Agar turmush o‘rtoqni tanlashda ixtiyor ayol niyatining sofligi va qalbining pokligi asosida bo‘lganda edi, Osiyo onamiz Fir’avnga turmushga chiqmagan bo‘lar edi.
Agar yaxshi ayol tanlash erkakning donoligi bilan bo‘lganda edi, Nuh va Lut alayhimassalom ikki xoin ayolga uylanmagan bo‘lardi.
Agar farzandning salohiyati yoki fasodi otaning sababidan bo‘lganda edi, Ozardan Allohning xalili Ibrohim alayhissalomdek zot dunyoga kelmagan va ulug‘ payg‘ambarlardan biri bo‘lgan zot (Nuh alayhissalom)ning farzandi kofirlar bilan birga g‘arq qilinmagan bo‘lar edi.
Lekin bularning bari ba’zilar ba’zilar ila sinash va kim yaxshiroq sabr qilishini bilish uchun joriy bo‘lgandir...
Doktor Ahmad Iso Ma’soraviy
Bugun, 9 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida yurtimiz bo‘ylab yangi ishga tayinlangan hamda boshqa vazifaga o‘tkazilgan 40 ga yaqin imom-xatib va imom noibi bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov hamda Kadrlar bo‘limi boshlig‘i Salohiddin domla Sherxonov ishtirok etdi.
Uchrashuvda din peshvolarining jamiyatdagi o‘rni, ularning mas’uliyatli burch va vazifalari yuzasidan kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Xususan, suhbat davomida din xodimlarining intizomi va madaniyati masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida lavozimga tayinlangan imom-xatib va noiblarga ichki me’yoriy hujjatlar tushuntirildi. Shuningdek, ularning kelgusidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati