Agar turmush o‘rtoqni tanlashda ixtiyor ayol niyatining sofligi va qalbining pokligi asosida bo‘lganda edi, Osiyo onamiz Fir’avnga turmushga chiqmagan bo‘lar edi.
Agar yaxshi ayol tanlash erkakning donoligi bilan bo‘lganda edi, Nuh va Lut alayhimassalom ikki xoin ayolga uylanmagan bo‘lardi.
Agar farzandning salohiyati yoki fasodi otaning sababidan bo‘lganda edi, Ozardan Allohning xalili Ibrohim alayhissalomdek zot dunyoga kelmagan va ulug‘ payg‘ambarlardan biri bo‘lgan zot (Nuh alayhissalom)ning farzandi kofirlar bilan birga g‘arq qilinmagan bo‘lar edi.
Lekin bularning bari ba’zilar ba’zilar ila sinash va kim yaxshiroq sabr qilishini bilish uchun joriy bo‘lgandir...
Doktor Ahmad Iso Ma’soraviy
Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi tashabbusi bilan Jidda shahrida «Haj – 2027» mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida haj ishlari idoralari mas’ullari uchun maxsus o‘quv-amaliy dastur bo‘lib o‘tdi.
Haj sohasi tarixida ilk bor tashkil etilgan mazkur dastur ziyoratchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda ularning sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, unda o‘zbekistonlik mutaxassislar ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
O‘quv mashg‘ulotlari ishtirokchilarning kasbiy mahoratini oshirish, tashkiliy ishlarni rejalashtirish, tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish hamda nazorat mexanizmlarini takomillashtirishga yo‘naltirildi. Shuningdek, dastur davomida xavf-xatarlarning oldini olish hamda muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Malaka oshirish kurslari quyidagi 11 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha olib borildi:
Dastur davomida ishtirokchilarning bilim va malaka darajasini xolis baholash maqsadida maxsus yagona raqamli baholash tizimi tatbiq etildi. Sinov va amaliy mashg‘ulotlar yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik vakillar o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlab, maxsus sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar.
Mazkur o‘quv-seminari kelgusi haj mavsumiga erta va tizimli tayyorgarlik ko‘rish, sohadagi barcha bo‘g‘inlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda muborak safar jarayonlarini yuksak saviyada tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati