Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida faoliyat olib borayotgan otinoyilar ishtirokida “Milliyligim aks etgan o‘zligim” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda otinoyilar “Mustaqillik ulug‘ tuhfa”, "O‘zligimiz aks etgan libos", “Ajdodlar merosi” kabi mavzularda chiqishlar qilishdi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Buxoro viloyat hokimligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
O‘MI Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Bugun Samarqand viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi boshchiligida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining yangi nashrdan chiqqan “Inson qadri” nomli kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan tuman va shahar bosh imom-xatiblari, faol imom-xatiblar hamda otinoyilar ishtirok etdi. Taqdimot Qur’oni karim tilovati bilan boshlanib, kitobning mazmun-mohiyati, inson qadrini ulug‘lash, ma’naviy tarbiya va jamiyatdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir yakunida “Inson qadri” kitobi viloyat hududidagi 288 ta masjidga tarqatildi hamda uni diniy-ma’rifiy ishlar jarayonida keng foydalanish tavsiya etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyat vakilligi Matbuot xizmati