Sayt test holatida ishlamoqda!
14 May, 2025   |   16 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:05
Peshin
12:24
Asr
17:24
Shom
19:37
Xufton
21:05
Bismillah
14 May, 2025, 16 Zulqa`da, 1446

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

31.07.2024   3812   1 min.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Kecha, 30 iyul kuni, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Prezident maslahatchisi Muzaffar Kamilov, Din ishlari bo‘yicha qomita raisi Sodiq Toshboyev, diniy-ma’rifiy soha tashkilot rahbarlari hamda qo‘mita xodimlari ishtirok etdi.

Narbayeva tomonidan, so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohada yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, soha vakillariga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Shundan so‘ng, tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Prezident maslahatchisi Muzaffar Kamilov tomonidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan G‘ulomovani boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimdan ozod qilish to‘g‘risidagi hamda Matluba Kahhorovani Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori o‘qib eshittirildi.

Tadbir yakunida Dilbar G‘ulomovaga Qo‘mita raisining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.



Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Boshqa maqolalar

Kim taqvo qilsa...

13.05.2025   3708   1 min.
Kim taqvo qilsa...

Alloh taolo aytadi: «Kim Allohga taqvo qilsa, U Zot uning yo‘lini ochib qo‘yur. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur. U Zot uning ishida osonlik qilib berur. Uning gunohlarini kechirur va ajrini buyuk qilib berur» (Taloq surasi, 2-5-oyatlar).