Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Avgust, 2026   |   6 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:09
Quyosh
05:36
Peshin
12:27
Asr
17:16
Shom
19:21
Xufton
20:43
Bismillah
19 Avgust, 2026, 6 Rabi`ul avval, 1448

O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro konferensiyada qatnashdi

27.07.2024   16996   1 min.
O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro konferensiyada qatnashdi

Shu yilning 25-26-iyul kunlari Qozon shahrida “Ma’naviy ipak yo‘li: Yevroosiyo makonida an’anaviy qadriyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston diniy soha mutasaddilari qatori O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov ishtirok etdi.

Muhammadolim domla o‘z chiqishida so‘nggi yillarda yurtimizda diniy soha amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar bilan ishlash, diniy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ma’ruza qildi. Bunday o‘zgarishlar anjuman qatnashchilari tomonidan yuqori baholanib, e’tirof etildi.  
Anjuman davomida «Katta Yevroosiyo xalqlari: kundalik diniy hayotning zamonaviy etnografik tadqiqotlari», «Qur’onning zamonaviy islom madaniyati va ta’limda aks etish shakllari» kabi mavzular muhokama qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

 

O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro konferensiyada qatnashdi O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro konferensiyada qatnashdi O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro konferensiyada qatnashdi O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro konferensiyada qatnashdi O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro konferensiyada qatnashdi O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro konferensiyada qatnashdi O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro konferensiyada qatnashdi O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro konferensiyada qatnashdi
Boshqa maqolalar

Ot izini toy bosar

14.08.2026   27227   1 min.
Ot izini toy bosar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

O‘g‘il har oylik maoshini onasiga topshirar, uning yuzidagi tabassumni ko‘rib, o‘zini dunyodagi eng boy inson deb hisoblardi.
Yillar o‘tib, onasi olamdan o‘tdi. Navbatdagi maoshini olgan o‘g‘il bir zum ne qilarini bilmay qoldi-yu, bir qarorga keldi: «Pullarni onamning nomidan ehson qilaman».


Shu kundan e’tiboran, u har oy masjidlarga suv kullerlari o‘rnatishni odat qildi. Namozxonlar suv ichib, onasining haqiga duo qilishlaridan qalbi taskin topardi.


Kunlardan bir kun mahalla masjidida yangi kuller o‘rnatilganini ko‘rib, «Attang, bu safar kechikdim-a», deb o‘kindi. Shunda yoniga imom kelib:


– Xayrli hadya uchun rahmat, – dedi.

– Uzr, adashdingiz, shekilli. Buni men olib kelmadim...

– Yo‘q, adashmadim. Buni sizning nomingizdan o‘g‘lingiz keltirdi.

Orqasiga o‘girilgan ota jilmayib turgan o‘g‘liga ko‘zi tushdi.

– Bolam, bunga pulni qayerdan olding? – hayajondan ko‘zlari yoshlandi otaning.

– Ota, anchadan beri menga beradigan pullaringizni yig‘ib yurgandim. Siz buvijonim uchun xayrli ish qilayotganingizni ko‘rib, men ham siz uchun shunday qilishni istadim.


Otaning ko‘zlaridan quvonch yoshlari sizib chiqdi. U o‘g‘liga nasihat qilmagan, shunchaki o‘z amali bilan namuna bo‘lgandi.


Ha, farzandlar eshitgan gaplarini unutishi mumkin, ammo ko‘rgan amallarini hech qachon unutmaydi. Bugun ota-onamizga qilgan yaxshiligimiz ertaga farzandlarimizdan albatta qaytadi.


Akbarshoh RASULOV