#xushxabar #umra #madina #makka
2024 yil 10 sentyabr kunidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tashkil etiladigan “Umra – 2024”ning navbatdagi mavsumi boshlanadi. Hamyurtlarimiz "Uzbekistan Airways" AJ aviakompaniyasi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarda Saudiya Arabistoniga olib boriladi.
Ziyoratchilarimiz Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7 kun bo‘ladi. Mavsum davomida tajribali ishchi guruhi va imom-xatiblardan iborat ellikboshilar hamda malakali shifokorlar hamyurtlarimizga hamroh bo‘ladi.
Madina shahrida “Grand Shahba”, Makka shahrida esa “Marmara Group Hotel” mehmonxonalarida yurtdoshlarimiz istiqomat qiladilar. Mehmonxonalar 3-4 o‘rinli bo‘lib, 3 mahal taomlar, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.
Mazkur shaharlarda muborak qadamjolarga ziyorat tashkil etiladi.
Mehmonxonalarda tibbiyot punktlari, transport xizmati va ishchi guruhlari shtablari 24 soat davomida faoliyat yuritadi.
Safar yakunida zam-zam suvi hadya qilinadi.
Murojaat uchun telefonlar:
+998-99-882-18-58;
+998-77-085-18-58.
VILOYATLARDAGI VAKILLARIMIZ (https://taplink.cc/hajumrauz)
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili arafasida Sirdaryo tumani "Baxt" jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon domla G‘oibov tashabbusi bilan saxovatpesha homiylar ko‘magida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida hududdagi "Tinchlik", "Ziyokor" va "Tadbirkor" mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 20 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga maktab o‘quv qurollari jamlanmalari hamda bayram sovg‘alari topshirilib, ularning ko‘ngli shod etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati