frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Yosh imomlar Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi

09.08.2024   6789   1 min.
Yosh imomlar Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi binosiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida faoliyat olib borayotgan yurtimizning barcha hududlaridan kelgan yosh iqtidorli, targ‘ibotchi imom-xatiblari tashrif buyurdi. Bu haqda Markaz Matbuot xizmati xabar berdi.

Mehmonlarga O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining maqsad va vazifalari, O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Movarounnahrdan yetishib chiqqan ulug‘ ajdodlarimizning islom va jahon tamadduniga qo‘shgan hissalari, dinlararo va sivilizatsialararo muloqotni yo‘lga qo‘yishda markazning roli, muzey ekspozitsiyalari va kutubxona to‘g‘risida markaz katta ilmiy xodimi, falsafa doktori (PhD) I. Ibragimov tomonidan axborot berildi.

Markaz muzey ekspozitsiyani yangi mazmun bilan boyitish borasida olib borilayotgan ishlar, jumladan, joriy yil 3-4 iyul kunlari “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans poydevori” Respublika olimlari forumining o‘tkazilganligi, 23-27 avgust kunlari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) bilan hamkorlikda Toshkent va Samarqand shaharlarida “Ajdodlarning buyuk merosi – Uchinchi uyg‘onish davri asosi” VIII xalqaro kongressi o‘tkazilayotgani to‘g‘risida tashrif buyuruvchilarga atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, mehmonlar markazda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishishdi.

Mehmonlar tomonidan Bugungi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar haqiqatan ham Uchinchi Renessans tomon qadam tashlanayotganidan darak berishi e’tirof etildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmat

Yosh imomlar Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi Yosh imomlar Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi Yosh imomlar Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

28.06.2025   8281   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Andijon viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Shoiraxon hoji onaning umr yo‘ldoshlari Odiljon otaning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.


Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Shoiraxon hoji onaga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz

O'zbekiston yangiliklari