Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Iyul, 2025   |   6 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:09
Quyosh
04:54
Peshin
12:32
Asr
17:41
Shom
20:04
Xufton
21:41
Bismillah
01 Iyul, 2025, 6 Muharram, 1447
Yangiliklar

IMOM TЕRMIZIY VA TЕRMIZIY ALLOMALAR ILMIY MЕROSI MALAYZIYALIK OLIMLAR BILAN HAMKORLIKDA O‘RGANILADI

24.08.2024   9470   1 min.
IMOM TЕRMIZIY VA TЕRMIZIY ALLOMALAR ILMIY MЕROSI MALAYZIYALIK OLIMLAR BILAN HAMKORLIKDA O‘RGANILADI

Bugun  Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Joniyev Muzaffarxon  Surxondaryo viloyati delegatsiyasi bilan birga Malayziyadagi Qirolicha Raja Zarit Sofiya nomidagi Islom tadqiqotlari markazi rahbari doktor Mohd Hilmi Bin Ramli bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining xozirgi kunda olib borilayotgan ilmiy faoliyat natijalari, allomalar merosini o‘rganish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. 

Shundan so‘ng Qirolicha Raja Zarit Sofiya nomidagi Islom tadqiqotlari markazi rahbari tomonidan markaz faoliyati, kutubxonasi, talaba va tadqiqotchilarga yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlik memorandumlarini imzolash, seminar va konferensiyalar tashkil etish,  hamda hamkorlikda Hakim Termiziyning ilmiy merosi va qo‘lyozmalarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borishga kelishib olindi.

IMOM TЕRMIZIY VA TЕRMIZIY ALLOMALAR ILMIY MЕROSI MALAYZIYALIK OLIMLAR BILAN HAMKORLIKDA O‘RGANILADI IMOM TЕRMIZIY VA TЕRMIZIY ALLOMALAR ILMIY MЕROSI MALAYZIYALIK OLIMLAR BILAN HAMKORLIKDA O‘RGANILADI IMOM TЕRMIZIY VA TЕRMIZIY ALLOMALAR ILMIY MЕROSI MALAYZIYALIK OLIMLAR BILAN HAMKORLIKDA O‘RGANILADI IMOM TЕRMIZIY VA TЕRMIZIY ALLOMALAR ILMIY MЕROSI MALAYZIYALIK OLIMLAR BILAN HAMKORLIKDA O‘RGANILADI IMOM TЕRMIZIY VA TЕRMIZIY ALLOMALAR ILMIY MЕROSI MALAYZIYALIK OLIMLAR BILAN HAMKORLIKDA O‘RGANILADI IMOM TЕRMIZIY VA TЕRMIZIY ALLOMALAR ILMIY MЕROSI MALAYZIYALIK OLIMLAR BILAN HAMKORLIKDA O‘RGANILADI
Boshqa maqolalar

Bir marta "Subhanalloh" deyish uchun fursat berilsa...

30.06.2025   5966   2 min.
Bir marta

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.


O‘lim bir eshik. Barcha insonlar undan o‘tadi. Eh koshki, bu eshikka kirgandan keyin mening uyim qanaqaligi ma’lum bo‘lsa?!

Birodar! Qarang, qabrdagilar bir-birlariga juda yaqin yotishibdi. Lekin ular sirtdan yaqin qo‘shni. Aslida esa, bir-birlarining yoniga ham bora olmaydilar.

Usmon roziyallohu anhu qachon qabr yonidan o‘tsalar, shu darajada yig‘lar edilarki, soqollari ko‘z yoshlaridan ho‘l bo‘lib ketardi.

U kishidan: "Siz nega jannat va do‘zaxni esga olganingizda yig‘lamaysiz. Lekin qabrni ko‘rib yig‘laysiz?" deb so‘rashdi. U kishi shunday dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Qabr oxiratning ilk manzilidir", deganlar. Shunga ko‘ra, agar mayyit qabrdagi azobdan najot topsa, undan keyingi hayot oson bo‘ladi. Agar qabrdagi azobdan najot topa olmasa, u holda undan keyingi hayot qiyin bo‘ladi.

Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Men qabrdan ko‘ra daxshatliroq biror manzarani ko‘rmadim", deganlar.

Biz uchun bu qabrlarda ibrat yo‘qmi? Qarang, boy ham, faqir ham, zo‘ravon ham, kuchsiz ham, oq tanli ham, qora tanli ham, podshoh ham, fuqaro ham barcha barobar yotibdi. Ular dunyoga qaytishni xohlaydilar. Boylik jamlash yoki qasr qurish uchun emas, balki, koshki men bir namoz o‘qish uchun muhlat topsam, koshki bizga bir martagina "Subhanalloh" deyish uchun fursat berilsa, deb, shu amallarni qilish uchun dunyoga qaytishni xohlaydilar. Lekin endi iloji yo‘q. Nomai a’mol yopilib bo‘ldi. Ruh jismdan chiqqan. Hayot muhlati tugab bo‘lgan. Endi har bir mayyit o‘z amalining garovi o‘laroq qabrida yotibdi...

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan