Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Iyun, 2025   |   2 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
27 Iyun, 2025, 2 Muharram, 1447
Yangiliklar

Hojilar ma’naviyat targ‘ibotchisi sifatida jonbozlik ko‘rsatmoqda

02.08.2024   5617   1 min.
Hojilar ma’naviyat targ‘ibotchisi sifatida jonbozlik ko‘rsatmoqda

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida hojilarimiz imom-xatib va mutasaddilar bilan birgalikda “Yangi O‘zbekistonning fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” degan ezgu shior ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etmoqda.

Hoji ota va hoji onalar imom-xatib va mahalla faollari bilan birga mahallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, notinch, ajrim yoqasida turgan hamda moddiy va ma’naviy ko‘mak zarur bo‘lgan oilalar holidan xabar olib, qimmatli va’z-nasihatlar bilan ularning ko‘ngillariga iliqlik olib kirish barobarida xayriya va ehsonlar ulashmoqda.

Bugunga qadar yurtimizda 6 mingdan ziyod ana shunday ma’rifiy va xayriya tadbirlari o‘tkazildi. Ularda 22 mingdan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari qamrab olindi. Natijada oilaviy nizolarni bartaraf etish, ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish, noto‘g‘ri yo‘lga kirib qolgan yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish kabi mingdan ziyod masala ijobiy hal etildi. Ishsiz fuqarolar ishga joylandi. Uyi ta’mirtalab bo‘lganlarning xonadonlari obod qilindi. Ehtiyojmand oilalarga qariyb 550 million so‘mdan ziyod moddiy yordam ko‘rsatilib, oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.

Mazkur ezgu tashabbuslardan aholimiz vakillari minnatdor bo‘lib, o‘z tashakkurlarini izhor etishmoqda.

Shu kabi tadbirlar yurtimiz bo‘ylab davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Hojilar ma’naviyat targ‘ibotchisi sifatida jonbozlik ko‘rsatmoqda Hojilar ma’naviyat targ‘ibotchisi sifatida jonbozlik ko‘rsatmoqda Hojilar ma’naviyat targ‘ibotchisi sifatida jonbozlik ko‘rsatmoqda Hojilar ma’naviyat targ‘ibotchisi sifatida jonbozlik ko‘rsatmoqda Hojilar ma’naviyat targ‘ibotchisi sifatida jonbozlik ko‘rsatmoqda Hojilar ma’naviyat targ‘ibotchisi sifatida jonbozlik ko‘rsatmoqda Hojilar ma’naviyat targ‘ibotchisi sifatida jonbozlik ko‘rsatmoqda Hojilar ma’naviyat targ‘ibotchisi sifatida jonbozlik ko‘rsatmoqda Hojilar ma’naviyat targ‘ibotchisi sifatida jonbozlik ko‘rsatmoqda
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

O‘zbekiston musulmonlari idorasida navbatdagi “Fuqarolar qabuli” bo‘lib o‘tdi

25.06.2025   3823   1 min.
O‘zbekiston musulmonlari idorasida navbatdagi “Fuqarolar qabuli” bo‘lib o‘tdi

Har haftaning chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida an’anaviy tarzda tashkil etiladigan fuqarolar qabuli bu safar ham aholi vakillarining murojaatlarini o‘rganish, muammolarga yechim topishga qaratildi.

Joriy haftadagi qabulda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov poytaxtimizdan hamda yurtimizning turli shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning shaxsiy va jamoaviy masalalari, taklif va mulohazalarini tingladi.

  • - Aholi vakillari tomonidan turli masalalar bo‘yicha shar’iy hukmlar, ularning amaliy tatbiqlari yuzasidan savollar berildi;
  • - Nikoh, oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi kabi mavzulardagi murojaatlar ko‘rib chiqildi;
  • - Ayrim ehtiyojmand fuqarolar tomonidan tushgan moddiy ko‘mak so‘rovlari tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi;
  • - Sohani yanada rivojlantirish, masjidlarni obod qilish, yoshlar o‘rtasida ilmiy-ma’rifiy targ‘ibotlarni kuchaytirish kabi bir qator konstruktiv takliflar bildirildi.

Qabul yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, fuqarolar murojaatlarini tezkor va adolatli hal etish bo‘yicha choralar belgilandi. Shu bilan birga, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikrlarini eshitish va islohotlarga jamoatchilikni faol jalb etish borasidagi ishlar doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati