Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Noyabr, 2026   |   8 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:52
Quyosh
07:09
Peshin
12:13
Asr
15:20
Shom
17:04
Xufton
18:20
Bismillah
18 Noyabr, 2026, 8 Jumadul soni, 1448

Kimga hikmat berilsa...

25.07.2024   11445   2 min.
Kimga hikmat berilsa...

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Alloh taolo Baqara surasining 269-oyatida shunday marhamat qiladi: "U zot kimni xohlasa, o‘shanga hikmatni beradi. Kimga hikmat berilsa, unga ko‘p yaxshilik berilgan bo‘ladi. Faqat aql egalarigina eslarlar".

Mufassir ulamolar aytadilar: "Oyatdagi hikmatdan murod ilmdur". Aynan mana shu ma’noni qo‘llab-quvvatlaydigan hadisi sharif bor. Muoviya ibn Abu Sufyon roziyallohu anhu rivoyat qilganlar. U zot: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: "Kimga Alloh yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih (shariat ilmlariga mohir) qilib qo‘yadi", deganlarini eshitdim, dedilar. Qolaversa, ilmning, olimlarning fazilati xususida mazkur hadisdan boshqa yana bir nechta hadisi shariflarni keltirishimiz mumkin. Bu haqida so‘z ochishimiz bejiz emas. Chunki bugungi kunda aynan Alloh taolo ulug‘lagan mana shunday ilm sohiblarini, alalxusus, din peshvolarimizni ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi bir kimsalar istehzo qilinayottanini guvoh bo‘lyapmiz. Bularning oqibati haqida to‘xtalib o‘tish niyatimiz yo‘q. Chunki olimni tahqirlagan odamning oqibati barchamizga ma’lum. Faqatgina bir eslatma o‘laroq ulug‘larimizning so‘zlaridan bir iqtibos keltirib, siz azizlarga o‘zingiz uchun kerak bo‘ladigan xulosalarni olishingiz maqsadida taqdim etmoqchimiz.

Zamonamiz olimlaridan biri aytadilar: "Qachonki inson kim bilandir band bo‘lsa, odamlarni kuzatib, kamchiliklarini axtarib, hayoti faqatgina o‘zgalardan kir qidirish bilan o‘tsa, u eng avvalo, o‘zligini, o‘zini unutib qo‘yadi. Chunki boshqalar bilan mashg‘ul bo‘lgani bois, o‘zi bilan shug‘ullanishga, hayotini isloh qilishga vaqti yetmaydi. Ulgurmay qoladi va o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Bu esa aynan shaytonning yo‘lidir. Zero, shayton odamlar bilan ko‘p mashg‘ul bo‘lgani uchun, ularning kamchiliklarini ipidan ignasigacha biladi. Uning muammosi shundaki, u o‘zini esidan chiqarib qo‘ygan. Ya’ni, u odamzod bilan shunchalar ovoraki, o‘zi haqida o‘ylashga vaqti ham yo‘q. Aytmoqchi bo‘lganimiz, qachon biz ham odamlarni kamchiligini qidirib, ularni istehzo qilib, ishimiz faqat g‘iybat va fisqu-fujur bo‘lsa, demak biz ham shaytonning ulfati o‘laroq, uning yo‘lidan ketyapmiz. Shaytoniy uslubni qo‘llayotgan bo‘lamiz. Bu esa oqibatimiz uchun o‘ta xatarlidir". Iqtibos tugadi. Menimcha, barchamiz o‘zimiz uchun kerakli xulosani oldik. Alloh taolo oqibatimizni xayrli qilsin!

 

Qodirjon Umurzaqov

Pop tumani "Muhammadjon qori"

jome masjidi imom-xatibi

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

"Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi

18.11.2026   2306   1 min.

2026 yil 20 noyabr kuni dunyoning turli mamlakatlaridan taniqli olimlar va ulamolar qadimiy Termiz shahrida jam bo‘lishadi.

Termiz shahrida joylashgan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk vatandoshimiz, hadis va tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bag‘ishlangan "Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 iyuldagi qarori ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.

Konferensiyada yurtimiz va xorijiy mamlakatlardan taniqli islomshunos olimlar, ulamolar, soha mutaxassislari Hakim Termiziyning islom sivilizatsiyasi rivojidagi o‘rni, boy ilmiy-ma’naviy merosi va uning zamonaviy jamiyat hayotidagi ahamiyatiga oid ma’ruzalar bilan qatnashadilar.

Shuningdek, tadbir doirasida noyob qo‘lyozmalar, ilmiy nashrlar va zamonaviy tadqiqotlar ko‘rgazmasi hamda muqaddas qadamjolarga ziyoratlar tashkil etiladi.

Konferensiya ishi mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, telekanallar, gazeta va jurnallar hamda internet nashrlari orqali keng yoritib boriladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

.  

O'zbekiston yangiliklari