#xushxabar #mustaqillik #imom_buxoriy_ordeni #mukofot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni imzolandi. (https://president.uz/uz/lists/view/7490)
Unga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibining o‘rinbosari, Quvasoy shahar bosh imom-xatibi Naimov Alisher Abdurashidovich,
Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyati vakili Usmanov Raxmatillo Axmatovich,
Buxoro viloyati bosh imom-xatibi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakili Elov Jobir Rustamovich «Imom Buxoriy» ordeni (https://lex.uz/docs/6158050) bilan mukofotlangani katta tarixiy voqea bo‘ldi.
Alloh taolo ushbu mukofotlarni muborak va davomli qilsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Andijon viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Shoiraxon hoji onaning umr yo‘ldoshlari Odiljon otaning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Shoiraxon hoji onaga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz