Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Noyabr, 2026   |   14 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:58
Quyosh
07:16
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
24 Noyabr, 2026, 14 Jumadul soni, 1448

Agar...

29.08.2024   9458   1 min.
Agar...

Agar turmush o‘rtoqni tanlashda ixtiyor ayol niyatining sofligi va qalbining pokligi asosida bo‘lganda edi, Osiyo onamiz Fir’avnga turmushga chiqmagan bo‘lar edi.

Agar yaxshi ayol tanlash erkakning donoligi bilan bo‘lganda edi, Nuh va Lut alayhimassalom ikki xoin ayolga uylanmagan bo‘lardi.

Agar farzandning salohiyati yoki fasodi otaning sababidan bo‘lganda edi, Ozardan Allohning xalili Ibrohim alayhissalomdek zot dunyoga kelmagan va ulug‘  payg‘ambarlardan biri bo‘lgan zot (Nuh alayhissalom)ning farzandi kofirlar bilan birga g‘arq qilinmagan bo‘lar edi.

Lekin bularning bari ba’zilar ba’zilar ila sinash va kim yaxshiroq sabr qilishini bilish uchun joriy bo‘lgandir...

Doktor Ahmad Iso Ma’soraviy

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

150 nafarga yaqin yosh imom va o‘qituvchi ish boshladi

07.10.2026   63706   1 min.
150 nafarga yaqin yosh imom va o‘qituvchi ish boshladi

2025–2026-o‘quv yilida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarini jami 454 nafar iqtidorli yosh tamomladi. Ular safida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining ilk magistraturasi bitiruvchilari – 10 nafar magistr ham bor.

Hozirda bitiruvchilarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash jarayoni davom etmoqda. Unga ko‘ra, yosh mutaxassislarning dastlabki 145 nafari quyidagi yo‘nalishlarda rasman faoliyat boshladi:

▫️3 nafari — O‘zbekiston musulmonlari idorasi Markaziy apparatida;

▫️1 nafari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligida;

▫️13 nafari — masjid imom-xatibi;

▫️118 nafari — masjid imom noibi;

▫️10 nafari — diniy ta’lim muassasalarida pedagog-o‘qituvchi.

Ilmiy bosqichni davom ettirayotganlar:

Yana 112 nafar yosh ta’limning keyingi bosqichiga qabul qilingan: 44 nafari magistraturada, o‘rta maxsus bilim yurtini tugatgan 68 nafar yigit-qiz esa oliy diniy ta’limning bakalavriat bosqichida tahsil olmoqda.

Yangi tayinlangan mutaxassislar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Farg‘ona, Namangan, Qashqadaryo, Jizzax, Xorazm, Surxondaryo  va Navoiy viloyatlaridagi masjidlarda hamda diniy ta’lim dargohlarida mahalliy jamoatlarga tanishtirilib, faoliyat boshladi.

Alloh taolo dinimiz va xalqimiz xizmatiga bel bog‘lagan yosh mutaxassislarimizning faoliyatlarini xayrli va bardavom qilsin. Tolibi ilmlarimizning erishayotgan yutuqlarini yurtimiz ma’rifati va ravnaqiga xizmat qilishini nasib aylasin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati