Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Avgust, 2026   |   13 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:18
Quyosh
05:43
Peshin
12:25
Asr
17:09
Shom
19:10
Xufton
20:30
Bismillah
26 Avgust, 2026, 13 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA

07.08.2024   10992   1 min.
DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA

Bugun, 6 avgust kuni Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga 2024-2025 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladigan 6 ta hududning uchinchisi bo‘lgan 
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani,  1-sonli kasb-hunar maktabi binosida navbatdagi kirish imtihon jarayonlari boshlandi. 

Erta tongdan mazkur dargohga 533 nafar abituriyent test sinovlarini topshirish uchun yetib keldi. Bu yerda abituriyentlar va ularning ota-onalariga barcha zarur sharoitlar hozirlangan.  

Imtihon boshlanish oldi o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudiri o‘rinbosari Akbar Do‘smatov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimi Elyor Alimqulov, Shahrisabz shahar bosh imom-xatibi Fazliddin Muxtorov, "Xoja Buxoriy" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudiri O‘tkir G‘uzarov, soha vakillari, o‘qituvchi-murabbiylar, ota-onalar va abituriyentlar ishtirok etdi. 

Qur’oni karim tilovati bilan boshlangan marosimda so‘zga chiqqanlar yurtimizda diniy ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor to‘g‘risida so‘zlash barobarida imtihonlardagi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish tartib-qoidalari to‘g‘risida abituriyentlarga batafsil tushuncha va tavsiyalar berib o‘tdi.

Ushbu jarayonni soha mutasaddilari va hamkor tashkilot vakillaridan iborat kuzatuvchilar nazorat qilib bormoqda. 

Imtihon topshiryotgan barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilab qolamiz!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Paxtachi tumanida 60 nafar bola maktab uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi

19.08.2026   38578   1 min.
Paxtachi tumanida 60 nafar bola maktab uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi

Ularga maktab kiyimlari, poyabzal va ryukzaklar bepul berildi.

Xayriya aksiyasi Toshko‘prik masjidi imomi Doniyor Matlabov tashabbusi bilan o‘tkazildi, xabar bermoqda «Samarkandskiy vestnik» nashri.

Masjid ahli va homiylar ko‘magida 35 ta ehtiyojmand oila farzandlari uchun yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha zarur narsalar xarid qilindi. Sovg‘alar maktab o‘quvchilariga topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari