Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2025   |   19 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:21
Quyosh
05:02
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:33
Bismillah
14 Iyul, 2025, 19 Muharram, 1447
Yangiliklar

Diniy idora delegatsiyasi Misrdagi anjumanda ishtirok etdi

31.07.2024   4287   1 min.
Diniy idora delegatsiyasi Misrdagi anjumanda ishtirok etdi

Shu yilning 29-30 iyul kunlari Qohira shahrida “Shiddat bilan rivojlanib borayotgan dunyoda fatvo va yuksak axloqni shakllantirish” mavzucidagi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda 100 dan ortiq davlatdan kelgan yuqori martabali davlat va jamoat arboblari, yetuk ulamolar, diniy yetakchilar va fatvo idoralari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli tadbirda Misr muftiysi Shavqiy Ibrohim Allom taklifiga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov qatnashdi. 

Xalqaro anjumanda din ulamolari tomonidan chiqarilgan fatvolar kishilar va jamiyatlarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish va yuksak axloqni shakllantirishda muhim o‘rin tutishi, shiddat bilan rivojlanuvchi dunyoda va texnologiyalar taraqqiy etib borayotgan davrda fatvolar yangi chaqiriqlarga moslashishi hamda dinning asosiy tamoyillariga asoslangan bo‘lishiga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu anjumanda turli mamlakatlardan kelgan olim va soha mutaxassislari mavzu yuzasidan o‘z ma’ruzalari bilan qatnashish barobarida o‘zaro fikr-mulohaza almashdilar. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Diniy idora delegatsiyasi Misrdagi anjumanda ishtirok etdi Diniy idora delegatsiyasi Misrdagi anjumanda ishtirok etdi Diniy idora delegatsiyasi Misrdagi anjumanda ishtirok etdi Diniy idora delegatsiyasi Misrdagi anjumanda ishtirok etdi Diniy idora delegatsiyasi Misrdagi anjumanda ishtirok etdi Diniy idora delegatsiyasi Misrdagi anjumanda ishtirok etdi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Dunyo va oxiratdagi tashvishlardan qutilish yo‘li

11.07.2025   5746   1 min.
Dunyo va oxiratdagi tashvishlardan qutilish yo‘li

 Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).

Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.

- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir. 

- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.

- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,

- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.

- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.