O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari ma’lum.
13 avgust kuni Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston delegatsiyasini Parijda o‘tadigan XVII yozgi paralimpiya o‘yinlariga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
28 avgustdan 8 sentyabrga qadar Fransiyaning Parij shahrida XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Unda Husniddin Norbekov va Mohigul Hamdamova O‘zbekiston delegatsiyaga bayroqdorlik qilishadi.
Bu galgi o‘yinlarga 65 nafar o‘zbekistonlik para atlet 9 ta sport turidan (para yengil atletika, para tayekvondo, para o‘q otish, para suzish, para kanoye, para akademik eshkak eshish, para dzyudo, para pauyerlifting va para velosport) jami 113 ta litsenziyani qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston Paralimpiyasi tarixida rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
E’tiborlisi, Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan 65 nafar para atletning 29 nafari, ya’ni 45 foizi ayol sportchilar hisoblanadi.
Fransiya poytaxtidagi o‘yinlarda O‘zbekiston delegatsiyasi para velosport turidan debyut qiladi. Ikki nafar para velosportchimiz XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida velopoyganing 8 ta yo‘nalishda g‘oliblik uchun bahs olib boradi.
Para yengil atletika bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Shahina Yigitaliyeva O‘zbekiston tarixida Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan eng yosh sportchi hisoblanadi. U 2008 yil 19 oktyabrda tug‘ilgan.
Ma’lumot uchun, Parij Paralimpiya o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi 28 avgust sanasiga belgilangan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).
Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.
- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir.
- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.
- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,
- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.
- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.