Germaniyaning Gyottingen shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon nemis tili olimpiadasining final bosqichida hamyurtimiz Rayyona Ibrohimova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.
Joriy yilning 15-22 iyul kunlari dunyoning 62 davlatidan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 dan ortiq o‘quvchi ishtirokida o‘tkazilgan nemis tili bo‘yicha xalqaro musobaqada Andijon shahridagi 4-maktab o‘quvchisi Rayyona Ibrohimova barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tib, tegishli daraja bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
"Biz bilan birga bo‘ling! Bilim olib kelajakni yarating" shiori ostida o‘tkazilgan bellashuvlarda yurtdoshimiz bilan birgalikda Mahek Xon (Bangladesh) va Ana Kotevskalar (Shimoliy Makedoniya) ham tegishli til darajalarda olimpiada g‘oliblari bo‘lishdi.
Xalqaro musobaqada nafaqat o‘quvchining nemis tili bo‘yicha bilimlari, balki madaniyatlararo kompetensiyasi, jamoada ishlay olish hamda ijodkorlik qobiliyatlari baholandi.
Ta’kidlash joizki, Butunjahon nemis tili olimpiadasi (IDO) har ikki yilda Gyote-Institut tomonidan Xalqaro nemis tili o‘qituvchilari assotsiatsiyasi bilan birgalikda tashkil etiladi.
IDO – 2024 Gyottingen shahri oberburgomistri Petra Broystedt homiyligi ostida Gyottingen universiteti Bilimlar muzeyi hamda Bilimlar forumi bilan uzviy hamkorlikda o‘tkazildi.
O‘quvchilarga o‘z mamlakatlaridan eng mahoratli nemis tili o‘qituvchilari hamrohlik qildi. Olimpiada kunlari o‘qituvchilar uchun nemis tilini xorijiy til sifatida o‘qitish sohasidagi eng yangi pedagogik texnologiyalar bo‘yicha malaka oshirish seminarlari tashkil etildi.
Butunjahon nemis tili olimpiadasi birinchi marotaba 2008 yilda Drezden shahrida o‘tkazilgan. Olimpiada har ikki yilda Germaniyada Gyote-Instituti joylashgan shaharlarda tashkil etiladi. Ushbu bilimlar bellashuviga hozirgacha Berlin, Gamburg, Frankfurt-Mayn va Frayburg shaharlari mezbonlik qilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
00:00 Xabarlar
00:56 “Network News Pakistan”: 2025 yilda O‘zbekiston Markaziy Osiyo aholisi uchun eng ommabop sayohat yo‘nalishi bo‘ldi
01:25 “Solombo Times”: O‘zbekistonda “Uchinchi Renessans” g‘oyasini amalga oshirish davlat siyosatiga aylangan
01:57 Saudiya Arabistoni xalqaro qorilar tanlovining ikkinchi kunida 33 nafar ishtirokchi o‘zaro bellashdi
04:45 Toshkentda Malayziya xalqaro halol ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda
05:20 Har bir xonadonga bayramona kayfiyat kirib bormoqda
06:00 Istiqlol shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda
06:34 Xonadonlarga mehr, ko‘ngillarga umid ulashib...
07:08 Bir guruh imom-xatiblar Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lishdi
07:43 Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi
#yangiliklar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
ISHONCHLI VA RASMIY MANBA
YouTube | Instagram | Facebook