifiy tashkilotlari rahbarlari va akademik muassasalar yetakchilari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati