Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyun, 2025   |   11 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:57
Xufton
21:34
Bismillah
07 Iyun, 2025, 11 Zulhijja, 1446

"Yil imomi – 2024" tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi aniqlandi

30.08.2024   7309   1 min.

29 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yillik bayrami oldidan Namangan viloyati vakilligida  “Yil imomi – 2024” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan shahar va tumanlarida birinchilikni olib 2-viloyat bosqichi imom-xatiblar o‘rtasida tafsir, tajvid, fiqh, aqoid va siyrat fanlari bo‘yicha tuzilgan savollar asosida bilim va malakalarini sinovdan o‘tkazildi.

Ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholab borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, tanlovda birinchilikni egallagan Namangan shahar «Homiddin qori» jome masjidi imom-xatibi Nasriddinov Muhammadbobur “Yil imomi – 2024” ko‘rik tanlovining respublika bosqichiga yo‘l oldi. 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yondashuv to‘g‘ri bo‘lsa...

28.05.2025   4559   1 min.
Yondashuv to‘g‘ri bo‘lsa...

Albert Enshteyn dars o‘tish jarayonida to‘qqiz masalani to‘g‘ri yozib, o‘ninchisining javobini atay xato chiqardi. Sinfda o‘tirganlar kulib yubordi. Shunda Enshteyn ham qo‘shilib kulib qo‘ydi va so‘zida davom etdi:


“Men to‘qqiz masalani to‘g‘ri yozganimda hech kim meni tabriklamadi. Ammo birgina xato qilganimda hamma kulib yubordi. Hayotda juda ko‘p odam voqea-hodisalarga, kishilarning tutumlariga shunday yondashadi. Ya’ni, o‘zidan boshqalarning yutug‘ini nazardan qochirib, xatosini tez ko‘rishadi. O‘ziga nisbatan esa, unday emas... Sizlarga bu masalani atay xato ishlab ko‘rsatishimdan maqsad, ertangi hayotingizda ana shunday vaziyatlarga to‘g‘ri yondashing. Zero, xato qilmaydigan yagona odam bu – hech narsa qilmaydigan odamdir”.


Darhaqiqat, biz ojiz bandalar Allohning huzurida qancha xatolar, gunoh ishlar qilamiz va Uning mag‘firatidan umidvor bo‘lamiz. Lekin bir inson xato qilsa tezda qo‘limizni bigiz qilib ko‘rsatamiz. Ayniqsa, bizga nisbatan nimadir sodir etib qo‘ysa, kechirmaymiz. Jag‘imiz tolguncha shikoyat qilaveramiz. Bu sinovli, o‘tkinchi dunyoda yondashuvimizni to‘g‘rilab olaylik, azizlar! Shunda yashash ham osonlashadi, halovatimiz ham yo‘qolmaydi...


Akbarshoh Rasulov

 

Maqolalar