Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Noyabr, 2026   |   9 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:53
Quyosh
07:11
Peshin
12:14
Asr
15:19
Shom
17:04
Xufton
18:19
Bismillah
19 Noyabr, 2026, 9 Jumadul soni, 1448

Agar...

29.08.2024   9008   1 min.
Agar...

Agar turmush o‘rtoqni tanlashda ixtiyor ayol niyatining sofligi va qalbining pokligi asosida bo‘lganda edi, Osiyo onamiz Fir’avnga turmushga chiqmagan bo‘lar edi.

Agar yaxshi ayol tanlash erkakning donoligi bilan bo‘lganda edi, Nuh va Lut alayhimassalom ikki xoin ayolga uylanmagan bo‘lardi.

Agar farzandning salohiyati yoki fasodi otaning sababidan bo‘lganda edi, Ozardan Allohning xalili Ibrohim alayhissalomdek zot dunyoga kelmagan va ulug‘  payg‘ambarlardan biri bo‘lgan zot (Nuh alayhissalom)ning farzandi kofirlar bilan birga g‘arq qilinmagan bo‘lar edi.

Lekin bularning bari ba’zilar ba’zilar ila sinash va kim yaxshiroq sabr qilishini bilish uchun joriy bo‘lgandir...

Doktor Ahmad Iso Ma’soraviy

Boshqa maqolalar

Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilmoqda

29.10.2026   89263   1 min.
Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilmoqda

Ayni paytda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining 55 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir hamda “Dolzarb aqidaviy va zamonaviy fiqhiy masalalar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir an’anaga binoan Qur’oni karim tilovati va ezgu duolar bilan boshlandi.

Anjumanning yalpi majlisida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Ergash Daminov, shuningdek, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriy ulamolar, ustoz-murabbiylar, tadqiqotchilar, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli anjumanda bugungi kunning eng dolzarb ma’naviy-e’tiqodiy va fiqhiy masalalari muhokama qilinmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari