Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Iyul, 2025   |   10 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:12
Quyosh
04:56
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:39
Bismillah
05 Iyul, 2025, 10 Muharram, 1447
Yangiliklar

Toshkent islom instituti magistratura yo‘nalishi va Imom Termiziy nomidagi islom institutiga kirish imtihonlari boshlandi

29.08.2024   8990   1 min.
Toshkent islom instituti magistratura yo‘nalishi va Imom Termiziy nomidagi islom institutiga kirish imtihonlari boshlandi

Bugun, 29 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti magistratura yo‘nalishiga va yangi ochilgan Imom Termiziy nomidagi islom institutiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. 

Shu munosabat bilan erta tongda Toshkent islom institutida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Diniy idora raisi o‘rinbosari, Toshkent islom instituti rektori, professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov, Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudiri Salohiddin Sherxonov hamda o‘qituvchi va abituriyentlar ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

 Marosim Qur’oni karim tilovati va xayrli duolar ila boshlandi. Co‘ngra so‘zga chiqqan notiqlar yurtimizda diniy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ko‘lamli ishlar, xususan, oliy ta’limdan keyingi magistratura bosqichi ochilgani, oliy diniy ta’lim muassasalari soni yana bittaga ko‘paygani va kelgusidagi rejalar borasida so‘z yuritdi. Shuningdek, abituriyentlarga imtihon topshirish tartib-qoidalari tushuntirildi. 

 Shundan so‘ng Toshkent islom institutining magistratura bosqichi va Imom Termiziy nomidagi islom institutiga kirish uchun ijodiy imtihonlar boshlandi.

 Mazkur jarayonga Toshkent islom instituti, Hadis ilmi maktabi, Mir Arab oliy madrasasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Fatvo markazining tajribali mutaxassis va ustozlari jalb qilingan. 

 Ma’lumot o‘rnida abituriyentlar ertaga, 30 avgust kuni soat 6:30 chet tili fanlari bo‘yicha test sinovlarini topshiradi. Imihonlarga kirish 30 daqiqa oldin boshlanadi.  

Bahriddin Xushboqov,
Farrux Yo‘ldoshev
(surat)

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Toshkent islom instituti magistratura yo‘nalishi va Imom Termiziy nomidagi islom institutiga kirish imtihonlari boshlandi Toshkent islom instituti magistratura yo‘nalishi va Imom Termiziy nomidagi islom institutiga kirish imtihonlari boshlandi Toshkent islom instituti magistratura yo‘nalishi va Imom Termiziy nomidagi islom institutiga kirish imtihonlari boshlandi Toshkent islom instituti magistratura yo‘nalishi va Imom Termiziy nomidagi islom institutiga kirish imtihonlari boshlandi Toshkent islom instituti magistratura yo‘nalishi va Imom Termiziy nomidagi islom institutiga kirish imtihonlari boshlandi Toshkent islom instituti magistratura yo‘nalishi va Imom Termiziy nomidagi islom institutiga kirish imtihonlari boshlandi Toshkent islom instituti magistratura yo‘nalishi va Imom Termiziy nomidagi islom institutiga kirish imtihonlari boshlandi Toshkent islom instituti magistratura yo‘nalishi va Imom Termiziy nomidagi islom institutiga kirish imtihonlari boshlandi Toshkent islom instituti magistratura yo‘nalishi va Imom Termiziy nomidagi islom institutiga kirish imtihonlari boshlandi
Boshqa maqolalar

Ashuro ro‘zasining fazilati

04.07.2025   1921   2 min.
Ashuro ro‘zasining fazilati

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Salama ibn Akva’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam aslamlik bir kishiga odamlar ichida «Kim biron narsa yegan bo‘lsa, kunning qolganida ro‘za tutsin, kim yemagan bo‘lsa, u ham ro‘za tutsin, chunki bugun Ashuro kuni», deb jar solishga buyurdilar».

Ikki Shayx va Nasaiylar rivoyat qilishgan.

Rubayyi’ bint Mu’avviz ibn Afro roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ashuro kuni ertalab Madina atrofidagi ansorlarning qishloqlariga odam yuborib, «Kim ro‘za tutgan holda tong ottirgan bo‘lsa, ro‘zasini tugal qilsin. Kim og‘zi ochiq holda tong ottirgan bo‘lsa, kunining qolganini (ro‘za bilan) tugal qilsin», dedilar.

Shundan keyin biz uning ro‘zasini tutadigan va yosh bolalarimizga ham Alloh xohlaganicha tuttiradigan bo‘ldik. Masjidga borib, ularga yungdan o‘yinchoq qilib berar edik. Birortasi ovqat deb yig‘lasa, iftorgacha unga o‘shani berar edik».

Muslim rivoyat qilgan.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ushbu kun – Ashuro kunining hamda ushbu oy, ya’ni Ramazon oyining ro‘zasidan tashqari biror kunni boshqasidan afzal ko‘rib, ro‘za tutishga qasd qilganlarini ko‘rmadim».

Ikki Shayx rivoyat qilgan.

Izoh: Ya’ni, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qachon Ashuro kuni kelar ekan, ro‘zasini tutsam, deb, intiq bo‘lib turar ekanlar. Boshqa biror kunning ro‘zasini tutish uchun bunchalik intizor bo‘lib kutmas ekanlar.

Shuningdek, Ramazon oyini ham qachon kelar ekan, ro‘zasini tutsam, deb, intiq bo‘lib kutar ekanlar. Boshqa biror oyning ro‘zasini tutishni bunchalik intizor bo‘lib kutmas ekanlar. U kishining ummatlari, ya’ni bizlar ham shunday bo‘lishimiz lozim.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazondan keyingi eng afzal ro‘za Allohning oyi muharramdadir. Farz namozdan keyingi eng afzal namoz tungi namozdir», dedilar».

Muslim rivoyat qilgan.

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ashuro kunining ro‘zasi o‘zidan oldingi yilning gunohlariga kafforat bo‘ladi», dedilar».

Muslim rivoyat qilgan.