frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Otinoyilar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi

07.08.2024   15261   1 min.
Otinoyilar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi

Mingbuloq tumanining markaziy masjidida tumanda faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi. Unda viloyat bosh imom-xatibi ushbu o‘quv-seminar ishi bilan yaqindan tanishib, o‘zini ko‘rsatmalarini berdi. 
        
O‘quv-seminarda otinoyilarning funksional vazifalarini, ilmiy salohiyatlarini oshirish, islom ta’limotida nikoh munosabatlari, o‘zaro tenglik va majburiyat, oila muqaddasligi, jamiyat va oilada ayollarning huquq va burchlari, er-xotin, qaynona-kelin munosabatlari kabi qadriyatlarimizni asrash bugungi kunning muhim vazifalaridan ekanini aytib o‘tildi. 

Ushbu o‘quv-seminar muntazam olib borilishini yana bir bor ta’kidlandi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Otinoyilar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»

24.08.2026   17827   1 min.
«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizning turli hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda. Mazkur bosh g‘oya asosida masjidlar va qabristonlarda ham hasharlar tashkil etilib, hududlar tartibga keltirilmoqda.

Xususan, masjidlar atrofi, qabristonlar va ularga tutash hududlarda tozalash, obodonlashtirish, daraxtlarni parvarishlash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bunday xayrli ishlar yurtimiz obodligiga hissa qo‘shish, muqaddas maskanlar va ajdodlar xotirasini e’zozlash, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yagona Vatan — yagona xalq!

Yangi hayot va yangi kelajak sari birgalikda!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari