Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Noyabr, 2026   |   7 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:51
Quyosh
07:08
Peshin
12:13
Asr
15:21
Shom
17:05
Xufton
18:21
Bismillah
17 Noyabr, 2026, 7 Jumadul soni, 1448

26.07.2024   12094   1 min.
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy idorada yangi tayinlangan xodimlar uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi

17.11.2026   365   1 min.
Diniy idorada yangi tayinlangan xodimlar uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi

Bugun, 17 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida yangi lavozimga tayinlangan va boshqa ishga o‘tkazilgan diniy soha xodimlari uchun maxsus o‘quv-seminari tashkil etildi. Mazkur tadbirda jami 14 nafar xodim, jumladan, imom-xatiblar, imom noiblari va tuman bosh imom-xatiblarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Tadbirda Diniy idoraning Kadrlar bo‘limi boshlig‘i Salohiddin Sherxonov mehnat intizomi va kiyinish madaniyatiga qat’iy amal qilish, lavozim yo‘riqnomalari asosida faoliyat olib borishga e’tibor qaratish lozimligini uqtirib, soha xodimlariga tegishli qator muhim masalalarni hayotiy misollar orqali atroflicha tushuntirdi.

Shuningdek, Masjidlar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Humoyuddin Husniddin o‘g‘li xodimlarga faoliyatni baholashning KPI tizimi va “Muftiy.uz” platformasidan samarali foydalanish yo‘llari haqida ma’lumot berdi. Fatvo markazi bosh mutaxassisi Abdulatif domla Tursunov esa zamonaviy fatvolarga to‘g‘ri yondashish tartiblarini tushuntirib o‘tdi.

Yakunda yangi tayinlangan xodimlar ichki me’yoriy hujjatlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, ularning kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, xayrli duolar qilindi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Diniy idorada yangi tayinlangan xodimlar uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi Diniy idorada yangi tayinlangan xodimlar uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi Diniy idorada yangi tayinlangan xodimlar uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi Diniy idorada yangi tayinlangan xodimlar uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi Diniy idorada yangi tayinlangan xodimlar uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi Diniy idorada yangi tayinlangan xodimlar uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari