Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Noyabr, 2026   |   9 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:53
Quyosh
07:11
Peshin
12:14
Asr
15:19
Shom
17:04
Xufton
18:19
Bismillah
19 Noyabr, 2026, 9 Jumadul soni, 1448

Erkaklarni asrang!

14.08.2024   11109   1 min.
Erkaklarni asrang!

Ko‘pchilik ayollar erkaklarning qadrini faqat uni yo‘qotgandagina biladilar. 

Agar ona farzandini o‘z tanasida to‘qqiz oy ko‘tarsa, ota ularni qalbida, ongida bir umr ko‘taradi.

Modomiki, otaning ahvoli yaxshi ekan, butun olam yaxshi bo‘ladi.

Bas, har bir erkakni, har bir otani hayotingiz davomida ehtirom qiling. Chunki siz bilmaysiz, u qanchalar siz uchun o‘zini qurbon qiladi. Erkaklarni hurmat qiling, chunki u ketgach  uning o‘rnini siz hech qachon bosa olmaysiz.

Erkakni etagidan mahkam tuting, unga bu dunyo tor bo‘lib ketganda, hayot tashvishlari uni ezib yuborganda ham uni qo‘yib yubormang.

Agar u bo‘lmaganda, siz ham bo‘lmas edingiz.

Har bir erkakka sog‘lik, omonlik bo‘lsin (Otaga, aka-ukaga, erga, o‘g‘ilga).

t.me/tuhur

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Iordaniya muftiysi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lini yuqori baholadi

19.11.2026   2980   2 min.
Iordaniya muftiysi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lini yuqori baholadi

Iordaniya safari mobaynida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Iordaniya bosh muftiysi Ahmad Ibrohim Hasanot janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Muloqotda ikki davlat rahbarlarining do‘stona munosabatlari samarasi o‘laroq, barcha sohalardagi hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib borayotgani, xususan, malaka oshirish, o‘zaro tajriba almashish, diniy ta’lim hamda fatvo ishlab chiqish yo‘nalishlarida salmoqli natijalarga erishilayotgani qayd etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi hamda Iordaniya Fatvo uyi o‘rtasida qo‘shma ilmiy hay’at tashkil etilgani, mazkur hay’at zamonaviy dolzarb masalalar yuzasidan fatvolar ishlab chiqish va ilmiy tahlillar o‘tkazish borasida salmoqli natijalarga erishayotgani e’tirof etildi.

Ahmad Hasanot O‘zbekiston buyuk alloma va mutafakkirlari bilan butun dunyoga mashhur ekani, xususan, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘iloniy va Qaffol Shoshiy kabi buyuk allomalar merosi bilan nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun dunyo musulmonlari faxrlanishini e’tirof etdi.

Iordaniya Bosh muftiysi shu kunlarda Ammon shahridagi nufuzli tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda podshohlikning milliy kutubxonalari hamda yetakchi universitetlarida «Yangi O‘zbekiston kitob burchaklari» tashkil etilganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Ushbu ma’rifat maskanlarida Davlatimiz Rahbarining arab tiliga tarjima qilingan asarlari hamda yurtimizdagi keng ko‘lamli islohotlarga bag‘ishlangan kitob-albomlar taqdimotlari o‘tkazilgani xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy rishtalarni yanada mustahkamlashiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Shuningdek, Iordaniya jamoatchiligi vakillari, ziyolilar, ilm-fan namoyandalari, ulamolar hamda din va davlat arboblari ishtirokida «Yangi O‘zbekiston fenomeni»ning 10 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman-taqdimot dolzarb ahamiyatga ega ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Davlatimiz Rahbarining arab tiliga tarjima qilingan «Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston», «Vatan va xalq haqida o‘ylar», «Dinlararo muloqot va bag‘rikenglik» kabi asarlari hamda Yangi O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy islohotlarga bag‘ishlangan kitob-albomlar Iordaniya fatvolar markaziga taqdim etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari